SUV SEPISH MASHINASINING MAS’ULIYATLI HAYDOVCHISI
Agar siz biron bir odamdan qurilish deganda hayolingizga nima keladi, deb so‘rasangiz, u beton, metall va boshqa qurilish mollari qatori chang-to‘zon haqida ham aytadi. Ha, bu qisman to‘g‘ri bo‘lsa ham, lekin Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida AGTKS qurilishida suv sepadigan mashinani boshqaradigan Bahodir Toxsanov ishlayotgan joyda changa o‘rin yo‘q.
Bahodir aka tajribali haydovchi. EMS kompaniyasida ham yangi xodim emas, u 2014-yildan beri ishlab kelmoqda. Qahramonimiz o‘z ishini juda muhim va foydali deb hisoblaydi:
— Qurilish qumli hududda amalga oshirilmoqda, mashinalar ushbu yo‘llar bo‘ylab harakatlanish jarayonida juda ko‘p chang hosil qiladi. Bu esa ko‘rinishni pasaytiradi, qurilish maydonchasi atrofidagi havo sifatini yomonlashtiradi va boshqa ko‘plab salbiy omillarni keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, mashinamga o‘rnatilgan qurilmani suv bilan to‘ldirib, yo‘lga va turli xil ishlar olib borilayotgan joylarga suv sepish uchun boraman. Shuningdek, har xil texnik ehtiyojlar uchun suv yetkazib beraman. Ish yetarlicha, kunda davomida bir nechta reysni amalga oshiraman. Bu yerda ham o‘ziga xos mahorat talab qilinadi (kuladi), loyqa joy paydo bo‘lmasligi uchun ishlarni ehtiyotkorlik bilan bajarish.
Smenadan so‘ng, Bahodir aka mashinasi bilan shug‘ullanadi, albatta avtomobilini yuvishga oboradi, texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
— Mashina temirdan bo‘lsa ham, lekin unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishganini his qiladi, shuning uchun yaxshi holatda saqlashga harakat qilaman. Bu, bir tomondan, buzilishlar sonini kamaytiradi, boshqa tomondan, tozalikni saqlash bilan shug‘ullanyapmanmi, demak shunga mos ravishda mashinamni tashqi va ichki ko‘rinishi ham a’lo darajada bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Bahodir Toxsanov katta oilaning boshlig‘i — uning uchta farzandi va 12 nafar nabirasi bor. Shu sababli, vaxtadan keyin u uyiga, tug‘ilgan joyi Buxoroga shoshiladi. Biroz dam olib, u bolalarga qariydi, kichik xo‘jaligida ishlar bilan band bo‘ladi, ba’zan oilasi bilan mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi. Biz Bahodir akaga omad tilab qolamiz!