Parviz Qayumov: mashhurlik ishga xalal bermaydi
Parviz Qayumov 2021-yilda Enter Engineering kompaniyasiga qo‘shildi va qisqa vaqt ichida stajyorlikdan kontrakt boshqaruvi guruhi rahbari darajasiga ko‘tarildi.
Toshkent moliya institutida tahsil olganiga qaramay, Parviz hamisha yurist bo‘lishni orzu qilgan va bunga oilasi sabab, chunki qarindoshlarining aksariyati shu kasbni tanlagan. Tamal toshi Toshkent yuridik kollejida qo‘yilgan bo‘lib, hozirda u chet el universitetlaridan birining sud-huquq ishi fakulteti magistratura yo‘nalishi sirtqi bo‘limida o‘qishni davom ettirmoqda.
Keng qamrovli bilim, ko‘nikma va mahorat qahramonimizga ko‘p vazifali va qisqa muddatlarda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarishga yordam beradi.
— Bizning bo‘linmamiz ishining o‘ziga xosligi shundaki, har bir loyiha ortida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab shartnomalar mavjud: ishga tushirishdan tortib logistikagacha, — dedi Parviz. — Bir vaqtning o‘zida bir yo‘nalishdagi shartnomalar soni uning ko‘lamiga qarab 50 dan 150 gacha o‘zgarishi mumkin. Bizning faoliyatimiz tashqi ko‘rinishdan yashirin, ammo biz barcha Enter Engineering inshootlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaymiz.
Biroq, martaba muvaffaqiyati mutaxassis hayotining faqat bir tomonidir. Talabalik chog‘ida u «Shoqol» filmi uchun kastingda e’tiborga tushdi, shundan so‘ng uning aktyorlik karyerasi boshlandi. Asta-sekin u teleseriallar, badiiy filmlar va kliplarda rol o‘ynab, talabgir aktyorga aylandi. «Erka o‘g‘il» va «Malikam» seriallaridagi bosh rollari Parviz Qayumovni O‘zbekistonda taniladigan siymoga aylantirdi.
— «Erka oʻgʻil» serialining togʻda suratga olinishi eng esda qolarli boʻldi, — deydi Parviz. — Sharoitlar og‘ir edi, biz to‘rt oyni oddiy maishiy qulayliklarsiz o‘tkazdik, ammo tajriba bunga arziydi! O‘zbek kinosi yulduzlari bilan ishlash imkoniga ega bo‘ldim va sinovlar o‘zim sevgan ish bilan shug‘ullanishda davom etish qarorimni mustahkamladi.
Parvizning sa’y-harakatlari befarq qolmadi — 2022-yilda u eng yaxshi debyut aktyori uchun mukofotni oldi. Endi qahramonimiz bo‘sh vaqtlarida suratga olishda qatnashib, kinoni asosiy ishi bilan birlashtirishda davom etmoqda. Aktyorlik faoliyati davomida u 9 ta serial, 8 ta film hamda Mavluda Asalxo‘jaeva, Shohruxxon, Xadicha, SanJay kabi taniqli san’atkorlarning bir qancha kliplarida suratga tushgan.
— Kontragentlar menga hujjat so‘rab kelishsa, ba’zan ko‘zlariga ishonmaydilar, hayratda qolishadi, aktyor bilan uchrashishni kutmaydilar, — deb hazil qiladi Parviz. — Ijodimni qo‘llab-quvvatlagan rahbarlarim Aziz Haydarov, Kamran Zaripov, Qudrat Akbarovlardan juda minnatdorman.
Biz esa, o‘z navbatida, Parvizga yangi marralarni zabt etishda ilhom va kuch, ishda va suratga olish maydonida muvaffaqiyatlar tilaymiz!