November 20, 2023

ENTER SOLAR: FEM ISHLAB CHIQARISHDA YETAKCHI

Bugun O‘zbekistonda elektr ta’minoti tizimini isloh qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini faol joriy etish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Bu boradagi yuklatilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan qator qonun hujjatlari qabul qilinib, amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Shulardan biri Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida Enter Solar fotoelektrik modullari (FEM) ishlab chiqaruvchi zavod qurilishidir.

Enter Solar — bu Markaziy Osiyoda o‘z sohasida birinchi va yagona zamonaviy korxona bo‘lib, unda quyosh panellarini ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar joriy etilgan. Bu yerda zamonaviy asbob-uskunalar — sanoat yetakchilaridan biri bo‘lmish Ecoprogetti (Italiya) kompaniyasidan fotoelektrik modullarini (FEM) ishlab chiqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan liniya o‘rnatilgan.

Ishlab chiqarish hajmi yiliga 200 MVtni tashkil qiladi. Shu bilan birga, bir yilda 367 540 dona 520–540 V quvvatga ega FEM’lar ishlab chiqariladi. Mahsulotning asosiy turi PERC M10 tipidagi 2 tomonlama FEO‘ asosidagi monokristalli FEM va qo‘shimcha mahsulot M6 tipidagi FEO‘ asosidagi monokristalli FEM bo‘ladi.

Zavodda 100 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda, 8 nafar operator bir smenada liniyani bevosita boshqaradi. Enter Solar mutaxassislari sanoat va fuqarolik maqsadlaridagi quyosh elektr stansiyalarini loyihalash, qurish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha katta tajribaga ega. Demak, korxona eng qisqa vaqt ichida o‘z mijozlariga kerakli miqdordagi mahsulotlarni yetkazib bera oladi.

Yaqin kelajakda Enter Solar zavodi «Quyosh elektr stansiyasini to‘liq qirib bitkazish» xizmati dasturini ham ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mijozlarning talablaridan kelib chiqqan holda, ularga turli xil — 3 dan 20 kVt’gacha quvvatlar to‘plamlari taklif etiladi.

Ushbu mahsulotning lokalizatsiyasi nafaqat mahalliy fotoelektr stansiyalari va boshqa iste’molchilarning fotoelektrik modullarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash, balki yuqori sifatni saqlab qolish va uzoq muddatli kafolatlar berish bilan birga ularning tannarxini sezilarli darajada tushirish imkonini beradi.