March 12, 2025

QORA QISMAT

Qora Qismat

1-qism

Tungi sukunat hammani quchoqlab olgan, shahar jimjit edi. Ammo bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi.

To‘satdan eshik sharaqlab ochildi.

Arine chuqur uyqudan uyg‘onib ketdi. Nafas olishi tezlashdi, yuragi qinidan chiqqudek urardi. Xonada notanish erkaklar paydo bo‘lgan edi. Qorong‘uda ularning yuzlari noaniq ko‘rinsa-da, bir narsa aniq edi—bular xavfli odamlar.

Ammo eng dahshatlisi bu emasdi.

Arine yotgan joyining yonida, qonga belangan yigitning jasadi bor edi. Nafas olmayotgan, sovuq…

— “U o‘ldi.”

Qattiq ohangdagi bu so‘zlar xonani kesib o‘tdi. Erkaklardan biri jasadga qarab sovuqqina gapirdi.

Arine dahshatdan nafasi tiqilib, o‘zini orqaga tortdi. Ko‘zlarini kattaroq ochib, xonadagi erkaklarga qaradi—barchasi qurollangan, yuzlari ifodasiz.

Qochish kerak!

Ammo ulgurmadi.

Kimdir yelkasidan qattiq tutdi. Orqasiga qayrilishga ham jur’ati yetmadi.

— “Buni nima qilamiz?” — so‘radi ulardan biri beparvolik bilan.

Xonada bir zum sukunat cho‘kdi. Keyin esa sovuq ovoz yangradi:

— “O‘zimiz bilan olib ketamiz.”

Bu ovoz uzoqdan, qorong‘ulik ichidan keldi. Uning egasi uzun qora plash kiygan, qoshlarini chimirib turgan odam edi. Uning ko‘zlari tubsiz bo‘shliqday edi.

Arine qaltirardi. Qo‘rquv butun vujudini egallab olgan, yuragi go‘yo qafasga tushib qolganday tez urardi.

— “Meni qo‘yib yuboring… iltimos.”

Uning shivirlashi qanchalik ojiz eshitildi… Lekin hech kim unga quloq solmadi.

Boyagi odam unga uzoq tikildi.

Keyin esa shunchaki kulib qo‘ydi.

— “Afsus, kichkintoy, bu mumkin emas. Endi sen bizga keraksan.”

Shu ondan boshlab, Arine uchun butun dunyo o‘zgargandi.

[Bir kun oldin]

O‘sha voqealar sodir bo‘lishidan avval, Arine oddiy hayot kechirardi. Universitetga borardi, do‘stlari bilan kafe yonida suhbat qurardi, shunchaki yosh edi…

Ammo hayot doim ham rejalargacha silliq ketavermaydi.

O‘sha kuni hammasi o‘zgardi.

Kech bo‘lib qolgan edi. Arine do‘stlari bilan xayrlashib, uyiga qaytish uchun tor ko‘chaga burildi. Atrof sokin, odam yo‘q edi. U hech qanday xavf sezmagandi…

Lekin keyingi soniyalarda hammasi zulmatga aylandi.

Orqadan qattiq zarba tegdi.

Ko‘z oldi qorong‘ilashdi, yuragi og‘riqli tarzda urdi.

Kimdir og‘zini mahkam yopdi, qo‘llarini orqasiga qayirdi.

Arine tipirchiladi, qarshilik ko‘rsatdi, lekin kuchli qo‘llar uni joyidan siljitmadi. Nafas olish qiyinlashdi.

Keyin esa burun teshiklariga notanish, og‘ir hid urildi.

Hushidan ketayotganini angladi…

Begona xonada

Arine uyg‘onganida xira chiroqli, derazasiz xonada yotardi. Qo‘llari bog‘langan, lablari berk edi. Yuragi tez urardi, qaltirashini to‘xtata olmadi.

Bu qayer? Nima bo‘lyapti?

Eshik ochildi.

Ichkariga qora kiyimli, yuzi ifodasiz odam kirdi.

— “Vanihoyat, uyg‘ondingmi, mitti qushcham?” — uning tovushi sovuq va beparvo edi.

Arine dahshatdan qo‘rqib ketdi. Nima bo‘layotganini tushunmasdi.

— “Qo‘rqma, kichkintoy.”

Notanish yigit unga yaqinlashib, yuzidagi sochlarini qulog‘i ortiga olib qo‘ydi.

— “Ko‘p o‘tmay, seni sotib olishadi. Shuning uchun aqlli bo‘l, qizaloq.”

Arine titrab ketdi.

Sotib olishadi?!

Yo‘q, bu hazil bo‘lishi mumkin emas. Kimdir uni olib ketgan bo‘lsa, uni pul uchun sotmoqchi edi. Lekin qanday qilib? U shunchaki oddiy talaba edi-ku!

Qanday qilib oddiy qiz birdan kimdir uchun o‘yinchoqqa aylandi?!

Notanish odam xonani tark etdi. Uning o‘rniga esa boshqa yigitlar kirib, Arine’ni boshqa qizlar saqlanayotgan xonaga olib borishdi.

Pov: Arine

Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Qanday qilib meni kimdir sotib olishi mumkin? Endi nima bo‘ladi?

La’nati…

Shu payt xonaga bir ayol kirdi. U qizlarni ketma-ket tashqariga olib chiqayotgan edi.

Arine yuragi og‘ir urganini his qildi. Ichkari zalda ko‘plab erkaklar turardi. Qizlar birma-bir sotila boshladi.

U nima qilishni bilmasdi. Nafas olishi qiyinlashdi, oyoq-qo‘llari titrardi. Qochishning hech qanday imkoni yo‘q edi.

Nega?

Nega aynan men?!

Keyin esa uning navbati keldi.

Hamma unga tikildi. Nigohlar og‘ir edi, go‘yo uni bo‘rilar qurshab olgandi.

Arine yoqimsiz shovqinlarni eshitdi—narxlar aytilmoqda edi.

Keyin esa hammasi tugadi.

Kimdir uni sotib oldi.

Ammo kimligi unga hozir ahamiyatli emasdi.

U faqat bitta narsani bilardi—endi hammasi tamom.

O‘sha tun…

Leon.

U oddiy boy odam emas edi. U mafiya dunyosining eng xavfli odami edi. Buni Arine hali bilmasdi.

U hashamatli, lekin qorong‘u xonaga olib kelindi. Oynalar berk, tashqariga chiqish imkonsiz edi.

Leon unga sinchiklab tikildi.

— “Mendan qo‘rqyapsanmi?”

Arine bosh irg‘adi.

— “Yaxshi, qo‘rqishda davom et. Bu senga faqat foyda beradi.”

U xonadan chiqib ketdi.

Arine esa tushundi—bu yerda qo‘rqish unga yordam bermaydi.

U qochishi kerak edi.

Lekin bu oson bo‘lmaydi. Chunki o‘sha tun…

O‘sha tun hayot va o‘lim o‘rtasidagi nozik chegara edi.

1-qism tugadi