October 2, 2024

Tozalik va tartibni yaxshi ko'raman

Ushbu kasb vakillari ko‘pincha tantanali reportajlar va ko‘rsatuvlarda sahna ortida qoladilar, farrosh va texniklarning ishi kamdan-kam hollarda birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu ularning ishining ahamiyati va muhimligini pasaytirmaydi — bu insonlar zarur ozoda va tartibli muhitni yaratadilar hamda saqlaydilar.

Shaxnoza Masidiqova uch yildan beri Enter Engineering kompaniyasining 3-MBF loyihasida farrosh bo‘lib ishlaydi. Unga ajratilgan hudud eng muhim joylardan biri hisoblanadi — aynan shu yerda muhtaram mehmonlar va rasmiy delegatsiyalar qabul qilinadi, ishbilarmonlik muzokaralari, matbuot anjumanlari o‘tkaziladi.

— Mening asosiy vazifam — bu xonalarda o‘rnatilgan tartib va ​​mukammal tozalikni saqlash, — deydi Shahnozaxon. — Men bir o‘zim ishlayman, shuning uchun to‘liq fidoyilik va katta mas’uliyat bilan mehnat qilishim kerak. Konferentsiya va VIP zallari, oshxona, foye — bu yerlarga rahbariyat va hurmatli mehmonlar tashrif buyuradi, ular tomonidan ko‘plab muhim qurilish masalalari hal etiladi. Bu manzillar har doim tartibli, tashrif buyuruvchilarning maqomi va obro‘siga mos keladigan ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

Ishining muhimligini anglagan Shaxnoza o‘z ishini vijdonan bajaradi. Bolaligidan o‘rgangan: agar biror ish qilsa, uni mukammal tarzda bajarishi kerak. Qahramonimiz hatto «uning» hududi boshqalarga qaraganda doim toza ekanligidan o‘zicha faxrlanadi.

Shaxnoza oddiy inson, istarasi issiq, hazil-mutoyiba qilishni yaxshi ko‘radi. Mas’uliyatni his qilishi va mehnatsevarligi uchun uni jamoada yaxshi ko‘rishadi va hurmat qilishadi, rahbarlar doim uning ishidan mamnun.

— Olmaliq kon-metallurgiya kollejini yo‘l-transport logistikasi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganimdan so‘ng yanada mas’uliyatli lavozimlarda ishlashim mumkin edi, biroq meni boshqa taqdir kutayotgan ekan, — deydi Shahnoza Masidiqova. — Men turmush qurdim, turmush o‘rtog‘im bilan uchta ajoyib farzandimiz bor: bir qiz va ikki o‘g‘il. Ularga g‘amxo‘rlik qilish va uy yumushlari asosan mening yelkamga tushgan edi. Keyin ular ulg‘aygach, ishga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi, lekin o‘z kasbim bo‘yicha yillar davomida ishlay olmaganim uchun ko‘p narsani yo‘qotdim. Shuning uchun men hozirgi ishim bilan shug‘ullana boshladim. Bundan juda mamnunman.

Turmush o‘rtog‘i Karim aka OKMKda elektrik bo‘lib ishlaydi, bolalari esa maktabga boradi. Ularga bugun qaynonasi qarayapti. Shaxnoza g‘amxo‘rligi uchun undan cheksiz minnatdor. Turmush o‘rtog‘i ikkisi xotirjam ishlashlari mumkin, chunki bolalar buvisi bilan birga.

Oilaga baxt, omad va farovonlik tilab qolamiz!