April 17, 2023

Haydovchi bo‘lish

Bir paytlar kichkintoy Ohunjon mahalladagi barcha tengdoshlari singari o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashni juda yaxshi ko‘rar edi. Osha damlarda kelajakda aynan shu sevimli mashg‘uloti eng yaxhi ko‘rgan kasbiga aylanishini hayoliga ham keltira omasdi.

Bugungi kunda Ohunjon Murodov ko‘p yillik tajribaga ega haydovchi bo‘lib, «B», «C», «BE», «CE» toifasidagi guvohnomaga ega. Hozirgi vaqtda hamkasblari bilan birga Buxoro viloyatidagi «Dengizko‘l» 2-SKS loyihasining qurilish maydonchasida ishlaydi. U 2014-yildan beri kompaniyada ishlaydi va bir nechta yirik loyihalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ohunjon aka kamtar odam, bizga hayotning ma’nosini tushunishi haqida gapirib berdi.

— Ehtimol, haydovchi kasbi unchalik muhim emasdir, lekin men bu ishni yaxshi ko‘raman va taqdirimdan mamnunman. Bundan tashqari, Enter Engineering kabi kompaniyaning xodimi bo‘lish juda obro‘li. Ishoning, men mubolag‘a qilmayman, do‘stlarim, qishloqdoshlarim mendan kompaniyada bo‘sh joylar bor-yo‘qligini tez-tez so‘rashadi. Men oddiy oiladanman. Qorako‘lda tug‘ilib o‘sib, shu yerda foydam tegdi.

Hozirda munosib maoshli ishim bor, oilamni halol topgan pulim bilan ta’minlayman, farzandlarim ulg‘aymoqda. Bunday ulkan yuk mashinalarini boshqarish oson emas, lekin hamkasblarim bilan juda yaxshi uddalayabmiz. Bundan tashqari, bizda juda do‘stona jamoa, adolatli va g‘amxo‘r rahbarlar bor. Samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlashadi. Yana nimani xohlash mumkin?! Halol va ko‘p mehnat qilib, «plankani» tushirmang.

Bizning avlodimiz, uning vakillari qanday lavozimlarni egallashidan qat’iy nazar, yoshlarga, shu jumladan o‘z farzandlari uchun yaxshi namuna bo‘lishi kerak. Mening ikkita o‘g‘lim va qizim bor, ularni to‘g‘ri hayot kechirish haqida nafaqat so‘zlar orqali, balki o‘z xatti-harakatlari, yaxshi ishlari misolida tarbiyalash kerak. Umuman olganda, biz oddiy haqiqatlarga bo‘ysunib yashaymiz va ishlaymiz — har qanday vaziyatda odam halol va mehribon bo‘lib qolishi kerak!

Albatta, Ohunjon Murodov samimiy gapirdi, o‘z ishini chindan ham yaxshi ko‘radi, bu uning ishi natijalaridan ko‘rinib turibdi. Xayrlashib, biz loyihaning barcha xodimlariga qiyin, ammo bunday sevimli ishlarida cheksiz energiya va yaxshi kayfiyat tilab qoldik.

Mavluda Azimova