September 14, 2023

RUSTAM BERDIYEV: TEXNIKA BILAG‘ONI

Kompaniyasining mutaxassisi Rustam Berdiev boshqalardan ajralib turadi. Uni rasman belgilangan ish xonasidan topish amri mahol, koʼp vaqti xizmat safarlarida oʼtadi, mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan Enter Engineering kompaniyasining loyihalarida boʼldai. Gap shundaki, Rustam-aka yuk koʼtarish mashinalarining (YuKM) texnik holatini nazorat qilish boʼyicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi.

— Ish vazifalarimga koʼra, turli yuk koʼtarish kranlarining nazorati va taʼmiri bilan shugʼullanaman, – deya soʼz boshladi Rustam Usmonqulovich. — Texnika turli obʼektlarga tarqatilishi tufayli zayavka boʼyicha joylarga chiqishga toʼgʼri keladi va u yerdagi mexanik, haydovchi va mashinistlar bilan hamkorlikda taʼmirlash boʼyicha ishlarni hal etamiz. Bundan tashqari, ushbu uskunada ishlaydigan mutaxassislarning malakasi va kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshiramiz. Masalan, minora kranlari, maxsus mexanizmlar, koʼpincha buzilish holatlarida barcha qurilish ishlari toʼxtaydi, yaʼni muddatlar oʼtkazib yuboriladi, moddiy va obroʼga putur etkaziladi.

Rustam Berdiev bu kasb bilan anchadan beri shugʼullanib kelmoqda, ish faoliyatining ilk kunidan transport bilan bogʼliq turli sohalarda ishlab kelgan, texnikaning haqiqiy bilagʼoniga aylandi. Ixtisoslashtirilgan maʼlumotlarga ega, Buxoro avtomobil-yoʼl texnikumi va Uxta davlat texnika universitetini (Rossiya) tamomlagan. Kompaniyada u 2019 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda, ish va professional mahorati bilan hamkasblari va rahbariyat hurmatiga sazovor boʼldi.

— Bugungi kunda koʼp yangi texnika xarid qilinmoqda, jumladan, yuk koʼtaruvchi turlarini ham, — davom etdi qahramonimiz. — Ularning konstruktsiyalariga yangi texnologiyalar oʼrnatilgan, koʼp taraflari elektronikadan iborat. Umuman olganda, bu ishonchli texnika, biroq u ham buzilib qolishi mumkin. Zamon bilan bir qadamda yurish vaqt talabidir, texnik vositalarning yangi turlari bilan tanishib, ularning kuchli va zaif tomonlarini oʼrganish va ish sharoitida kerakli taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga toʼgʼri keladi. Joylardagi mutaxassislarga oʼz kuchlari bilan mazkur texnika turiga texnik xizmat qilish boʼyicha tegishli tavsiyalar beramiz. Bir muddat avval minorali kranlarga xizmat koʼrsatish boʼyicha maxsus oʼquv seminarini tashkil etganmiz. Fahmimcha, bu yoʼnalishdagi ishlarimizni yana davom ettirish kerak, chunki yuqori malakali mexaniklarni tayyorlash muhim masaladir.

Qaerda safarda boʼlmasin, Rustam Berdievni jonajan Kogon shahriga qaytganida vafoli turmush oʼrtogʼi Fotimaxon yorugʼ chehra bilan kutib oladi.

— Biz u bilan salkam 40 yildan beri birgamiz, 1984-yilda turmush qurganmiz, — dedi suhbatimiz soʼnggida Rustam aka. — Toʼrt nafar farzandlarimiz bor — uchta qiz va oʼgʼil. Qizlarim oilaviy, oʼz baxtini topishga musharraf boʼlgan, oʼgʼlim esa oliygoh talabasi, ilm olishga bel bogʼlagan.

Biz qahramonimizga ishlarida omad, oilaviy baxt va yaxshi kayfiyat tilab qoldik. Kompaniyasining mutaxassisi Rustam Berdiev boshqalardan ajralib turadi. Uni rasman belgilangan ish xonasidan topish amri mahol, koʼp vaqti xizmat safarlarida oʼtadi, mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan Enter Engineering kompaniyasining loyihalarida boʼldai. Gap shundaki, u yuk koʼtarish mashinalarining (YuKM) texnik holatini nazorat qilish boʼyicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi.