September 19, 2024

Har doim va har ishda tezkor bo‘lish

Umidjon Boboxonovni yosh bo‘lishiga qaramay, haqli ravishda haqiqiy professional deyish mumkin.

Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya» ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, 2022-yil may oyida Enter Engineeringga ishga kirishgunga qadar turli korxonalarda uzoq mehnat yo‘lini bosib o‘tdi. Mehnat faoliyatini Mashinasozlik direksiyasi (loyihalash va dizayn bo‘yicha konstruktor bo‘limi)da bosh konstruktor sifatida boshlagan Umijon bugungi kunda «Ultratec» direksiyasida metallni qayta ishlash sexi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

— Men ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan masala va muammolarga samarali yechim topishga mas’ulman, — deydi Umijon. — Mening vazifalarimga texnologik jarayonlarni kuzatish, normativ hujjatlar va mahsulot chizmalarini tayyorlash, ularni tekshirish, mualliflik nazorati, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish kiradi. Bizning ishimizdagi asosiy omillardan biri — bu vaqt, chunki u har bir bosqichga ta’sir qiladi. Shuning uchun, mening asosiy shiorim: «Har doim va har ishda tezkor bo‘lish». Bunday yondashuv tufayli men nafaqat topshiriqlarni bajarishga, balki hamkasblarimga yordam berishga ham vaqt topaman.

Umijon uchun hamkasblar bilan tajriba almashish muhim. Anvar Akmalovich Fozilov rahbarligidagi nostandart asbob-uskunalar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish bo‘limida bosh konstruktor bo‘lib ishlaganida qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Bugun uning kasbiy mahorati, fidoyilik namunasi Baxriddin To‘rayevdir.

— Metallga ishlov berish sexidagi hamkasblarimning ijodkorligi, ishtiyoqi meni ilhomlantiradi, — deydi Umidjon. — Men o‘z ishimdan va jamoamiz bilan erishayotgan natijalarimizdan juda mamnunman. Eng yangi texnologiyalarni joriy etish Enter Engineering yangi bosqichga chiqishiga imkon beradi.

Umidjonning oilasi haqida bir necha so‘z: rafiqasi Gulchehra bilan birga ikki farzand — bir o‘g‘il va bir qizni voyaga yetkazishmoqda. Bu yil ayniqsa quvonchli bo‘ldi, chunki ularning to‘ng‘ichi birinchi sinfga chiqdi, qizalog‘i esa bolalar bog‘chasiga boradi.

Umijonga ishlarida ulkan zafarlar, oilaviy hayotida baxt-saodat tilab qolamiz!