Sherali Hasanov: mehnat qilishdan baxtiyorman
EMS kompaniyasi kayer samosvallari, ehtimol, qurilish maydonchasidagi g‘ildirakli transport vositalarining eng yirigidir. Ular boshqa mashinalar yonida ulug‘vor ko‘rinishda bo‘lib, atrofni dvigatelining mag‘rur kuchli shovqini bilan to‘ldiradilar.
Ana shunday gigantlardan birini — 105 tonnalik SANY SKT105S samosvalini Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi misni boyitish fabrikasi (3-MBF) loyihasida Sherali Xasanov boshqaradi. Qisqa vaqtga to‘xtab, u bizga yuk ko‘tarish mashinasida qanday ishlashini gapirib berdi.
— O‘n yildan ortiq vaqtdan beri ruldaman, — deydi Sherali Hasanov. — Shu vaqt ichida turli yuk mashinalarini — KAMAZdan tortib, 25 tonnalik samosvallargacha — haydashga muvaffaq bo‘ldim. Men uch yildan beri EMSda ishlayman va kompaniya kuchli karyer texnikasini olganida, men ulardan birini haydashga qat’iy qaror qildim.
Sherali orzusini amalga oshirdi. Yil boshida rahbariyat tavsiyasiga ko‘ra u nazariy tayyorgarlik, moddiy qismni o‘rganish va haydash amaliyotini o‘z ichiga olgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi.
— Bir qarashda boshqarib bo‘lmaydigan va og‘ir bunday mashinani haydash hayratlanarli darajada oson va qulay bo‘lib chiqdi, — dedi qahramonimiz. — Bu ajoyib gidravlik tizim evaziga taʼminlanadi, togʻli landshaftlarda ishonchli harakatlanish hamda nisbatan tor yuk ortish-tushirish joylarida manevr qilish imkonini beradi. Kabinada ham haydovchilar uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, men mehnat qilishdan baxtiyorman. Yashirmayman, bu samosvalning kabinasiga o‘tganimdan so‘ng maoshim ham oshdi.
Ish kuni o‘z ish ritmini urishda davom etmoqda. Sheralining oldida hali ko‘p vazifalar turibdi va u epchillik bilan sevimli mashinasining kabinasiga chiqib, samosvalni navbatdagi yuklashga yo‘naltirdi.