Barno Ergasheva: yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqdaman
Barno Ergasheva har kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chinozdan Yangiyo‘lga ishga ketayotgan avtobus saloni derazasidan atrofdagi hayot qanday o‘zgarib borayotganini kuzatadi.
— Har kuni nimadir yangi narsa paydo bo‘ladi, turar-joy binolari, do‘konlar, jamoat binolari quriladi. Vaqt bir joyda turmaydi va barchasi shiddat bilan o‘zgaradi. Mening hayotimda ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, bu yil Yangiyo‘ldagi Enter Solar zavodiga ishga joylashdim. Bu mutlaqo yangi zamonaviy korxona bo‘lib, atrofimizdagi o‘zgarishlarni u kabi yaqqol namoyish etadigan jarayonni topish qiyin, — dedi Barno Ergasheva.
Barnoning Enter Solarga kelishining tarixi, ehtimol uning ko‘pgina hamkasblaridagi kabi oddiydir. Yangi ochilgan korxona haqida shu atrofda joylashgan Enter Steel mashinasozlik zavodida ishlaydigan tanishidan bilgan.
— Bu yangilikni eshitib, xursand bo‘ldim, chunki hozir menga aynan shu narsa kerakligini angladim, — deya hikoyasini davom ettirdi Barno Ergasheva. — Qolaversa, elektronika va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada konveyerda ishlash tajribam bor edi. Men hujjatlarimni topshirdim, ishga kirish uchun taklifnoma oldim va aprel oyidan boshlab fotoelektrik modullarni ishlab chiqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan liniya operatori bo‘lib ishlamoqdaman. Tabiiyki, o‘z vazifalarimni bajarish uchun tegishli tayyorgarlikdan o‘tdim.
Bugungi kunda Barno ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni tekshirish va kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi. O‘z ishidan juda mamnun.
— Zavod yangi, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarmoqda, shuning uchun men kelajakda yaxshi istiqbollarni ko‘raman. Mening umidlarimni munosib ish haqi va qulay smena jadvali qo‘llab-quvvatlaydi. Uy yumushlariga ham, uch o‘g‘ilni tarbiyalashga ham vaqtim yetarli. Bugun insonlar uchun shunday imkoniyatlar paydo bo‘layotganidan xursandman”, — deya hikoyasini yakunladi qahramonimiz.
Enter Solar zavodining ishga tushirilishi nafaqat Toshkent viloyati, balki butun mamlakatimiz uchun muhim voqea bo‘ldi. Korxonaning mahsulotlari nafaqat mahalliy fotoelektr stansiyalari va boshqa iste’molchilarning fotoalektrik modullarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplaydi. Bu odamlar hayotiga yangi muqobil energiya manbalarini joriy etish, turmush sifatini yaxshilash va farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.