July 19

Uchqun Eshonqulov: qalb amriga ko‘ra haydovchi 

Uchqun Eshonqulov Enter Engineering kompaniyasining chinakam professional, mehnatkash xodimlaridan biridir. Uchqun Abdulganiyevich o‘z faoliyatini 2001-yilda «Vatanparvar»da B va C toifali haydovchilik guvohnomasini olishdan boshlagan. O‘shandan beri uning hayoti yo‘llar va katta mashinalar bilan chambarchas bog‘liq. U 3-MBF loyihasiga bir yarim yil avval SANY samosval haydovchisi bo‘lib ishga kelgan. 2024-yil iyul oyining boshida u EMSga o‘tdi, bu yerda ham xuddi shu vazifalarni bajarishda davom etmoqda.

Uchqunning ishi oson emas: 25 tonnalik samosvalni haydash nafaqat katta mas’uliyat, balki jismoniy faollikni ham talab qiladi. 3-MBF qurilishi kechayu kunduz to‘xtamaydi, shuning uchun qahramonimizning ikki nafar smenada almashadigan hamkasblari bor. Oxirgi bir-ikki oy davomida og‘ir mashina 840 kilometr masofani bosib o‘tib, Qashqadaryo viloyatidan muntazam ravishda qum va shag‘al olib kelmoqda.

— Hozir men smenada almashuvchi hamkasbim Sherxon Komilov bilan reysga jo‘nab ketyapman, — deydi Uchqun. — Kelishib, almashib ishlaymiz, yo‘lda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning maqsadimiz — yuk har doim o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash. Bu reysimim birinchisi emas: odatda Qashqadaryoga yetib boramiz, dam olamiz, qurilish materiallarini ortamiz va ertasi kuni ertalab orqaga yo‘lga chiqamiz. Biz yo‘l bo‘ylab kichik buzilishlarni, masalan, shinalar teshilganida o‘zimiz tuzatishimiz mumkin, lekin katta nosozliklar bo‘lganida, albatta, xizmat ko‘rsatish markaziga kiramiz.

Uchqun nafaqat tajribali haydovchi, balki mehribon oila boshlig‘i hamdir. Undan tashqari oilada yana to‘rt kishi bor: rafiqasi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, katta o‘g‘li 8-sinfga o‘tdi, ikki qizi mos ravishda 6- va 2-sinfda o‘qishadi. Uyida uning xo‘jaligi — 10 ta chorvasi va ijaraga olingan 5 gektar yeri bor.

— Qo‘y, sigir, tovuq boqamiz, fermerlardan ijaraga yer oldik, — deydi Uchqun qishloq xo‘jaligidagi muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashib. — Don yetishtiraman, kuni kecha 10 tonnasini sotdim. Mavsum davomida katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun yordamchi ishchilarni yollayman. Yaqinda qizil loviya ekdim, ma’lum bo‘lishicha, u ham xaridorlar orasida yaxshi talabga ega ekan.

Uchqunning mashaqqatli mehnati va o‘z ishiga muhabbati hamisha ko‘zlangan natijalarni olib kelishiga tilakdoshmiz!