March 4, 2025

QORA QISMAT

Qora Qismat
1-qism

Qiz uxlab yotgan joyidan shovqin-suron bilan uyg‘ondi. Xonada begona erkaklar edi. Yigit esa uning oldida yotardi — qonga belangan, nafas olmayotgan edi.

— U o‘ldi, — dedi qattiq ohangda turganlardan biri.

Qiz qo‘rquvdan o‘zini orqaga tortdi, lekin uni tortib oldilar.

— Buni nima qilamiz? — so‘radi yana biri.

— O‘ldirmaymiz, — sovuq ovoz yangradi. Ovoz egasi uzun qora plash kiygan, qoshlarini chimirib turgan odam edi. Uning ko‘zlari tubsiz darhol edi. "Taehyung," deb atashdi uni sheriklari.

Qiz titrar, ko‘zlari yoshga to‘lgan edi.

— Meni qo‘yib yuboring… iltimos, — deya shivirladi u.

Taehyung unga uzoq tikildi.

— Sen endi biz bilansan — dedi u nihoyat.

Shu kundan boshlab qiz uchun hayot butunlay o‘zgardi. U mafianing qo‘lida edi, lekin nega uni o‘ldirishmadi? Nega Leon unga boshqacha qarardi? Kunlar o‘tib, bu sirlar ochila boshladi…

Qanday qilib Arine bu ahvolga tushdi?

Arine oddiy hayot kechirardi. Universitetga borar, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazar, oddiy orzular bilan yashardi. Lekin bir kun hayoti butkul o‘zgarib ketdi…

O‘sha kuni kech bo‘lib ketgan edi. U do‘stlari bilan kafe yonida xayrlashib, uyiga qaytish uchun tor ko‘chaga burildi. Ko‘cha bo‘m-bo‘sh edi, lekin u hech qanday xavf sezmagandi. Lekin keyingi soniyalarda hammasi zulmatga aylandi…

Orqadan qattiq zarba tegdi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi, yuragi tez ura boshladi. Kimdir og‘zini yopdi, qo‘llarini orqasiga qayirdi. Arine tipirchilab qarshilik ko‘rsatdi, lekin kuchli qo‘llar uni joyidan siljitmadi. Keyin esa og‘ir hid burniga urildi—garchi nima ekanini bilmasa ham, u hushidan ketayotganini sezdi…

U uyg‘onganida begona xonada edi. Qo‘llari bog‘langan, lablari berk edi. Yuragi tez ura boshladi. Atrofga qaradi—yarim qorong‘u xona, derazasiz, temir eshik. Bu yer qayer? Unga nima bo‘ldi?

Ko‘p o‘tmay, eshik ochildi. Ichkariga qora kiyimli notanish erkak kirdi.

— Hushyor bo‘ldingmi? — sovuq tabassum bilan so‘radi u.

Arine javob bera olmadi. Qo‘rqib ketgandi.

— Ko‘p o‘tmay seni sotib olishadi, — davom etdi u. — Shuning uchun aqlli bo‘l, qizaloq.

Arine titrab ketdi. Sotib olishadi?! Qanday qilib?! U hech qachon bunday hayotni tasavvur qilmagan edi. Qanday qilib oddiy qiz birdaniga kimdir uchun o‘yinchoqga aylanib qoldi?!

Shu tariqa, u sirli odamlar tomonidan pulli kimsalarga sotiladigan bo‘ldi. Bir kuni esa uni bir yigit sotib oldi. U qattiq nigohli, mag‘rur va sovuqqon edi. Arine uning qo‘lida qanday hayot kutayotganini bilmasdi, lekin bu hayot uzoq davom etmadi. Chunki o‘sha tun

O‘sha tun Arine uchun hayot va o‘lim o‘rtasidagi nozik chegara bo‘ldi…

Uni sotib olgan yigit Leon edi. U shunchaki boy odam emas, mafiya dunyosidagi eng xavfli odamlarning biri bo‘lishi mumkinligini qiz hali bilmas edi. Ammo bitta narsa aniq edi — Leon uni shunchaki o‘yinchoq sifatida olmagan.

Arine hashamatli, lekin qorong‘u xonaga keltirildi. Oynalar pardalar bilan berk, tashqariga chiqish deyarli imkonsiz edi. Ichkariga kirgan zahoti Leon qizga sinchiklab tikildi.

— Mendan qo‘rqyapsanmi? — so‘radi u ohangida hech qanday hissiyot sezilmagan holda.

Arine titrab, bosh irg‘adi.

— Yaxshi, qo‘rqishda davom et. Bu senga faqat foyda beradi, — dedi Leon va xonadan chiqib ketdi.

Uning sovuq nigohi qizning yuragini ezib yubordi. Ammo Arine tez orada tushundi: bu yerda qo‘rqish unga yordam bermaydi. U qochishi kerak!

Lekin oradan ko‘p o‘tmay, o‘sha tunda hammasi o‘zgarib ketdi…

O‘sha tun

Arine uyg‘onganida eshiklar sharaqlab ochildi. Xonaga notanish odamlar bostirib kirdi. Ular hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qila boshladi. Ba’zilari qurolli edi.

— Leonni yo‘q qiling! — dedi ulardan biri.

Arine yuragi tez ura boshladi. U nima bo‘layotganini tushunmasdi, ammo bu odamlar Leonning dushmanlari ekanligi aniq edi. U titrab, burchakka qisildi. Ammo birdan uning xonasi eshigi ochilib, kimdir ichkariga kirdi.

Bu Leon edi. U qonga belangan, yarador edi. Ammo uning nigohi hanuzda sovuq va qat’iy edi.

Shu payt ortida yana bir odam paydo bo‘ldi va hech qanday ogohlantirishsiz unga pichoq sanchdi.

Leon qimirlashga ulgurmay, yerga yiqildi.

— U o‘ldi, — dedi qattiq ohangda dushmanlardan biri.

Arine dahshatdan baqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Shu payt uni tortib olishdi.

— Buni nima qilamiz? — so‘radi ulardan biri.

— O‘ldirmaymiz, — sovuq ovoz yangradi. Ovoz egasi uzun qora plash kiygan odam edi. Uning ko‘zlari tubsiz edi.

— Sen endi bizgasan, — dedi u nihoyat.

Arine endi faqat bitta narsani tushundi: uning taqdiri butunlay o‘zgardi..

1-qism tugadi