BIPV — integrallashgan elektrostantsiyalar
Bugungi kunda dunyoda muqobil energiya sohasida turli yo‘nalishlar faol rivojlanmoqda. Ular orasida BIPV-tizimlari alohida o‘rin tutadi.
BIPV qisqartmasi binoga integratsiya qilingan fotoelektrik modullar degan ma’noni anglatadi. Ular energiya tejash va innovatsiyalar kontseptsiyasining bir qismi bo‘lgan arxitektura loyihalarida tezda mashhurlikka erishmoqda.
Xo‘sh, ular nimasi bilan ajralib turadi? Bu, birinchi navbatda, korxonalar va uy xo‘jaliklari uchun istiqbolli texnologiya bo‘lib, u o‘ziga xos me‘moriy joziba va an’anaviy qurilish materiallarini almashtirish va elektr energiyasini ishlab chiqarishning ikki tomonlama funksiyasiga ega bo‘lgan holda sezilarli darajada elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Fotomodullar an’anaviy oynalarni yupqa plyonkali yoki kremniyli FEMlar bilan almashtirib, binolarning fasadlariga o‘rnatiladi. Ular, shuningdek, tom yopish, terassalar, issiqxonalar, pol qoplamasi va boshqalarning elementlari bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, BIPV-tizimlari standart quyosh modullari bilan taqqoslaganda, uzoqroq xizmat qiladi, ya’ni ikkita oyna orasidagi elementlarning laminatsiyasi evaziga o‘rtacha 25 yilgacha ishlaydi. Shunday qilib, konstruksiyasida ultrabinafsha nurlanishining asosiy qismini o‘ziga oladigan orqa plyonka yo‘q.
BIPV-tizimlarining asosiy afzalliklari:
• Elektr energiya xarajatlarini kamaytirish
Quyosh elektr stantsiyasini o‘rnatish va energiya samaradorligini oshirish orqali elektr energiya xarajatlarini kamaytirish
• Qisqa muddatda o‘zini qoplashi
Bu vaqt ichida elektr energiyasi tariflari sezilarli darajada oshadi va barcha xarajatlar o‘zini-o‘zi qoplashi kafolatlanadi
• Elektr energiyasini ishlab chiqarish
Quyosh panelining orqa qismidan foydalanish hisobiga elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish
• Dekarbonizatsiya tomon borish
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va CO2ni ajralishini kamaytirish choralari orqali uglerod izini kamaytirish
tijorat va turar-joy ko‘chmas mulki, logistika va transport, sanoat ishlab chiqarish, neft va gaz sanoati.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, BIPV-tizimi bilan iste’molchi uzoq vaqt davomida tejamkorlik va estetik zavq keltiradigan individual, yuqori texnologiyali yechimga ega bo‘lishini ishonch bilan ta’kidlashimiz mumkin.