January 5

Quyosh energiyasini ishga solib

Muqobil energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishning dolzarb va juda samarali usuli hisoblanadi. Yildan yilga quyosh panellarini qo‘llash sohasi kengayib bormoqda. Qurilmalar turli sohalarda — qishloq xo‘jaligi va sanoatdan maishiy foydalanishgacha faol qo‘llanilmoqda.

Xususiy uy xo‘jaliklarida quyosh batareyalaridan foydalanish ham yil davomida uzluksiz elektr ta’minotini tashkil etish bilan bog‘liq istiqbolli yo‘nalishga aylandi. Shu bilan birga, fotoelektrik modullarni (FEM) o‘rnatish asosan turar-joy va noturar joylarni, uy oldi hududlarini yoritish, maishiy texnika va kichik o‘lchamdagi mexanizatsiya vositalarining ishlashini ta’minlash, portativ qurilmalar va mikroelektronikani qayta zaryadlash uchun ishlatiladi.

O‘zbekistonda fotoelektrik modullar ishlab chiqaradigan Enter Solar zavodining ochilishi aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Korxona tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va hozirda ichki bozorga, birinchi navbatda, xususiy mijozlarga tegishli foydali takliflar bilan kirishga hozirlik ko‘rmoqda.

Aniqrog‘i, Enter Solar yaqin kelajakda «To‘liq bitkazilgan quyosh elektr stansiyasi» xizmati dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mijozlarning talablaridan kelib chiqib, 3, 5, 10, 15 va 20 kVt to‘plamlar taklif etiladi. Shu bilan birga, xizmatlarning to‘liq to‘plami yaratiladi, jumladan, bunga mijozlarga maslahat berishning bir nechta variantlari (masofaviy va mijoz obyektiga chiqib), so‘rovni loyihalash va budjetlashtirish, quyosh panellari hamda mahkamlash konstruktsiyalarini tayyorlash, barcha zarur ikkilamchi uskunalar xizmatlarini taqdim etish, tizimni mijozning obyektiga yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, sotishdan keyingi servis xizmati kiradi.

Qayd etish joizki, Enter Solar O‘zbekistonda zamonaviy quyosh panellarini ishlab chiqaruvchi birinchi va hozirgi kunga qadar yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, korxona mutaxassislari iste’molchilarga quyosh elektr stansiyasining asosiy komponenti — ishlab chiqaruvchining narxi bo‘yicha panellarni qisqa muddatlarda taqdim etishlari mumkin. Shu bilan birga, texnik xodimlar ham sanoat, ham turar-joy tipidagi quyosh elektr stansiyalarini loyihalash, qurish, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha katta tajribaga ega.