MY DOLL
13- QISM || FINAL
...Sen bilan oʻtgan har bir vaqt taqdir sahifalarimdagi eng goʻzal satirlari edi. Butun bir hayotimni zulmat qoplagan boʻlsada. Sening yuragingdagi men uchun atalgan sevgi butun bir olamimni yorishtira olardi...
Ichimdan oʻtayotgan hislarni taʼriflash hozirda men uchun mushkul. Kechagi boʻlib oʻtgan ishlarni oʻylar ekanman hozirni oʻzida oʻzimni oʻldirishga tayyor edim. Qanchalik axmoqlik. Men juda kam, yoʻq umuman hayotim davomida bunchalik spirtli ichimlik isteʼmol qilmagandim va bunchalik axmoqlik qilmagan edim. Men mast boʻlishimdan oldin eslay oladigan voqea bu Iren bilan oddiy clubga borganimiz va men unchalik oʻtkir boʻlmagan boʻlsada 2 idishdagi ichimlik meni gʻirt mast qilishga urgurgani edi. Undan keyingi boʻlib oʻtganlar esa chinakamiga telbalik edi. Uning manzilini qanday topib borganim umuman esimda yoʻq. Esimda qolgan yagona narsa bu uning issiq harorati. Ertalab uygʻonganimda u yonginamda edi. Masofalar juda yaqin va hech bir kiyimlarsiz. Men yorugʻlik tezligida harakatlandim chogʻi hatto telefonimni ham unutgandim. Shu bilan birga hozirgi vaqtdagi ish. U meni qayerga olib ketayotganligini bilmayman lekin ichimda vahimali qoʻrquv uygʻongandek edi. Men ayni damda nima qilishni bilmayotgan edim. Qurol. Uning yon tarafidagi qurolga koʻzim tushishi bilan bir oz tinchlangandek boʻlidim. Lekin nima qila olishim mumkin? Bu vaziyatda...men odam oʻldirishim kerakmi? M..men buni uddalay olmasligim aniq.Umrim davomida biror marta ham kimdirni otish uyoqda tursin hatto qoʻlimga qurol olmaganman ham.
Lekin boshqa iloj yoʻq! Men qulay vaziyatni kutishim kerak
Shoshilib mashina tashqarisiga qaradim. Barchasi gʻalati jin ursin men bu yerlarni mutloqo tanimayman! Qandaydir xaroba va hali oxiriga yetkazilmagan uylar yoki binolar. Qoʻlim tobora terlab yuragim eshitiladigan darajada qattiq urayotganini sezyapman. Hatto qattiq qaltirayotgan edim. Hozir menga nima boʻlishini bilmayman.
Vanixoyat mashina toʻxtadi. Qochishdan foyda yoʻq endi shuning uchun oʻzimni boshqa yoʻl bilan qutqarishim zarur. U mashinadan tusharkan qurolini ham oʻzi bilan olishni unutmagandi. U meni eshigimga keldi men ham hozirgi qilishim kerak boʻlgan ishga oʻzimni tayyorladim.Eshikni ochgan zahoti qurolni olishga urindim. Samarasiz u epchillik bilan huddi bilgandek qoʻlimni qattiq ushlab oldi.
- Alday olaman deb oʻyladingmi? - lab uchida jirkanch jilmaygancha meni yerga itarib yubordi. Jin ursin qanchalik omadsizman. Ogʻriqdan ingrab yubordim.
- Xoʻjayin kelgunicha bir oʻyin oʻynashga nima deysan - yana jirkanch tabassum bilan menga yaqinlasharkan qancha harakat qilmay orqaga chekina olmasdim.
Men nima qila olishim mumkin? Uning tobora men tomon yaqinlashib borishi endilikda u mening ustimda edi. Uning jirkanch yuzini koʻrishni mutloqo hohlamayman uning kafti mening ikki qoʻlimni birgalikda ushlagan holda tepaga koʻtarar ekan, men uchun qulay vaziyatdek edi. Tezlikda uning qoʻliga ayovsiz botirilgan tishlarimdan ingrab yuborgancha mendan uzoqlashdi.
Laʼnati foxisha - gʻazab bilan qoʻlini qattiq qisgancha menga baqirar ekan huddi avvalgidek oʻzimni qutqarish uchun yon atrofga qaradim. Nima boʻlsa ham farqi yoʻq edi. Biror bir qattiq jism. Topdim! Lekin u yana men tomon yaqinlashib kelmoqda. Oʻylashga vaqt yoʻq. Bor kuchim bilan boshiga zarba berdim. Bu uni oʻldirmasdi lekin qochish uchun yoki yordam soʻrashim uchun vaqt boʻlardi, huddi avvalgidek. Tezlikda oʻrnimdan turgancha mashina tomon ildamladim. Chindan ham hayot menga juda ajoyib taqdir berganki men hatto mashina haydashni bilmasdim.Telefon. Uning telefonini qoʻlimga oldim. Xudoga shukurki telefon parolsiz edi. Kimdan yordam soʻrashim mumkin. Yashin tezligida kelgan gʻoya va men oʻz telefonimga raqamimni terdim. "Tezroq ol iltimos" boyagi joyda hali ham boshini ushlagancha turishga harakat qilayotgan erkakga qaragancha u telefoni tezroq olishini iltijo qilardim.
Ertalabki quyoshning xira nurlari xona boʻylab yoyilib yuzimni qitiqlar ekan, koʻzimni erinibgina ochdim. Soat nechi boʻlganligini bilmayman lekin aniq 12 ga yaqinlashib qolgandi. Yuzimni yon tarafga qaratgancha kechagi tuni eslatadigan choyshablarga qaraganimda bexos u yoʻqligini angladim. Qiziq u juda tez ketib qoliptimi.
Oʻrnimdan turgancha pastdagi kiyimlarimni qoʻlimga olib birin ketin kiyishni boshladim. Hozir u qayerda va qay holda ekanligiga juda qiziqyapman. Kechagi jasoratili qizaloqni hozir qanday holdaligi meni juda qiziqtirayotgandi. Kiyinib boʻlgach xonadan chiqishga shaylangan chogʻim ortimdan telefon ovozi yangrashi meni yana ortga qaytishimga sabab boʻldi. Lekin bu mening telefonim emasligiga aminman. Ajablanarli bu uning telefoni. U shunchalik shoshganidan uni unutganmi ? Yoki mendan uyalganidan. Yuzimga ayyorona kulgu olgancha telefoni koʻtardim.
- Tae Tae bu sensan toʻgʻrimi ? - men oʻylaganimdan ancha boshqacha ohang va qoʻrquv aralash tovush yangrakan bu yerda boshqa bir nima notoʻgʻri ekanligini bilish qiyin emasdi.
- Tinchlan ha bu menman. Nimadir boʻldimi senga?
- Iltimos meni qutqar m..men bu yerga oʻgʻirlab kelishdi - bir nafasda aytilgan soʻzlardan soʻng yuragimda noaniq qoʻrquv uygʻongandek edi.
- Hop avval tinchlan va menga manzilni ayt - yana eshik tomon borgancha uning javobi kutdim
- M..men aniq ayta olmayman Tae bu yerni mutloqo tanimayman. Bu yer qandaydir kimsasiz joylar. Sening uyingdan uncha uzoq emasdi. Bu yerda - uning ovozi shu payt uzildi. Men bir necha bor yana oʻsha raqamga ulanishga urindim lekin foydasi yoʻq edi. Laʼnati tezlikda uyni tark etgancha hayolimga kelgan ilk joydan uni qidirishga kirishdim.
Oʻzimni huddi oʻlikdek his qilyapman. Harakatlanish tugul koʻzimni ocha olmayotgan edim. Jin ursin men shunday shu yerda va shu koʻrinishda oʻlib ketamanmi? Hatto Taehyungga manzilni aniq ayta ololmadim ham. Ortimdan sanchilgan ukol sabab hushimni yoʻqotdim. Lekin bilmayman bularni qilayotganlarning menda qanday qasdi bor? Men ularga nima yomonlik qildim oʻzi?
Koʻzlarimni zoʻrlik bilan ochgancha atrofga qaradim. Qarshimda meni diqqat bilan kuzatayotgan insoni koʻrar ekanman oʻzimga bir lahza ishona olmadim. Qanday qilib Jungwon? Lekin nima uchun.
– Vanixoyat. - Istehzoli tabassum bilan oʻrnidan turdi. - seni bu yerga olib kelish bunchalik qiyin bolada deb oʻylamagandim.
Men hali ham hech nimaga tushunmayotgan edim va yuzimdagi ifoda buning yaqqol dalili edi.
– Oh aytishni utunibman sen hali esingda yoʻq shunday emasmi. Kel unda eslashingizga yordam beraman! Oʻsha kuni bundan 2 yarim oy oldin oʻgay onagiz tomonidan bir erkakga sotilgansiz va buni qarangki u sizga teginishidan oldin unga jarohat yetkazgan holda boshqa bir erkakga tutulgansiz. Ming afsuslar boʻlsinki undan keyin ham yana oʻsha erkak bilan toʻqnash kelgansiz! Lekin bu safar jarohat yetkazish bilan cheklanmadingiz uni OʻLDIRDINGIZ !
- U mening akam edi. Sen laʼnatilarni deb endi u yoʻq!! - nafrat oʻch olish hisidan qisilgan koʻzlari bilan qizga yaqinlashgancha uning sochlarini mayin silab davom etdi.
– Misoram..bechoraginam mening. Buni qilayotganim uchun avvalambor uzur. Lekin sevgilingiz qilgan ishi uchun qattiqroq zarba berish kerak unga - Yigitning sovuq sózlari qizning etini jimirlatgancha orqaga tisarilishga majbur qildi.
– Ni...nima qilmoqchisan? - titroq ohangda chiqgan ohang qizni qôrquvini yaqqol namoyon qilmoqda edi.
–Ooohh, aytaylik birinchi bólib biroz óyin óynaymiz. Bu oğriqli bólishi mumkin. Sen uchun ..lekin bu men uchun juda zavqli qasos bólishi aniq.
- Yigitning yuzida shaytoniy kulgu paydo bólib qiz tomonga yanada egilgan zahoti tashqi tarafdan yaqqol eshitilgan mashina ovozi ikkisini eʼtiborini tortdi.
- Ajoyib u allaqachon Shu yerda. Bu oʻyinda u ham boʻlishi yanada maroqli Shu bilan birga sening zavqli va oğriqli qichqiriqlaringni sevgiling yani Taehyung ham eshitishi.
–Jin ursin, u seni óldiradi. Eshityapsanmi har biri uchun hali óz jazoyingni olasan. !!
- Buni vaqt koʻrsatadi azizam - yigit Istehzoli jilmaygancha ortidagi stuldan qoʻliga mato olib qizning ogʻzini majburan berkitdi oʻzi esa panaroq joyga yashirindi.
Eshikdan otilib kirgan erkak birinchi boʻlib u yerda oyoq qoʻli bogʻlangan xolda devorga tiralib turgan qizga qarar ekan oʻylab oʻtirmasadan u tomon oshiqdi
- Yaxshimisan? U senga hech nima qilmadimi? - havotir bilan uning tanasini tekshirar ekan Misora nimagadir ishora qilgandek unga ortga ogʻirilishiga imo qilardi.
- Qanday taʼsirli sahxna - ortidan eshitilgan istehzoli tovush va Taehyung uning yuzini koʻrish uchun ortga burildi.
- Nima ham derdim oʻylaganimdan juda erta keldingiz qoyil ! - Jungwon iblisona jilmaygancha qoʻlidagi qurolni yigitga tik qaratib oʻrnidan turishiga imo qildi.
- Jungwon - gʻazab ohangida shivirladi Taehyung - Bunga uni aralashtirish kerak emasdi !
- Rostdanmi? Lekin bu ajoyib! Uni koʻz oldingda oʻlib borishini kuzatishing lekin qoʻlingdan hech nima kelmay faqat menga yolvorishing bu naqadar zavqli. Shunday emasmi?
Qayerdandir yangragan ohang va Jungwon bir zumga boshini burdi. Juda qisqa. Juda kichik lahzada.Ammo bu yetarli edi.
Portlashdek o‘q ovozi xonani titratdi.
Jungwonning yelkasi ortga silkinib ketdi. Qurol qo‘lidan tushib, polga tushdi. Og‘riq yuzidan yuzini egallab olgancha, yaralangan va qon oqishni boshlagan yelkasiga qoʻlini qoʻygancha, tizzasiga cho‘kdi.
Taehyung ikkilanmasdan tezlik bilan Misora tomon yugurib,qo‘llaridagi bog‘ichlarni yecha boshladi.
— Qo‘rqma. Tugadi, — past, ammo qat’iy ohang bilan qizga tasalli bergan boʻldi.
Lekin u aytganichalik oson emasdi.Jungwon og‘riqqa qaramay huddi telbalardek kulib, qon yelkasidan sizib chiqayotgan bo‘lsa ham, ko‘zlarida hanuz iblisona nigoh bilan oʻrnidan turdi.
U turgan zahoti zaxira qurolini chiqardi. Misorani moʻljalga olindi. Yana bir bor qattiq oʻq ovozi hona boʻylab yangradi.Lekin boshqa insonga tegdi..
Taehyungning tanasi oldinga silkindi. Qo‘li Misoraning qo‘lini yechayotgan holatda qotib qoldi. Qon ko‘ylagi ostidan sekin yoyila boshladi.
— Taehyung! — Misoraning ovozi titrab ketdi.
Taehyung tishlarini qattiq qisdi, og‘riqni ichiga yutdi va oxirgi kuchi bilan Misoraning oyoqlarini ham bo‘shatdi.
Misora titroq qo‘llari bilan Taehyungni ushlab turardi. Uning kaftlari qonga belangan, ko‘zlari esa vahima va umid orasida edi..
Jungwon devorga suyangancha kulardi. Qon yelkasidan tomchilab tushayotgan bo‘lsa-da, uning nigohi hanuz sovuq edi.
— Qutilib qola olmaysizlar — dedi u xirillagan ovozda va yana quroli bilan moʻljalga olgancha.
Shu payt uzoqdan sirena ovozi eshitildi.Avvaliga noaniq. Keyin tobora yaqinroq.Ko‘k va qizil chiroqlar deraza oynasida miltillay boshladi.Jungwonning yuzi bir lahzaga o‘zgardi. Zavq o‘rnini g‘azab egalladi.
— Sen… — u Taehyungga tikildi, Taehyung ham bunga monand ravishda sekin jilmaydi.— Laʼnati ! Yaralangan yelkasini qoʻllari bilan qattiq ushlagancha qochishga urinib orqa eshikdan chiqib ketmoqchi boʻlganida
Eshik tashqarisida shovqin ko‘tarildi.
— Politsiya! Qurolni tashlang!
Eshik zarb bilan ochildi.
Qurollangan xodimlar xonaga yopirilib kirishdi.
Jungwon qarshilik ko‘rsatishga urindi. Lekin samarasiz edi. Uy allaqachon qirshovga olinib boʻlingandi.U polga yiqitildi, qo‘llari kishanlandi.
Sirena ovozi hanuz tashqarida yangrardi.
Ko‘k va qizil chiroqlar devorlarda titrab, go‘yo vaqt tugab borayotgandek.
Taehyungning nafasi tobora sayozlashardi. U bu safar yiqildi. Hayollari tarqalib ketgan Misora Taehyungni axvolini koʻrgach yuragida qattiq ogʻriq turgandek boʻldi.
Misora uning yonida tiz cho‘kkancha qo‘llarini ushlab turardi. Uning koʻzlari yumilib borishi uni yanada qoʻrquvga solardi.
— Iltimos qilaman Tae koʻzlaringni yumma. Hozir tez yordam keladi seni qutqarishadi Faqat sen koʻzlaringni yumma men bilan gaplash iltimos … — yigʻlashdan oʻzini zoʻrgʻa tiygancha pichirladi.
Taehyung ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib unga yoshlanib kelayotgan toʻq jigarrang koʻzlarga boqdi. Goʻyoki buning oʻzi unga yetarlidek.
— Misora — dedi u past ovozda. — Meni eshit.
Ogʻriqdan biroz yuzini burushtirgancha davom etdi.
— Men yoningda boʻlamanmi yoki yoʻq sen kuchli boʻlishing kerak! - Qoʻli bilan qizning yuzini sekin silarkan qizning koʻzidagi yoshlar endilikda birin ketin toʻkilayotgandi. - Yigʻlama iltimos. Soʻngi bor seni bunday kirishgani istamayman. Soʻngi bor men uchun jilmaya olasanmi?
Qizning endilikda butun vujudi muzlab borayotgandek sevgilisi bilan soʻngi daqiqalarni oʻtkazayotganligini his qilarkan yuragida chidab boʻlmas darajada qattiq ogʻriyotgandek edi goʻyo. Yigitning Iltimosini bajarish uchun koʻzalaridagi yoshni sekinlik bilan artib ogʻriqli va sezgi bilan toʻla nigohlar bilan jilmaydi.
Nima bo'lganda ham o'z sevgimni topdim,vaqtinchalik bo'lsada baxtdan sarmast bo'lib osmonga qush misoli parvoz qildim.Menimcha shuni o'zi yetadi menga...Men hech bir ishimdan afsuslanmayman. Uni topganimdan, sevganimdan, yoʻqotib yana topganimdan. U bilan tunlarimni boʻlishganimdan.!Seni butun qalbim bilan sevdim. Soʻngi nafasimga qadar...
Agar menga yana imkon berilib bu hayotni qaytadan boshlaganimda ham hech ikkilanmay yana sen bilan birga boʻloshni tanlardim...
Oh bu qanchalar taʼsirli yakun shunday emasmi? Men bu yakuniy qismni yozishdan oldin 2 hafta davomida uning ssenariysini toʻqib chiqdim va umid qilamanki bu sizlarga yoqadi. 1- qismdan to 13- qismgacha har bir satrda oʻz ichki xis tuygʻularim bilan yozdim. Har bir qism siz uchun unutilmas qilish uchun qoʻldan kelgancha harakat qildim va oʻylaymanki buni men qisman boʻlsada sizga his qildira oldim. Fanficini oxirgacha yozmadim soʻngi satrlardagi uch nuqta bu sizning fikringiz. Oʻzingiz hohlagandek yakun qiling.
Fanfic oʻz nihoyasiga yetdi. Eʼtiboringiz uchun raxmat.
Muallif: Nire Ardent
Shameless Fanfics uchun maxsus yozildi.