AYOLLAR UCHUN BAYRAM SOVG‘ASI
EMS (Enter Machinery Service) kompaniyasi Enter Engineering kompaniyalar guruhi loyihalarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonga operator, dispetcher, HR-mutaxassis, buxgalter, koordinator, xaridchi va boshqalar sifatida ishlaydigan ayollar katta hissa qo‘shmoqda.
Ayol-mutaxassislarga fidokorona mehnatlari uchun hurmat bajo keltirgan holda hamda yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami munosabati bilan EMS kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan kompaniya xodimlari uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining so‘lim hududida joylashgan «Chotqol» sanatoriysiga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.
Yigirma nafardan ortiq kishidan iborat dam oluvchilar guruhi bu ikki kunni nafaqat qiziqarli, balki sog‘liq uchun foydali tarzda o‘tkazishdi, chunki sanatoriy mineral suv va boshqa davolash hamda reabilitatsiya turlaridan foydalanishga asoslangan turli xil sog‘lomlashtirish muolajalari bilan mashhur. Dam oluvchilar, shuningdek, fizioterapiya xonalariga tashrif buyurish, ajoyib oshxona va shinam xonalarning qulayligidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar. EMS xodimlari «Chimyon» tog‘-chang‘i kurortiga ekskursiyada unutilmas taassurotga ega bo‘ldilar, u yerda hamma qorli tog‘ cho‘qqilari manzarasidan bahra oldi, kanat yo‘lida uchdi, qorbo‘ron o‘ynadi, eng jasurlari esa pastlikka tog‘ chang‘isida uchishdi.
— Bunday sayohatlar qalbga chinakam quvonch baxsh etadi, — deydi invoyslash bo‘limi bosh mutaxassisi Dilrabo Muhamedova, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan. — Axir jamiyatimiz, bu holda esa korxonamiz ayollarning kamtarona, ammo mashaqqatli mehnatini naqadar yuksak qadrlashiga aynan shunday damlarda amin bo‘lasiz. Tabiat qo‘ynida o‘tkazgan mana shunday quvonchli va maroqli kunlar uchun korxonamiz kasaba uyushma qo‘mitasi va ma’muriyatiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Har birimiz katta zavq, tetiklik va bayramona kayfiyatni oldik!