September 13, 2024

Asadbek Maqsudov: chegarasiz musiqa

Geologiya va tog‘-kon sanoati direksiyasi kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi Malika Maqsudovaning 16 yoshli o‘g‘li Asadbek Maqsudovni betakror o‘smir deyish mumkin — uning musiqiy iste’dodi bolaligidan o‘qituvchilarini lol qoldirgan.

Oila Nukusdan Toshkentga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Asadbek V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga o‘qishga kirgan va unda mutlaq musiqiy iste’dod borligini aniqlashgan. Jahon statistikasiga ko‘ra, bunday noyob iste’dod har o‘n ming kishidan biridagina bo‘larkan. Hozir qahramonimiz 10-sinfda o‘qiydi va beshta cholg‘u: gitara, valtorna, fleyta, fortepiano va saksafonda musiqa chaladi.

— Mening asosiy asbobim valtorna simfonik orkestrning «yuragi» hisoblanadi, usiz musiqaning chuqurligi bo‘lmaydi, «quruq» bo‘lib qoladi, — dedi Asadbek. — Bu asbob goboydan keyingi eng qiyinlaridan biri hisoblanadi. Maxsus chalish usuli tufayli tovushni boshqarish yaxshi musiqiy eshitishni talab qiladi. Litseyimizda hozirda bu yo‘nalishda faqat 4 nafar musiqachi tahsil olmoqda.

Asadbek xalqaro musiqa tanlovlari va festivallarida doimiy ishtirok etib, faqat birinchi yoki ikkinchi o‘rinlarni egallaydi. 15 yoshda iste’dodli bolani O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri tarkibida professional musiqachilar bilan birga ijro etishga taklif qilishdi. 2024-yil mart oyida u Sochida boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar festivalida dirijyor Yuriy Bashmet boshchiligidagi Butunjahon yoshlar simfonik orkestri tarkibida chiqish qildi.

— Sergey Prokofyevning «Petya va bo‘ri» asarini ijro etdik, o‘quvchi rolini rossiyalik aktyor Yevgeniy Mironov ijro etdi, — dedi Asadbek o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib. — Kelajakda xorijda oliy musiqa bilimini olishni orzu qilaman. Endi men aniq bilaman — musiqa uchun chegara yo‘q!