July 9, 2024

Haydovchilik — butun umrlik tanlov

Erkinjon Hamroyev tajribali haydovchi, 22 yildan beri rul buradi. U Samarqand viloyatining Tayloq tumanidan bo‘lib, bolaligidan yo‘lovchi transportini boshqarishni, odam tashishni, salon eshiklarini bir tugmani bosish bilan ochishni orzu qilgan. Orzular esa amalga oshishi oddiy hol, Erkinjon bugun Samarqand hududi bo‘yicha EMC kompaniyasida avtobus haydaydi.

Erkinjon bu ish birinchi navbatda o‘z ishini yaxshi ko‘radigan, diqqatini yo‘qotmasdan ko‘p vaqtini yo‘lda o‘tkazishga tayyor odamga mos keladi, deb hisoblaydi. U tartiblilik, ehtiyotkorlik, mashinani his qilish qobiliyati va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni muhim kasbiy qobiliyatlar deb biladi.

— EMCda uch yildan beri ishlayman, — deydi Erkinjon. — Bu vaqt ichida avtobus men uchun sodiq “doʻst”ga aylandi. Men ham uni yaxshi ko‘raman: doimo mashinani toza tutaman, nosozliklarni vaqtida bartaraf etaman va profilaktika ishlarini olib boraman. Ishonchim komilki, agar texnikaga mehr bersangiz, u buni his qiladi, sizga hech qachon pand bermaydi va soat kabi aniq ishlaydi.

Bizning qahramonimiz odamlarni tashiydi, bu ish ularning xavfsizligi uchun alohida mas’uliyat yuklaydi. Nafaqat yo‘lovchilarni bir nuqtadan ikkinchisiga etkazish, balki salondagi har bir insonning hayoti va sog‘lig‘I haqida o‘ylash kerak. Shuning uchun u mashinani ehtiyotkor haydash uslubini o‘zida shakllantirdi, yo‘lda baxtsiz va yo‘l-transport hodisalarisiz yuradi.

Erkinjon Hamroyevning ish kuni erta: uning yo‘lovchilari o‘z joylarini egallashidan ancha oldin boshlanadi. U avtobusni texnik ko‘rikdan o‘tkazadi, barcha tizimlarning xizmatga yaroqliligini tekshiradi. Kechqurun esa bazaga qaytib kelgach, kabinani tozalab, tartibga soladi. Erkinjon salonda derazalar toza, ichi yarqirab, havosi musaffo bo‘lishini yaxshi ko‘radi. Bunday avtobusni haydash ham, unda yo‘lovchilarni olib yurish ham yoqimli.

— Vaxta rejimida ishlayman, smenadan so‘ng oilam va yaqinlarim bag‘riga qaytaman, — deydi Erkinjon so‘zining so‘ngida. — Hamma qishloq aholisiniki kabi bizda ham kichik xo‘jaligimiz, chorvamiz bor. Smenada bo‘lgan vaqtimda uyda qiladigan ko‘p ishlar, dam olish kunlarida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar to‘planib qoladi. Rafiqam Nargiza bilan uch o‘g‘ilni voyaga yetkazdik. Kattamiz 18 yoshda va unga ukalarining tarbiyasini ishonib topshirishimiz mumkin. U men yo‘qligimda ro‘zg‘orga mas’ul. Rafiqam esa juda yaxshi ona va uy bekasi, tartibni saqlaydi.

Fursatdan foydalanib, Erkinjonga yo‘lda omad va oilaviy baxt tilaymiz!