𝐎𝐆'𝐔
𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.
𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵
Bahorning soʻnggi oyi Seoulni muzdek yomgʻir havosi qamrab olgan. Koʻchalarda chiroqlar yaltirab insonlar yoʻlini yoritishga harakat qiladi. Shunday muhitda soyabon ostida shubhali qiyofalar sekin qadam tashlaydi, goʻyo ularning barisi ichida bir sir bilan yashayotgandek.
Gavjum yo‘lakdan o‘tgan qiz qo‘lidagi qora soyabonini yig‘ib kichik kafega kirdi. Ko‘zlari bilan uni bu yerga chaqirgan odamni Jiminni izlay boshladi. Yuragi esa hozir nimalar bo‘lishini bilmasdan tez urardi.
Jimin oʻtirgan joyidan oʻrnidan turdi va qiz bilan nigohlarini bir muddatda toʻqnashdi. Miran uni koʻrganidan keyin sekin kichkina qadamlar bilan unga yaqinlasha boshladi. Jimin esa uni kelishini kuzatib turardi. U har safar qizni koʻzlariga qaraganida ularda sezadigan ishonch va qatʼiyatni bugun yana bir martta his qildi. Otasini soʻnggi orzusini deb kuyib pishayotgani bu qizni hurmat qilmaslikni iloji yoʻq edi. Ayniqsa uni qarshisida Khandek raqib turgan boʻlsa.
Kafe ichida odamlar kam, shunga qaramay u yerdagi muhit iliq edi. Qahva va yomg‘irda namlangan kiyimlarning ifori aralashib oʻzgacha takrorlanmas bir muhit yaratgandi.
Jimin Miranga savol berish barobarida u tomonda turgan stolni qiz uchun tortib oʻtirishiga ishora qildi Miran ehtiyotkorlik bilan o‘tirdi ko‘zlari behostan Jiminni oldida turgan chamadonga tushdi.
Jimin uni stol ustiga qo‘ydi va Miran tomon surdi.
Jimin qisqa qilib javob berdi.
— Seni orzuing. Bu pul bilan binoni qayta tamirla. Restoran och otangning xohishini amalga oshir.
Miran uni qoʻliga olganda ular bilinar bilinmas titrardi. Ko‘zlari hayrat bilan Jiminga qaradi bir muddat jim qolib uning niyatini tushunishga urindi.
— Nega bunday qilyapsan? Senga nima kerak? Yordam berishingni biror sababi bormi?
— Hech nima shunchaki charchadim. Khanning rejalari hamma narsani nazorat qilishga urinishlari... Seni kurashing esa menga nimanidir eslatdi.
Miranning ko‘zlari yoshlandi lekin u buni yashirishga urindi. Jiminga minnatdorlik bilan qaradi lekin nima deyishni bolmadi. Kafeda bir lahzalik sukunat cho‘kdi faqat yomg‘irning oynaga urilgan ovozi eshitilardi.
— Bir haftadan so‘ng kechqurun o‘sha binoda uchrashamiz. Hammasini yana bafurja gaplashamiz. Binoni nafaqat sotib olish balki uning ichini ham sen bilan kashf qilamiz. Lekin hozircha Khandan ehtiyot boʻl
Miran bosh irg‘adi lekin ichida tashvish kuchaydi. U bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emas. Khan ismi uni ongida doimiy xavf sifatida yangrab turadi.
— Rahmat bir haftadan keyin uchrashamiz.
Jimin faqat bosh irg‘ab uni ko‘zlari bilan kuzatdi. Miran kafedan chiqib yomg‘irli ko‘chaga qaytdi. Soyabonini ochganda uning yuragi tez urardi bu pul otasining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun yetarli. Lekin Jimin aytganidek bu orada muammolarni ham koʻpaytirishi mumkin.
Kechqurun Miran bilan kelishilgan vaqtga Jimin binoning oldiga yetib kelgan va uni kelishini kutib tu turardi. Bu bino shahar markazidagi boʻlsa ham tashqi tomondan biroz abgor holatda edi. Jiminning sabri tobora toʻlib borardi qoʻl soatiga qaradi soat millari toʻxtovsiz harakatlanar vaqt esa doimgidan ham tez harakatlanar, lekin Jimin uchun toʻxtab qolgandek tuyulardi.
Allaqachon vaqt 22:00 boʻlgan demak Jimin bu yerda 2 soatdan beri Miran kelishini kutayotgandi.
Lekin Miran kelmadi. Jimin kutdi lekin vaqt o‘tgan sari uni ham tashvishi ortib borardi. Miranning qatiyatini esladi unga nimadir bo‘lgan bo‘lsa kerak deb oʻylab xavotir ham ola boshladi
Soat 11ga yaqinlashganda telefoni jiringladi. Jimin darhol telefonini qoʻliga oldiMirandan biror xabar keldi deb oʻylagandi lekin afsus.Bu Bora edi Jimin telefoniga javob berdi.Bora shoshilinch ovozda gapira boshladi
— Otam uylanmoqchi ekan bugun kechqurun aytdi, bu aqlimga sig‘maydi.
Bora baland ovozda gapirar Jiimin esa turgan joyida qotib qoldi
—Otam? Otam uylanmoqchi? Bu nima edi? Shu yoshida nega toʻsatdan.. Uxx kimga uylanayotgan ekan uni taniymizmi?
— Bilmayman aniq aytmadi faqat xursand edi judayam, bu g‘alati tuyuldi menga sen hozir qayerdasan.
— Men hozir boraman
Jimin telefonini o‘chirdi.
U binoning qorong‘u derazalariga qaradi. Miranni shuncha kutdi kelmadi. Bora esa otasini uylanishi haqida gapirdi.
Bu ikki voqea o‘rtasida aloqa bormi? Jimin buni bilmasdi lekin ichida g‘azab kuchayib borardi. Jimin Minseokning uyiga shoshdi.
Eshikdan tez harakatlar bilan kirib kelar ekan. Uning nigohlari oʻqilmas edi. Zalda tik oyoqda turgan Boraga koʻzi tushdi soʻng uni qarshisida oʻtirib qoʻlidagi qadahda hech narsa boʻlmagandek sovuqqonlik bilan viski ichayotgan otasini koʻrdi.
— Bu nimasi? Jimin qanday qilib ovozini baland latin yuborganini oʻzi ham sezmay qoldi.
—Nega kelmasingdan baqir chaqir qilayapsan
—Men hozir eshitganlarini bular rostmi?
—Sen nimani eshitganingni aytmasang men buni qayerdan bilaman
—Dada.. Nima siz rostdan ham uylanmoqchimisiz?
Minseok nigohlarini Jimindan olib Boraga qaratdi lekin qiz u yerda hech narsa demay sukut afzal koʻrib jim turardi.
—Nima shunday boʻlsa nima qilibdi? Nega toʻsatdan uylandingiz kelib qoldi?
—Endi bir kami senga hisob berishim qolgandi. Nimani istasam qilaman. Sizlar meni farzandlarimsiz mendan hisob soʻraydigan hech qanday ish qilib qoʻymagansizlar. Men sizlarni ishingizga burnimni suqmayabman bilganingiz ha yashayapsiz, endi men ham shunday qilaman.
Bora oʻsha yerda turib otasini gaplarini tingladi. Chindan ham u uylanaman desa nega u bu haqida oʻylab qaygʻurishi kerak.
—Xoʻsh oʻgay onamiz kim ekan, hech yoʻq tanishtirmaysizmi bizni.
— Vaqti kelganda tanishasizlar. Alllaqachon uni tanisangiz kerak
—Uni taniymizmi? Oouv onajonimiz bizga tanish kim ekan, yaqinda eridan beva qolgan qoʻshnimiz Mina xonimmi?
—Men sizni bu yoshingizda sizga faqat u turmushga chiqishiga rozi boʻladi ishongandim.
—Rostdanmi? Uni qaraya.. Lekin senga bir gap aytsam qizalogʻim men uylanayotgan qiz sendan ham kichkina.
Minseokning gaplari ularga kutilmagan zarba boʻldi. Boradan ham kichkina qiz bu yana nimasi? Jimin hayron qolib yana gapirishni boshladi
— Bu yana nimasi?! Bu uyda aqli bor odam yolgʻiz men qoldimmi nima? Boylik merosni deb koʻzlari koʻr boʻlib qolgan singlim oʻz otasi tengi insonga turmushga chiqmoqchi. Qarib belida quvvati qolmagan otam esa yosh qizchaga uylanayotgan emish
Jimin xuddi kattakon puzzle ichida uni boʻlaklarini yigʻishga harakat qilar, qiyin vaziyatni anglolmay turarkan. Bora esa sovuqqonlik bilan otasiga javob qaytardi
—Xoʻsh demak oʻsha qizcha mendan kichkina ekan, demak nima uchun rozi boʻlgani kundek ravshan.
— Pul uchun demoqchimisan? Yoʻq men uni oʻzim rozi qildim. U marhum doʻstimni qizi edi unga yordam qilishni xohladim
Shu soʻzlarni eshitgandan keyin Jimin bora toʻla butunlay shok holatiga tushib qoldi. Nahotki ular boyadan Miran sabab tortisha yotgan boʻlsa? Yoʻq bu boʻlishi mumkin emas, Miran qatʼiyatli qiz nega bunday taklifga rozi boʻladi. Yoki uni otasi Jiminni aldayaptimi?
— Siz Miran haqida gapiryapsizmi?
—Ha aynan oʻzi. U bilan otasini vafotidan soʻng bir ikki martta toʻqnash kelgandik. Keyin unga yordam kerak deb oʻylab qoldim va unga turmush qurish taklifini berdim.
—Nima turmush qurish taklifi? Ota siz oʻzi nima qilayotganingizni tushunyapsizmi? Yosh qizchani majburlashga uyalmaysizmi? U hali shunchaki..
—Men uni majburladim deb kim aytdi senga, uni oʻzi taklifimga rozi boʻldi.
Jiminni toʻsatdan hayqirishidan ham Minseok ham Bora biroz hayiqdilar. Shundan keyin Bora Jiminni nigohlarini sinchkovlik bilan kuzata boshladi. Uning bu qadar yuragi bilan berilib gapirishi, Miran haqida gap ketayotganda koʻzlarini yonib ketishi bu Borani eʼtiborini chetda qoldirmadi.
—Miran hech qachon bunday qilmagan boʻlardi. Siz uni majbur qilgansiz.
—Majburlash? Miran aqilli qiz unga va oilasiga foyda keltiradigan ishni bajarishga rozi boʻla oladi.
— Siz bu yerda Miran uchun hech qanday manfaatni koʻzlamayapsiz. Nima undan foydalanmoqchi misol? Doʻstimni qizi deysiz lekin doʻstingizni ruhini chirqiratadigan ishlar qilayapsiz.
Uni qiziga uylanmoqchimisiz? sabab nima emish unga yordam qilarmushlar
Soat tungi birga yaqinlashar ekan kasalxona hali ham gavjum edi. Hozirgina muvaffaqiyatli operatsiyani yakunlagan doktor yana bir inson hayotini saqlab qolganliklari bilan hammani tabrikladi.
Hamshiralar bemorni reanimatsiya bo‘limiga olib ketayotganda Suga qo‘llaridagi qo‘lqoplarni sekin yechib operatsiya xonasini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. So‘ng qo‘llarida qolgan qon dog‘larini yuvib xonani tark etdi.
Bu dog‘lar boshqalar uchun biroz jirkanch tuyulishi mumkin bo‘lsada uni oʻzi uchun muvaffaqiyatning bir parchasiga aylanib ulgurgan edi.Tashqariga yaxshi kayfiyatda chiqayotganida to‘satdan kasalxonada yangragan notinch ovozlar uning e’tiborini tortdi. Oyoqlari beixtiyor o‘sha tomonga yo‘naldi.
Tez yordam bo‘limidagi shovqin shu qadar baland ediki bu holat taxminan ikki oy avval vafot etgan ikki jarrohning o‘limi paytidagi vaziyatni eslatardi.Suga hayron bo‘lib eshik oldiga yaqinlashdi. Uni ko‘rgan boshqa shifokorlar darhol jim bo‘lib yo‘l berishdi. Ichkariga kirganida u yerda jon taslim qilgan bir nechta bemorni ko‘rdi.
Hech kim bu fojianing sababini bilmas faqat bir hamshira burchakda titrab o‘tirardi.
— Bu yerda nima bo‘lyapti? Suga qattiq ovoz bilan soʻradi
— Janob biz bemorlarni yo‘qotdik
— Nima? Aqldan ozganmisizlar? Suga hayratdan deyarli baqirib yubordi.
Javob o‘rniga sukunat cho‘kdi. Suga darhol bemorlarga yaqinlashib ularning pulslarini tekshirdi. Chindan ham hech birining yuragi urmasdi. Bu qanday bo‘lishi mumkin? Axir bu bemorlar deyarli sog‘ayib ketgan edi. Klinik o‘lim belgilari ham sezilmagan. Vaziyatni anglagan Suga darhol kasalxona prezidenti janob Minseokga qo‘ng‘iroq qildi.
O‘sha paytda Minseok uyida qizi va o‘g‘liga uylanishi haqidagi xabarini aytib ular bilan birgalikda hali ham muzokara olib borayotgan edi.
To‘satdan jiringlagan telefon ularni hammasini jim turishga majbur qildi. Ekranda Suganing ismini ko‘rgan Minseok darhol javob berdi.
— Janob bizda katta muammo bor. Qurilish binosida gazdan zaharlanib olib kelingan bemorlar... ular vafot etishdi.
— Nima? Bemorlar deysanmi? Qanchasi?
— Hammasi. 10 ta bemor olib kelingan edi. Oʻzim ham hozir operatsiyadan chiqdim chiqsam shunday xabar eshitib turibman. O‘lim sababi hali aniqlanmadi lekin avval sizga xabar berishni afzal topdim.
—Jin ursin* Yaxshi men hozir boaman. O‘sha yerda qol hammani yig‘ib tur. Hech kim hech qayoqqa ketmasin!
Minseok qat’iy buyruq berib soʻng telefonni qo‘ydi.
Suga chuqur nafas oldi va atrofga qaradi. Kasalxonada g‘ayritabiiy sukunat hukm surardi lekin bu tinchlik faqatgina kelayotgan katta bo‘ron oldidagi sokinlik edi.
Seoul kasalxonasining tez yordam bo‘limi sukunatga cho‘mgan faqat uzoqdan monitorlarning signal ovozlari eshitilardi. Suga bo‘limning bir burchagida turib yonida titrab turgan hamshira bilan yolg‘iz qolgandi.
U Minseokning kelishini kutar lekin ichidan g‘azabo qaynatdi. 10 ta bemor sog‘ayib ketayotgan 10 bemor birdaniga jon taslim qilgan. Bu tasodif boʻlishi mumkin emas edi. Suga Khanning fondidagi vaktsina loyihasi haqida eshitgan Taehyung uni bu haqida ogohlantirgan.
Kasalxonada sodir bo‘lgan bu fojia o‘sha sir bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinmi? U hamshiraga qaradi uning qo‘rquvdan rangi oqargan yuzini ko‘rdi va gap boshladi.
— Qani endi hammasini ayting bu yerda nimalar bo‘ldi. 10 ta bemor sog‘ayib ketayotgan bemorlar qanday qilib birdaniga hammasi o‘ladi?
Hamshira boshini ko‘tarmadi ovozi titrab javob qaytardi
— Men bilmayman janob hammasi juda tez bo‘ldi ular birdan yomonlashdi.
Suga bir qadam yaqinlashdi
— Bilmayman deysizmi siz bu boʻlgansiz nima qildingiz ularga nima berdingiz dori, ukol, hammasini ayting.
Hamshira yuzini qo‘llari bilan yopdi yig‘lamsirab gapirdi.
— Men faqat buyruqlarni bajardim ukol qildim xolos hamma narsa odatdagidek edi.
— Odatiy ukol o‘n kishini o‘ldirmaydi nima ukol qildingiz dozani tekshirdingizmi protokolni ko‘rsating.
— Men xato qilgan bo‘lishim mumkin lekin qasam ichaman qasddan emas edi Minho.. u u dori dozasini ko‘p qilib yuborgan bo‘lishim mumkin tekshirishga ulgurmadim vaqt yo‘q edi
Suga hayratdan jim qoldi, so‘ng g‘azab bilan o‘kirib yubordi.
— Minho dozani tekshirmadi? Qanaqa xato bu 10 kishi, 10 ta hayot, buni qanday tushuntirasiz.
Hamshira yerga cho‘kkalab yolvorgancha gapirdi.
— Iltimos janob Suga tungi smenada hammasi og‘ir edi, bemorlar ko‘p hammasi chalkashib ketdi men faqat yordam bermoqchi edim.
— Yordam bermoqchi edingizmi? endi nima qilamiz 10 ta oilaga nima deymiz tasavvur qilyapsizmi? Hozir hammasini aytasiz protokol doza hamma narsa Minseok kelguncha bu yerni tark etmaysiz.
— Yaxshi aytaman faqat meni kechiring
Suga orqasiga o‘girilib derazaga qaradi. Kasalxona koridoridagi sovuq yorug‘lik uning yuziga soya solib turardi. U Taehyungning so‘zlarini eslab vaktsina loyihasi haqida o‘yladi.
Taehyung Khanning noqonuniy sinovlari yashirin laboratoriyasi haqida Sugani ham ogohlantirgandi. Bu o‘limlar tasodif boʻlishi mumkin emas lekin ularni qoʻlida buni isbotlovchi dalil ham yo‘q edi.
Suga Minseokni kutardi chunki u kasalxona hujjatlarini tekshirishga, hamda uni Khan haqidagi fikrlarini rost yoki yolgʻon ekanini aniqlashga yordam berishi mumkin edi. U hamshiraga qayta murojat qildi lekin bu safar ovozida gʻazab sezilmas uni oʻrnini sovuqqonlik egallagandi.
— Minho haqida aniq nima bilasiz? Unga dozani tekshirishni kim buyurgan hujjatlarni olib keling
Hamshira titrab hujjatlar papkasini oldi lekin qoʻrquvdan qo‘llari shu qadar titrardiki bir nechta qog‘ozni yerga tushirib yubordi. Bu xato oddiy xato emas Khanning rejasi bo‘lishi mumkinligi Suyganing hayoliga kelayotgan yagona narsa edi. Bu hamshira esa hali sinov muddatini oʻtayotgan unchalik ham malakali mutaxassis emasdi. Xuddi bularni bari oldindan reja qilinganidek hammasi oʻta aniqlik bilan bajarilgan, lekin ortidan hech qanday iz qolmaydigan qilib tozalangan rejaning bir qismi edi.
4-qism tugadi...
To be continued...
Muallif : Eunji
Kanal : @bangtan_ff_shop
Diamond biroz aktiv boʻling. Fanfic haqida bir ogʻiz fikr bildirib ketish qiyin emas menimcha. Har qanday fikr talab va takliflar boʻlsa ham inobatga olishga harakat qilaman.