October 15, 2024

Eng yaxshi materiallardan foydalanilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda madaniy, tarixiy va ma’naviy merosni asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Enter Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hududini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasi bunga yorqin misoldir.

Arxitektorlar va quruvchilarning rejasiga ko‘ra, islom me’morchiligining eng yaxshi an’analari asosida tarixiy asllik saqlanib qolgan va majmuaning zamondoshlar uchun ulug‘vorlik va ma’naviy ahamiyatini aks ettirgan elementlar bilan boyitilgan holda muhtasham me’morchilik ansamblini yaratish rejalashtirilgan.

«Bugungi kunda loyiha bo‘yicha pardozlash ishlari qizg‘in davom etmoqda, majmuaning o‘zi esa asta-sekin yangi qiyofa kasb etmoqda. Loyihada dastlab yodgorlik majmuasi bino va inshootlarining tashqi ko‘rinishi hamda ularning ichki dizayniga katta e’tibor berildi. Fasad va interyer bo‘ylab o‘yma naqshlar va kalligrafik yozuvlar bilan bezatilgan tabiiy va dekorativ toshdan yasalgan panellar o‘rnatilmoqda. Yangi zamonaviy materiallar ham joriy etilmoqda. Shunday qilib, masjid, minora va makbaralarning gumbazlari karbondan yasalgani ularning tuzilishiga ham yengillik, ham mustahkamlik baxsh etadi», — deydi qurilishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha menejer Mirislom Mahmudov.

Qurilish ishlarida mamlakatimiz ustalaridan tashqari Italiya, BAA, Hindiston, Turkiya va Tojikistondan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Hovli ayvonlari, ichki inshootlarning shift va devorlari Farg‘ona vodiysining tajribali ustalari tomonidan bezatilmoqda. Ular bajarayotgan naqsh va o‘ymakorlik ishlari toshning tabiiy teksturasi bilan uyg‘unlashib, yagona me’moriy-badiiy ansamblni hosil qiladi. Masalan, ayvonlar turli hududlarning xususiyatlarini aks ettiruvchi ettita tematik illyustratsiyalar bilan bezatilyapti.

Bezatish uchun ishlatilayotgan materiallarning asosiy qismi turli davlatlardan keltirilmoqda. Xususan, «Tassos» va «Waterjet» fasad marmari, «Baltic Green» tsokol graniti, «Moleanos» ohaktoshi, xattotlik uchun keramika va mozaik elementlar (8 ming m2).

Albatta, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi qurilishi tugallangach, mamlakatimizda barpo etilgan eng mahobatli inshootlardan biriga aylanadi. U nafaqat ziyoratgoh va musulmonlarning ma’naviy quvvatiga aylanadi, balki jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonning yangi madaniy va milliy timsollaridan biriga aylanadi!