September 27, 2024

O'g'ilning g'alabasi — ota-ona quvonchi

Bugun sizni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi «WISDOM» xususiy maktabining 7-sinf o‘quvchisi, 12 yoshli iqtidorli shaxmatchi Alisher Abduqayumov bilan tanishtiramiz.

Alisherning ota-onasi o‘g‘lini sog‘lom va jismonan rivojlangan holda ko‘rishni istashdi, shu bois uning onasi, Enter Engineering kompaniyasining viza qo‘llab-quvvatlash va SSO ro‘yxatdan o‘tkazish guruhi mutaxassisi Kamila Jalilova 6 yoshidan boshlab uni Urganch shahar sport majmuasidagi suzish, taekvondo va shaxmat bo‘yicha seksiyalarga yozdi. Vaqt o‘tishi bilan, bola, asosan, birinchi murabbiyining sa’y-harakatlari tufayli shaxmatga jiddiy qiziqib qoldi. Muntazam mashg‘ulotlar o‘z samarasini berdi, Alisher viloyat turnirlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita boshladi.

Poytaxtga ko‘chib o‘tgandan so‘ng qahramonimiz Shaxmat akademiyasiga o‘qishga kirdi va hozirda «Profchess» o‘quv markazida murabbiy Ravshan Shukurovdan mahorat saboqlarini olmoqda. Sportdagi natijalari ham ortib bormoqda — yosh shaxmatchi Toshkent birinchiligida bir qancha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida (2023-yilda) 5-o‘rinni egalladi. Shu yilning may oyida Qozog‘istonda o‘tkazilgan musobaqalarda 2-o‘rinni egalladi. Avgust oyida esa Toshkent shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashib, 7-o‘rinni egalladi. Shu oyda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Hozirda shaxmat Alisherning asosiy vaqtini olsa-da, maktab mashg‘ulotlaridan tashqari, u basseynga borishga va ingliz tilini o‘rganishga ham vaqt topadi. Yosh iste’dod egasiga sportda ulkan muvaffaqiyatlar va yaxshi kayfiyat tilaymiz!