TRACES OF BLOOD
O‘sha tong yuragim tinchlanmadi. Saroy yo‘laklarida xizmatkorlar qatori yurgan bo‘lsam ham, ongim faqat kechagi uchrashuvni qayta-qayta eslardi."Men seni tanlasam, hech qachon qo‘yib yubormayman."
Shahzoda Jungkookning nigohlari, sovuq jilmayishi va menga tegishli ekanimni aytishi... Bularning bari meni yanada o‘ylantirardi.Yo‘q, men oddiy xizmatkorman. U esa...qirolning o‘g‘li. Bizning yo‘llarimiz kesishmasligi kerak.Biroq yuragim boshqa narsani his qilar, aqlim esa o‘zini oqlashga urinardi.
Kimdir chaqirdi. Tezda ortimga o‘girildim. Bu Hana edi, doimgidek samimiy tabassum bilan yonimga yugurib keldi.
Hana— Bugun juda g‘alatisan, — dedi u ko‘zlarimga qaragancha . — Nima bo‘ldi?
Men boshimni sarak-sarak qildim.
Lekin Hana ishongandek bo‘lmadi. U past ovozda so‘radi:
Hana— Eshitishimcha, shahzoda yangi xizmatkor tanlagan ekan. Shu rostmi?
Ko‘nglim g‘ash bo‘ldi. Saroyda hech qanday sir uzoq yashirin qolmasligini bilardim.
Kaya— Bilmayman, — dedim past ovozda.
Hana— Xo‘p, lekin ehtiyot bo‘l. Saroyda hech kim shahzoda bilan yaqinlashishni istamaydi. U... boshqalardek emas u..shafqatsiz ...mayli Kaya men borishim kerak.
Hana shunday deb yonimdan ketdi. Lekin bu so‘zlar menga tinchlik bermadi.
"Shafqatsiz."Men allaqachon buni bilardim.Yuragimda g‘shlik uyg‘ondi
Kaya so‘nggi paytlarda juda ehtiyotkor bo‘lib qolgan edi. U Jungkookning o‘yinlaridan charchagan, har bir qadamini kuzatib, uni o‘ziga bo‘ysundirishga majburlayotganidan g‘azablanardi.So‘ngi paytlarda uning hayolida bu qasrdandan ketishi kerakligini o‘ylardi.
Bu haqida juda ko'p o‘yladi ko'p rejalar tuzdi.Oxiri bir qarorga keldi. U bu joydan chiqib ketishi kerak. Bugun yoki hech qachon.
Kech tushishi bilan u harakatga tushdi. Saroy xizmatkorlari allaqachon o‘z xonalarida shirin uyqauda, soqchilar esa navbat almashish uchun vaqtincha joylarini bo‘shatayotgan edi. Kaya buni bir necha kun kuzatgan, qochish uchun aynan shu daqiqani kutayotgan edi.
U asta-sekin o‘z xonasidan chiqdi, uzun koridordan yurib, xizmatkorlar uchun mo‘ljallangan yashirin yo‘lakka kirib oldi. Yuragi tez urayotgan bo‘lsa ham, orqaga qaramadi. Agar qo‘rqsa, bu reja barbod bo'lishi mumkin edi.
Qorong‘ulik uni o‘z bag‘riga oldi. Faqat shamollar esib turgan tashqaridagi derazalardan kelayotgan nurgina unga yo‘l ko‘rsatardi. U yana bir necha qadam tashladi va nihoyat tashqariga olib chiqadigan eshikni ochdi. Nafasi ichiga tushib ketdi.Lekin u yolg'iz emasdi "Jungkook."
U eshikka suyanib, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirgancha unga qarab turardi. O‘zi xotirjam ko‘ringan bo‘lsa ham, ko‘zlarida o‘tkir chaqnash bor edi. Qon singari qizil libosi qorong‘ida yanada dahshatli ko‘rinardi. U xotirjamlikni saqlagan holda gapirdi:
Jk— Sen hali ham meni aldash mumkin deb o‘ylaysanmi?
Kaya orqaga bir qadam tashladi, lekin Jungkook darrov uni bilagidan ushladi. Uning kuchi shunchalik katta ediki, qizni joyida qimirlatmay qo‘ydi.
Kaya— Men... men sizga tegishli emas, — dedi Kaya g‘azab bilan, ko‘zlariga qat’iyat bilan tikilib.
Jungkook jilmaydi. — Yo‘q, sen aynan menikisan. Shuning uchun ham hech qayerga ketolmaysan.
U Kayani o‘ziga yaqinroq tortdi. Qiz uning tutqunligidan chiqishga urindi, lekin harakatlari befoyda edi. Jungkook shunchaki o‘zining g‘olib chiqqanidan zavqlanayotgandek edi.
Kaya— Men senga hech qachon bo‘ysunmayman, — dedi Kaya tishlari orasida vishilab.
Jungkook asta qizning sochlarini orqaga qattiq tortdi va pichirladi:
Kaya titrab ketdi, lekin bu qo‘rquv emas edi. Bu nafrat edi. U yana bir bor qo‘llarini tortib ko‘rdi, ammo Jungkook uni mahkam ushlab turgan edi.
Jk— Qani endi, xonangga qaytamiz, — dedi u shoshmasdan.
Kaya— Xoxlamayman! — Kaya butun kuchi bilan unga qarshi chiqdi. U Jungkookning qo‘lidan qutulish uchun tizzasi bilan uning oyog‘iga zarba berdi. Bu to‘satdan bo‘lgani uchun, yigit bir lahza og‘riqdan orqaga tislandi.
Bu fursatdan foydalangan holda, Kaya tezda orqaga yurib, qochishga harakat qildi. U yo‘lak bo‘ylab yugurdi, yuragi qattiq urardi. U ozodlikka juda yaqin edi...
Jk— Qochib qutula olaman, deb o‘ylaysanmi? — Jungkookning ovozi qizning qulog‘iga yetib keldi.
Kayani vahima qamrab oldi. U qadamlarini tezlatdi, biroq to‘satdan oldidan ikki nafar soqchi chiqib qoldi. Ular Kayaga yo‘l bermaslik uchun yo‘lakni to‘sib olishgan edi.
Kaya— Yo‘q...jin ursun — pichirladi Kaya.
Orqasidan qadam tovushlari eshitildi. U ortga o‘girildi va Jungkookning yaqinlashayotganini ko‘rdi. Uning yuzi avvalgidan ham sovuqroq edi. Ko‘zlarida o‘yin ham, hazil ham yo‘q edi.
Jk— Juda yomon urinding, — dedi u, qizga bir qadam tashlab.
Kaya— Men... men senga tegishli emasman, — dedi Kaya yana bir bor, ovozi titrab ketdi.
Jungkook unga yetib kelib, qizning iyagini tutdi va uni ko‘zlariga tik qarashga majbur qildi.Ularning nigohlari bir biriga qadaldi.Jungkook Kayaning labiga yaqinlashdi.Jimlik....
Jk— Agar yana qochishga harakat qilsang, jazoyingni og‘irlashtiraman, — dedi u pichirlab.
Kaya bo‘sh kelmadi. — Sen meni qanchalik ushlab turmoqchi bo‘lsang ham, men seni bo‘ysinmayman!
Jungkook kulimsiradi. Ammo bu oldingidek hazilomuz kulgu emas edi. Bu xavfli va tahdidli kulgi edi.
Jk— Demak, o‘yinni davom ettiramiz, — dedi u, Kayani yana mahkam ushlab. — Ko‘ramiz..Kaya xonim bugungi tunni men bilan o‘tkazgandan so‘ng ham shunday jasoratingiz qolarmikin....
4-qisim tugadi
.
#min_Sohwa #kaela_fanfic
.
.
Garchi umr qisqa bo'lsada,uni qanday yashaganing muhim