TRACES OF BLOOD
Shahzoda Jungkookning lablari menga shunchalik yaqin ediki, hatto nafasini his qildim. Yuragim qafasidan chiqib ketadiganday urardi. Uning nigohlari esa—ular o‘ziga tortuvchi, lekin shu bilan birga qo‘rqinchli edi.
Jk— Endi menga ishonasanmi, Kaya?
Uning ovozi shivirlashdek yumshoq, ammo yuragimni muzlatib yuboradigan darajada sovuq edi.
Men hech narsa deya olmadim. Qaltiragancha unga tikilib qoldim. Ichimdagi qo‘rquv va noaniqlik o‘rtasida, nimagadir, shahzodadan nigohimni olib qocholmasdim.
Shahzoda jilmaydi. Bu sovuq va shafqatsiz jilmayish edi. Keyin birdan orqaga tisarilib, xuddi hech nima bo‘lmagandek yelka qisdi.
Jk— Xo‘sh, hozircha yetarli. Bugun bo‘shsan. Lekin esda tut—ertadan boshlab sen faqat mening xizmatkorimsan.
U sekin orqasiga o‘girildi va bog‘ bo‘ylab yurib ketdi. Men esa hamon qotib turardim.
Bu nima edi? Tahdidmi? O‘yinmi? Yoki... u meni haqiqatan ham o‘ziga tegishli deb hisoblayaptimi?
Tong otayotgan edi. Oqshomdagi havo endi biroz iliqroq tuyuldi, lekin men hamon muzlab turgandek edim.
Jungkoo‘kning so‘nggi gaplari qulog‘imda aks sado berdi:
“Men seni tanlasam, hech qachon qo‘yib yubormayman.”
Men uzoqlasharkanman, nigohim ostida qolayotgan qizning qanday titrayotganini aniq ko‘rdim. Kaya... bu qiz boshqacha. U oddiy xizmatkor emas. Uning ichida qo‘rquv bor, lekin shuning ichida menga qiziq bo‘lgan narsa ham bor—qarshilik.
Ba’zida insonlar qo‘rquvdan bo‘ysunadi. Ba’zilari esa qo‘rquv ichida yanada go‘zallashadi.
Men shoshilmayman. U hali bilmaydi, lekin men allaqachon uni o‘zimniki deb hisoblayman.
Atirgullar tikonlari bilan himoyalanadi, lekin agar ularni to‘g‘ri ushlasang, senga bo‘ysunadi.
Kaya esa mening eng go‘zal atirgulim bo‘ladi.
Qachondir u bunga o‘zi ham ishonadi.
Ertasi kuni ertalab, xuddi kechagi voqea tushdek tuyuldi. Lekin, yo‘q, bu tush emasdi. Bu haqiqat edi.
— Kaya, shahzoda seni chaqiryapti.
Men endi ortga chekina olmayman. Endi men faqat unga xizmat qilishim kerak.
Lekin... men buni xohlaymanmi?
Yuragim yana vahm bilan urishni boshladi.
Men eshik tomon qadam qo‘ydim.
Qayg‘uli tomoni esa, yuragimdagi g‘alati tuyg‘u meni ich-ichimdan bo‘g‘ayotgan edi.
Shahzoda Jungkookning qo‘liga tushgan bo‘lsam, demak, men endi hech qachon ozod bo‘la olmayman.
Va, eng qo‘rqinchlisi, men buni his qilardim.
Men saroy yo‘laklarida sekin yurib borarkanman, yuragim gupillab urardi. Har bir qadamim meni noma’lum va xavfli taqdir sari yetaklayotgandek tuyulardi.
Ikki soqchi menga sovuq nigoh bilan qaradi, keyin ulardan biri eshikni ochdi.
U boy naqshinkor kiyimda, qo‘lida choy piyolasi bilan kursiga bemalol joylashib olgan edi. Meni ko‘rib, u jilmaydi.
Bu yana o‘sha jilmayish edi. Sovuq. Tadqiq qiluvchi. Tahdidli.
Men javob bermadim. Shunchaki egilib salom berdim.
Jk— Sukut saqlash yaxshi odat, lekin men xizmatkorlarimning ovozini eshitishni yoqtiraman.
U joyidan turdi va menga yaqinlashdi. Yuragim bo‘g‘zimga kelib qoldi.
Jk— Ertalabdan boshlab sening yangi vazifalaring bor. Endi sen faqat oddiy xizmatkor emassan.
Jk— Men uchun yashaysan, men uchun nafas olasan, men uchun o‘lasan.
Gaplarini ohangsiz, sokin tarzda aytdi, lekin aynan shu tinchlik uning so‘zlarini yanada qo‘rqinchli qilardi.
Men og‘zimni ochishga harakat qildim, lekin so‘z topa olmadim.
U qo‘limdan tutdi. Uning barmoqlari muzdek edi.
Jk— Senga ozodlik haqida unutishni maslahat beraman, Kaya.
U barmoqlarini labimga olib bordi, so‘ng birdan jilmayib qo‘yib, orqaga chekinib ketdi.
Jk— Bugundan boshlab, sen mening soyam bo‘lasan.
Men butun vujudim bilan qaltirab, unga tikildim.
Shahzoda Jungkookning hibsida.
Va eng yomoni… yuragim tubida bir nimadir titrab o‘tayotgandi. Bu qo‘rquvmi?
Yoki… bundan ham yomonroq tuyg‘umi?
Uning ko‘zlarida qo‘rquv bor edi.
Bu qiz oddiy emas. U meni tushunmayapti. Hali tushunmaydi.
U asta-sekin mendan qocholmasligini anglaydi. Oxir-oqibat, bu uning qismatiga aylanadi.
Men unga cho‘ntagimdan mayda qizil atirgul bargini olib, kaftiga qo‘ydim.
Jk— Atirgul hech qachon o‘zining soyasidan qocholmaydi.
Shahzoda Jungkook kaftimga qo‘ygan qizil atirgul bargiga tikildim. Yuragim tez urar, tanam esa qaltirardi.
"Atirgul hech qachon o‘z soyasidan qocholmaydi."
Uning ovozi hali ham qulog‘imda jaranglardi. Bu tahdiddi. Yoki shunchaki haqiqatmi?
Uning nigohidan qochib qutula olmadim. U menga yaqinlashdi. Juda yaqin.
Men javob bera olmadim. Gapirsam, ovozim titraydi. Lekin unga zaifligimni ko‘rsatmoqchi emasdim.
U boshini egib, lablari deyarli qulog‘imga tegay dedi. Nafasi bo‘ynimga tegdi.
Jk— Men senga ozodlik berishim mumkin.
Birdan ko‘zim katta ochildi. Bu nimani anglatadi?
U barmoqlari bilan yengil iyagimni ko‘tarib, ko‘zlarimga tikildi.
Ichimda g‘alati his paydo bo‘ldi. Bu yirtqichning ko‘zlari yolg‘on gapirmaydi.
U jilmaydi. Yana o‘sha sovuq, shafqatsiz jilmayish.
Jk— Menga qarshi chiq. Meni o‘zingga bo‘ysundir. Shunda men seni ozod qilaman.
Shahzoda Jungkook asta sekin ortga chekinib, barmoqlarini lablariga olib bordi.
Jk— Lekin shuni yodda tut... agar muvaffaqiyatsiz bo‘lsang, men seni butunlay sindiraman.
U xonani tark etdi. Eshik sharaqlab yopildi.
Lekin yuragim tubida bir narsa aniq edi:
Men Jungkookning qo‘lida hech qachon ozod bo‘lolmayman.
Shuning uchun... men bu shartni qabul qilishim kerak.
Xonamga qaytar ekanman, lablarimda yana jilmayish paydo bo‘ldi.
Qanchalar zaif, lekin ayni paytda qanchalar kuchlisan.
U hali tushunmaydi. U hali o‘zini tanimaydi. Lekin men bilaman.
Va men shu kurashni intiqlik bilan kutyapman.
Atirgullar tikonlari bilan himoyalanadi, lekin to‘g‘ri ushlasang, ular bo‘ysunadi.
Qizil atirgulim... sen qachon bo‘ysunasan?
O‘sha tun uxlay olmadim. Jungkookning gaplari xayolimdan ketmasdi.
"Meni bo‘ysundir. Shunda men seni ozod qilaman."
Bu qanday o‘yin? Shahzoda shunchaki meni masxara qilmoqchimi?
Ertalab derazadan tushayotgan quyosh nurlari yuzimga tegdi. Yotgan joyimda shiftga tikilib, harakat qilishga kuch topolmay yotardim.
Oyoq tovushlari sekin menga yaqinlashdi. Yuragim tez urdi. Kim bu?
Birov qo‘limdan ushladi. Barmoqlari muzdek edi.
Jk— Tonging hayrli bo‘lsin, Kaya.
Ko‘zim katta ochildi. Jungkook! U qachon va qanday qilib xonamga kirdi?
Men beixtiyor orqaga tisarildim. U esa menga yaqinlashdi.
U yostiq yoniga o‘tirdi. Men esa qotib qoldim.
Jk— Kecha senga bir taklif qilgandim. Hali ham javobing yo‘q.
Men og‘zimni ochishga harakat qildim, lekin tilim gapga kelmasdi.
Jungkook birdan qo‘limni mahkam tutdi. Juda mahkam.
Jk— Bilasanmi, men kutishni yoqtirmayman.
U meni tortib, yuzma-yuz qildi. Yuragim urishdan to‘xtab qolay dedi. U shunchalik yaqin ediki, hatto yurak urishimni ham eshitayotgan bo‘lsa kerak.
Jk— Sen mendan qocholmasligingni bilasan, shundaymi?
Men nigohimni olib qochdim. U esa barmoqlari bilan iyagimni ushlab, yuzimni o‘ziga qaratdi.
Jk— Yana qochma. Bu bekor harakat.
U ko‘zlarimga chuqur tikildi. Ko‘zlarim tubidagi qo‘rquvni ko‘rayotgan edi u.
Jk— Bu atirgul senga o‘xshaydi.
U qo‘limga yana qizil atirgul bargini qo‘ydi.
Jk— Go‘zal, nozik, lekin himoyalanish uchun tikonlari bor.
U birdan lablarini qulog‘imga yaqin olib keldi. Nafasi bo‘ynimga urildi.
Men ko‘zlarimni yumdim. Yana bir qadam.
Jk— Atirgul qanchalik tikonli bo‘lmasin, men uni baribir uzaman.
Qo‘llari belimni ushladi. Shahzoda meni o‘ziga tortdi.
Yuragim qafasidan chiqib ketgudek urardi. Nafasim bo‘g‘ildi.
U esa jilmayib qo‘ydi. Shafqatsiz, ammo maftunkor jilmayish.
Jk— Sen allaqachon menga tegishlisan, Kaya.
Kaya hali tushunmaydi. Lekin u meniki.
Men uni shunday sindiraman, u oxir-oqibat faqat meni xohlaydi.
Va qachondir, u bunga o‘zi ham ishonadi...
.
.
3-qisim tugadi
.
#min_Sohwa #kaela_fanfic
.
.
.