TEZKOR YETKАZMАLАR USTАSI
Аvtomobil va maxsus texnikalarning sifatli va samarali ishlashini tashkil etishda zarur ehtiyot qismlarning oʼz vaqtida yetkazilishi muhim oʼrin tutadi. Ularning peshma-pesh yetkazilishi mashinalarga texnik xizmat koʼrsatish va ularning vazifalarni bajarishga oʼz vaqtida yoʼl olishiga chambarchas bogʼliq boʼladi.
Erkin Mahmudov ham EMS, Enter Engineering avtomobilchilari orasida taniqli shaxs. U kishi Xaridlar va nazorat boʼyicha Departamentning Samarqand regioni boʼyicha bosh mutaxassisi boʼlgani holda, mana necha yildirki ehtiyot qismlarning tezkor yetkazilishini taʼminlash bilan shugʼullanadi.
— Bizda texnika juda faol ekspluatatsiya qilinadi, shu boisdan texnikaning joriy ishdan chiqishi ustalarning aralashuvini talab etadi, ular operativ tarzda taʼmirlash ishlarini boshlaydilar yoki koʼpincha biron detal yoki tugunlarni almashtirishga toʼgʼri keladi, — deydi Erkin Mahmudov. — Shu munosabat bilan mexanik-taʼmirlash ustaxonalari (MTU) ehtiyot qismlar zaxirasini doimiy ravishda toʼldirib borishga ehtiyojimiz bor. Tabiiyki, bizda buyurtmalarni rasmiylashtirishning tegishli tartibi bor, buning uchun qoʼshimcha vaqt talab etiladi, bu oʼz oʼrnida mashinalarning taʼmirlanish jarayonini choʼzadi. Shu sababli men hamkasblarim bilan «bir toʼlqinda» boʼlishga harakat qilaman, deyarli har kuni MTUlarni aylanaman, mexanik ustalar bilan bogʼlanaman, kompaniya omborlarida qaysi detallar va ehtiyot qismlarga ehtiyoj borligini oʼrganaman va dilerlar bilan bogʼlanib, ularni yetkazish chorasini koʼraman. Аmaliyot shuni koʼrsatmoqdaki, aynan mana shunday tezkorlik mashinalarning taʼmirlash jarayonida turib qolmay, tezroq qurilish maydoniga yoki tarssaga soz holda qaytishini taʼminlaydi.
Ishga bunday yondoshuv. Аyniqsa, insoniy fazilatlari uchun Erkin Ergashevich hamkasblari orasida katta hurmat qozongan. Xaridlar borasidagi har qanday masalalarni oson hal qila olishi, baʼzan unmaydigan ishni ham undirish qobiliyati tufayli uni hamkasblari gʼoya va gʼayratga toʼla inson deb taʼriflashadi. Shu qobiliyati sabab qahramonimiz har qanday noyob ehtiyot qismni ham tezkor topadi va kerakli joyga yetkazadi.
— Mazkur mutaxassislikda ishlashni boshlashimdan avval turli sohalarda faoliyat yuritganman, yillar davomida toʼplagan tajribam bugungi ishimga katta yordam bermoqda, — deydi Erkin aka. — Vaqtida Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlaganman. Bu Oʼzbekistondagi nufuzli taʼlim muassasasi va hozirda biologiya faniga qiziquvchi qizlarimdan biri ham ushbu universitetga oʼqishga kirishni rejalashtirgan. Uni maksimal darajada qoʼllab-quvvatlayman.
Erkin Mahmudov va uning turmush oʼrtogʼi umid bilan uch farzandni – ikki qiz va bir oʼgʼilni voyaga yetkazib kelishmoqda. Ular ota-onasining borligʼi, hayoti mazmuni, bebaho baxtidir.
Lavhamiz qahramoniga ishlarida omad va hayotning har jabhasida koʼtarinkilik tilaymiz!