Yangi TOPCon texnologiyasi
Quyoshdan ekologik toza va samarali energiya manbai sifatida foydalanish butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Bu boradagi so‘nggi yutuqlardan biri TOPCon texnologiyasidan foydalangan holda panellarni ishlab chiqarishdir.
TOPCon — ingliz tilidan «Tunnel Oxide Passivated Contact» (Tunnel oksidi passivlangan kontakti) so‘zining qisqartmasi. Texnologiya nemis olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2014-yilda taqdim etilgan, ammo faqat 2019-yilda faol foydalanila boshlandi.
TOPCon quyosh elementlari P tipidagi yoki N tipidagi elementlar sifatida ishlab chiqarilishi mumkin. Bu nimani anglatadi? Kremniyli plastina panellarning elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi samaradorligini oshirish uchun P tipidagi plastinalar bor, N tipidagilari esa bor kabi kislorodning salbiy ta’siriga kamroq uchraydigan fosfor bilan legirlanadi. Shu sababli, N-tipli plastinalardan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq foydali bo‘ladi, bundan tashqari ular ifloslanishlarga nisbatan ancha chidamli ekani ma’lum bo‘ldi.
TOPCon bu vaqt sinovidan o‘tgan PERC/PERT quyosh elementlarininng mukammallashgan variantidir. Yangi texnologiyaning farqi shundaki, plastinaning orqa tomoniga yuqori kuchlanishga bardosh beradigan maxsus qatlamlar qo‘shiladi, bu esa energiya ishlab chiqarishni oshiradi.
TOPCon texnologiyali panellar bir qator inkor etib bo‘lmas afzalliklarga ega: ishlab chiqarishni boshlash qo‘shimcha investitsiyalarni talab qilmaydi, chunki bu panellarni PERC liniyasining ishlab chiqarish jarayonlari asosida yaratish mumkin; ular quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirishda 28% gacha samaradorlikka erishadilar (solishtirish uchun: PERC niki 24%); kamroq degradatsiyaga ega; yuqori harorat, kam yorug‘lik va ikki tomonlama modullar kabi yanada og‘ir ish sharoitida ham ishlashga qodir.
Ammo har qanday texnologiya singari, TOPCon o‘zining kamchiliklariga ega. Misol uchun, bu panellarni ishlab chiqarish qimmatroq bo‘lishi mumkin, chunki ularni ishlab chiqarish uchun ko‘proq kumush kerak bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, 2031-yilga kelib ushbu panellarning jahon bozoridagi ulushi 50% ga yetishi mumkin. Bu kelajakda ular quyosh panellarining asosiy turlaridan biriga aylanishi mumkinligini anglatadi.