July 4, 2025

ENTER STEEL – Gubkin nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz Universiteti talabalarini qabul qildi

2025-yil 3-iyul kuni O‘zbekistondagi Gubkin nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz Universiteti filialining “Neft va gaz ishi” yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun yillik ishlab chiqarish amaliyotining birinchi kuni boshlandi. Ushbu tadbir Enter Engineering kompaniyasining HR departamenti tomonidan tashkil etilib, Yangiyo‘l shahrida joylashgan ENTER STEEL ishlab chiqarish majmuasi bazasida o‘tkazilmoqda.

Tanishtiruv turi doirasida kelajakdagi mutaxassislar zavodning asosiy ishlab chiqarish bo‘limlari bilan yaqindan tanishdilar:

·         metallokonstruktsiyalar sexi,

·         bosim ostida ishlovchi idishlar ishlab chiqarish uchastkasi,

·         nasos-kompressor quvurlarini ta’mirlash sexi,

·         nostandart uskunalar ishlab chiqarish bo‘limi,

·         yupqa devorli mahsulotlar sexi,

·         issiq galvanizatsiya uchastkasi,

·         tayyor mahsulotlar sexi,

·         markaziy ombor va laboratoriya.

Amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar, balki o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tib, yakuniy attestatsiyadan ham muvaffaqiyatli o‘tishdi. Amaliyotning birinchi kuni yakunida barcha ishtirokchilarga “stropalshchik” (yuk ko‘taruvchi moslamalarni mahkamlovchi ishchi) malakasi berildi.

Amaliyot jarayoniga HR departamenti tarkibidagi mehnat resurslarini tanlash va tayyorlash bo‘limi boshlig‘i — Baisov Ulug‘bek Karabekovich rahbarlik qilmoqda.

Enter Engineering kompaniyasi yosh mutaxassislar uchun kasbiy o‘sish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratgan holda, ustoz-shogirdlik an’analarini davom ettirmoqda.