January 6

Mr & Mrs Jeon

4-qism
Yn endigina yuvinish uchun kirib ketmoqchi bo'lganda honani eshigi taqilladi
Yn: kiring

Eshik ochildi va honaga hizmatkor kirib keldi.
H: Mrs Jeon,Mr Jeon sizni ko'rishni istayaptilar
Yn: yaxshi men hozir chiqaman va bir iltimosim
H: Nima iltimos Mrs Jeon?
Yn: Iltimos meni unday chaqirmang
H: Mr Jeon uydagi hamma ishchilarga sizni shunday chaqirishni tayinlaganlar va biz Mr Jeon aytgan hech qaysi qoidani buzolmaymiz.
Yn hechnima demadi va hizmatkor honadan chiqib ketdi.

Yn "U nega meni ko'rishni istab qoldi? Qiziq deganicha" honadan chiqdi va Jungkook kirib ketgan honani eshigini taqqilatdi.Ichkaridan kiring degan ovoz eshitildi va Yn ichkariga kirdi.Jungkook oq ko'ftada va oldi ikki tugmasi ochilgan holatda turardi.

Yn: Meni chaqirganmidingiz?
Jk: ha,nikoh uzugingni menga ber
Yn: nima?
Jk: Bir gapga chunmaysanmi nima? Uzugingni ber dedim
Yn: ammo meni nikoh uzugimni nima qilasiz?
Jk: bu uzukni faqat meni va seni ota onangni oldilarida taqasan,boshqa payt taqmaysan,men hechkim sendek qizni meni hotinim ekanligingni bilishini istamayman

Yn ni ko'ziga yosh keldi va Jungkookga uzukni yechib berdi.Jk uzukni oldi va Ynga honadan chiqib ketishini aytdi.Yn bir soniyam ham o'ylab o'tirmasdan honadan chiqib ketdi.Yn honasiga kirib eshikni yopdi va yig'lashni boshladi.

Yn pov
Haqorat qilish deb haqorat qilaveradimi? Axmoq.Birinchi kundanoq shu axvol.Men bir yil qanday chidayman? *Yig'lab gapirardi*.Ertani kut Jungkook men senga haqiqiy o'zligimni ko'rsataman.Hali bu ishlaring uchun afsuslanasan

Yn shunday deya uxlab qoldi.

Erta tong
Yn o'rnidan turdi.Soat hali ertalabki 6 edi.Yn jilmayib qo'ydi va tuzgan rejasi bo'yicha ketish uchun tayorlandi.Yn shunchaki oddiy pushti ko'ylak kiydi va sumkasini olib uydan chiqib ketdi

Yn ning ko'ylagi

Bu paytda Jungkook ishga ketish uchun tayorlanayotgan edi.Jungkook oynadan Yn ning uydan chiqib ketayotganini ko'rib hayron qoldi.Yn taksi to'xtatdi va o'tirib ketdi.

Jk pov
Erta tongdan bu qiz qayerga ketyapti? Balki u kechagi bo'lib o'tgan voqealar sababli ketib qolgandir.Men kecha juda jaxlim chiqqan edi va unga qattiq gapirib yubordim.

Jungkook telefonini olib eng yaqin ichisiga qo'ng'iroq qildi.
Jk: Yn hozirgina taksiga o'tirib ketdi.Uni yashirincha kuzat va nima qilayotganini hammasini menga yetkaz
X: Hop bo'ladi janob
Jungkook go'shakni qo'ydi va o'zi ham ishga ketdi.Yn taksida ketarkan dugonasi Yejinga qo'ng'iroq qildi va o'sha atrofdagi kafeda ko'rishishini aytdi.Yn uni orqasidan Jungkookning ishchisi kuzatib kelayotganini bilardi.Yn kafega yetib keldi va Yejinni ko'rdi.

Kafe

Yejin Ynni kelib qattiq quchoqladi va ular o'sha yerdagi ikki kishilik stol atrofiga o'tirishdi.
Yejin: Meni to'yinga ham taklif qilmading
Yn: Yejin men bu to'yni deb hali ham o'zimga kelolmay yuribmanu sen nimalar deyapsan?
Yejin: mayli eng asosiysi seni yana ko'rib turibman, bilasanku bir xillar xotinini to'ydan keyin hechqayerga chiqarmaydi
Yn:men uydan chiqib ketkanimni u bilmaydi
Yejin: ha to'xta nima? Unda qanday kelding
Yn: Men undan ertaroq turib taksida yetib keldim
Yejin: Yn sen aqldan ozganmisan? U mafia va sen unga yoqmaydigan nimadur qilib qo'ysang senga ko'ngliga kelgan narsasini qilishi mumkin
Yn:Men undan qo'rqmayman va u menga hechnarsa qilolmaydi

Kafe tashqarisida Jungkookning ishchisi Ynni Yejin bilan gaplashib o'tirganini sezdirmay rasmga oldi va Jungkookga jo'natdi.Jungkook rasmni ko'rdi va o'ziga o'zi kulib qo'ydi.Yn dugonasi bn gaplashib bo'lib yana taksiga o'tirdi va qayergadir ketti.Buni hammasini Jungkookning ishchisi unga yetkazib turardi.Jungkookning ishchisi Ynni qaytib uyga ketti deb o'ylab Jungkookga Yn ni uyga ketdi deb habar berdi.Jungkook buni ko'rib hechnarsa demadi va ishchisiga ortiga ya'ni ofisga qaytishini buyurdi.
Yn pov
Jungkook meni bilmaydi deb o'yladi va meni orqamdan odam jo'natdi,bu kulgili emasmi?Men uni huddi shunday qilishini bilib turib o'zimni shunchaki dugonamni oldiga kelgandek ko'rsatdim.Jeon Jungkook men sen o'ylaganingdan ko'ra ancha aqlliroqman.Mana bugun men senga nimalarga qodirligimni ko'rsataman.Aytgan har bir so'zlaring uchun afsuslanasan.

Yn mashinadan tushdi va o'sha yerda turgan bir odamning oldiga bordi.U odam Koreyadagi eng mashhur yangiliklar ko'rsatuvining ishchisi edi.

X: Honim siz qandaydir yangilik haqida habar bermoqchimisiz?
Yn: Jeon Jungkook
Bu ismni eshitishi bn u odamning rangi oqarib ketdi.Yn buni ko'rib yanada hursand bo'ldi.
X: Honim u odam juda havfli,u haqida biror nima bilasizmi?
Yn: ha,u uylangani haqida bilarmidingiz?
X: to'xtang nima? U uylanganmi? Qanday qilib? Qachon? Siz bu haqida qanday qilib bilasiz? Bu habarlar fake emas tog'rimi? Kelin kimligini bilasizmi?
Yn: hoy sekinroq,bularning hammasiga javob beraman faqat bir shart bilan
X: buning evasiga nima istaysiz honim?
Yn: Bu xabarni hoziroq shoshilinch yangiliklar ko'rsatuvida xabar qilasizlar.Buni hamma ko'rishi kerak
X: albatta honim,lekin biz bu yangiliklarni keyinroq e'lon qilamiz
Yn: yo'q bu yangiliklarni hoziroq shoshilinch yangiliklar ko'rsatuvida e'lon qilasizlar
X:ammo honi-
Yn ishchiga pul to'la qog'ozni berdi va ishchi bunga rozi bo'ldi.
Yn: xo'sh ,ha aytganimdek u uylangan,va bu to'y kecha bo'lib o'tgan,u buni mahfiy tarzda o'tkazgan,shuning uchun buni hechkim bilmaydi.men aytayotgan habarlarning hech qaysisi fake emas va kelin.......... menman.
X: siz Jeon Jungkookning hotinimisiz?
Yn: ha menman
X: ammo men siz u ekanligingizga qanday qilib ishonaman,biror bir isbotingiz bormi?
Yn cho'ntagidan telefonini oldi va to'yda olingan u va Jungkookning rasmini ko'rsatdi
O'sha odam tezda kamerasini oldi va ynni suratga olmoqchi edi yn uni tezda to'xtatdi.
Yn: hoy bu nima qilganingiz?
X: bizga sizning rasimingiz kerak
Yn: meni suratimni ham,rasmimni ham men haqimdagi ma'lumotni ham bularga aralashtirmaysiz.Eng asosiysi buni mendan eshitganingizni hattoki hamkasblaringizga ham aytmaysiz,agar menligimni kimdir bilsa tirik qolmaysiz,chundingiz deb o'ylayman.

Yn tezda uyerdan ketdi.U odam hali ham shokda edi.Koreyada Jungkook ning hayoti koreyaliklar uchun hattoki uyerdagi idollardan ham qiziqroq edi va shuning uchun Jungkook haqidagi eng kichik yangilik ham juda tez tarqalib ketardi.Yn bularning hammasini bilardi va bu imkoniyatni qo'ldan boy bermay undan qasos sifatida foydalanishga qaror qilgandi.

4-qism tugadi,ff yoqvotti digan umiddaman🙂