Quyosh energiyasi istiqbollari muhokama qilindi
2024-yil 1-mart kuni Enter Solar kompaniyasi vakili «O‘zbekiston 24 Radiosi» radiostansiyasi taklifiga binoan O‘zbekistonda «yashil» energetikani rivojlantirishga bag‘ishlangan eshittirishda ishtirok etdi.
Efirda Enter Solar ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xamidulo Ishonqulovdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi va Energetika vazirliklari vakillari, quyosh panellariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar mutaxassislari ham so‘zga chiqishdi.
Efir davomida qayta tiklanadigan energiya masalalari ko‘tarilib, ularning ahamiyatiga Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 28-fevral kuni bu boradagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishida e’tibor qaratgandi. Davlat rahbari vazirliklar oldiga 2024-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 15 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
Dasturda boshqa dolzarb mavzular qatorida Enter Solar kompaniyasining uskunalari quvvati va xom ashyo yetkazib beruvchilari hamda shu sohada faoliyat yurituvchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik tajribasi muhokama qilindi.
— 2023-yil aprel oyida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, hozir normamiz kuniga 400 dona quyosh paneli, — deya boshlovchilarning savollariga izoh berdi Xamidulo Ishonqulov. — Xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida Xitoydan dunyoning yetakchi kompaniyalarini tanlaymiz va Italiya uskunalari yordamida quyosh panellari ishlab chiqaramiz. Agar mahsulot sifatini yaxshilash yoki ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish uchun uni qayta sozlash zarur bo‘lsa, biz Italiyadan kelgan hamkasblarimiz bilan bevosita ishlaymiz. 2023-yil noyabr oyida mutaxassislarimiz Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro uskunalar va texnologiyalar ko‘rgazmasida xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.
Boshlovchining kompaniya tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari haqidagi savoliga Xamidulo Djamaletdinovich quyidagicha javob berdi:
— Prezidentimiz belgilab bergan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ishlab chiqarishimiz maqsadlari bilan hamohangdir. Biz O‘zbekistonning «yashil» iqtisodiyotga o‘tish dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va bu boradagi davlat rejalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish hajmini oshirishga tayyormiz. Endi biz 125 megavatt quvvatga ega quyosh panellari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz, kompaniya tuzilmasi tarkibida yangi bo‘lim ajralmoqda, uning asosiy vazifasi quyosh panellarini o‘rnatish va oxirigacha montaj qilish bo‘ladi, shuningdek, butun respublika bo‘ylab mahsulotimizni yetkazib berish bo‘yicha tenderlarda ishtirok etishga tayyorlanmoqdamiz.
Intervyuning to'liq shaklda quyidagi havola orqali o'tib tinglashingiz mumin: https://t.me/entersolar/47