May 6, 2025

𝐎𝐆'𝐔

𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.

𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵

Ep-2

Sohyunning dafn marosimi endigina oʻz nihoyasiga yetgan cherkov ham toʻlaqonli sukunatga burkangandi.Faqat bu yerdagi ikki inson Taehyung va Janob Khanning suhbatlari bundan mustasno.Jimin bir muddat bobosini kutib oʻsha yerda turdi soʻng borgan sari asabiylasha boshlaganini sezib u yerdan uzoqlashdi.

Tashqariga chiqar ekan salqin shabada yuziga kelib yengil urildi. Koʻkragidan togʻ agʻdarilgan odamdek yengil nafas oldi. Vanihoyatt Taehyungning sovuq nigohlari hamda bobosining "muhim fond" masalasidan uzoqlashgan edi. U hech narsadan qochmadi shunchaki hozir faqat biroz tinchlikni istardi.

Qotillik haqida oʻylar ekan hayoli turli xil yomon ssenariylar bilan yugurdi. Minhyuk yoki Sohyunni oʻrnida oʻz otasi ham boʻlishi mumkin edi. Nega ikkalasi baravariga jon berishgani uni hayratda qoldirib bu ish suiqasd ekaniga oʻzini allaqachon ishontira boshlagandi.

Lekin bir narsani hech ham hayoliga sigʻdira olmayapti, bobosi cherkovda dafn marosimida turib olib qandaydir aksiyalarni deb kuyib pishayotgani, u ham yetmagandek kecha otasidan ayrilgan insonning bu qadar sovuqqonligini saqlab turishi Jimin bulaeni hazm qilolmasdi. Bu yerda tirik jon sogʻlom boʻlgan odamlar toʻsatdan vafot etayapti lekin qolganlarni ketganlar bilan nima ishi bor degandek odamlar oʻz bilganini qilishyapti

Jimin hayollar ogʻushiga berilib turar ekan telefonini jiringlashi uni hayollarini tarqatib yubordi. Uni qoʻliga olib qaradi, koʻzlariga ishonishni istamasdi, tezda qoʻngʻiroqqa javob berdi uning ovozi xotirjamligini saqlab qolgan boʻlsada undagi hayratni sezish mumkin edi

-Bora?!

-Jimin... salom, Bora past ovozda gapirdi.
Men bilan hamma aloqalarni butunlay uzib yuborgan odamga oʻxshaysan

-Nega bunday deyapsan

-Men kasalxonada boʻlayotgan hodisalarni yangiliklardan koʻrayapman

-Ha qoʻngʻiroq qilishingni sababi shumidi?

-Menga bu haqida tushuntirasanmi?

-Aynan nimani boʻlmoqchisan?

-Bu suiqasdmidi?

-Hali ishonchim komil emas, lekin men ham buni suiqasd deb oʻyladim

-Vafot etgan shifokorlar...

-Ular fond aʼzolari boʻlgan ikkisi ham

-Koreyaga qaytishim kerak

-Seningcha hozir buni vahtimi?

-Nima qilay boʻlmasa?

-Seni oʻzlari chaqirishadi ungacha bu ishlarga aralashmay turganing maʼqul aks holda yana oʻtgan safargidek toʻgʻri yoʻlda boʻlsang ham barbir seni aybdor qilishadi

-Jimin men bu safar...

-Agar bu safar ham bu ishda bobomning qoʻli boʻlsachi?

-Unday boʻlmaydi

-Bora sen qayerdan bilasan?

-Xoʻsh agar shunday boʻlsa nima qilibdi?

-Sen shunda ham bobomni tarafini olyapsanmi?

-Sen bilan shunchaki nima ishlar boʻlganini gaplashmoqchi edim, nega menga bunday muomala qilasan?! Yaxshi agar gaplashishni istamasang seni bezovta qilmayman...

-Boraaa men...

Jimin gaplarini tugatmasidan telefonning narigi tomonidan oʻchganini bildiruvchi signal yangradi.

-Jin ursin* men nima dedim axir

~Timeskip~
1oydan soʻng

Seoul Janob Khanning tugʻilgan kuniga atalgan bazm.Janob Khanning uyida mehmonlar uchun ajratilgan xona.U yer koʻzni qamashtiruvchi qandillar oq atirgullar bilan bezatilgan.

Mehmonlar Koreyaning eng ziyoli odamlari, siyosatchilar va Khanning hamkorlari edi.Ularning bari hashamatli liboslarda, hamma samimiy koʻrinib suhbat qurishar lekin muhitda g‘alati bir keskinlik sezilardi.Janob Khan sochlariga oq oralagan, aravachaga mixlangan odam lekin shunga qaramay nigohlari po‘latdek o‘tkir, uning aurasi xonani boshqarardi.

Jimin uning yonidan bir qadam ham ketmas lekin ichida noqulaylik shunday bilinib turardi.Taehyung esa xonaning burchagida qo‘lida shampan stakani sovuq tabassum bilan mehmonlarni kuzatardi.

To‘satdan zalning eshiklari ochildi.Atrofga sukunat cho‘kdi. Barcha nigohlar eshik tomon qaradi.Bora zalga uzun qora libosda sochlari biroz toʻlqinsimon turmaklangan holatda xuddi yulduzdek porlab kirib keldi. Uning qadamlari ishonchli ko‘zlari esa chuqur maʼnoga ega edi.

Mehmonlar pichir-pichir qila boshladilar

-Bu qiz... Khanning nabirasi, u qaytib kelibdi!

Jimin hayratda qoldi, yuragi tez urib ketdi.Toʻgʻri u Bora bilan 2 yil davomida koʻrishib turgan, lekin uni Jiminni ogohlantirmay bu yerda to‘satdan paydo bo‘lishi oddiy tasodif emas edi.

Khan nabirasini koʻrdi, lekin uni yuzidagi ifodasi o‘zgarmadi.
U aravachasida sekin oldinga harakatlandi va ovozida biroz samimiylik bilan dedi

-Bora qizalogʻim.Nihoyat qaytding.

Bora shunchaki tabassum qildi

-Bobojon 80 yoshingiz bilan tabriklayman.Men oilamni sog‘indim. Shuning uchun hech qanday xabar bermay qaytdim aybga buyurmaysiz

Hamma oʻzi bilan oʻzi ovvora ekan. Janob Khan Boraga kel deb ishora qildi. Bora uni ortidan yurib borardi toʻsatdan oldidan Jimin chiqdi.

-Bora

- Ha aytgancha salom Jimin

- Nega toʻsatdan?

- Keyin gaplashaylik maylimi oʻzim senga hammasini tushuntiraman.

-Dadam ham sen bilan gaplashmoqchi

- Bobomdan keyin.

*

Eshik oldiga yaqinlashib kelgan odam soyasini sezib qiz choʻchib tushdi, yoʻq boʻlishi mumkin emas endi u nima qiladi?Bu yer Janob Khanning xonasi edi.Miran otasini nomidagi binoni hujjatlarini topolmay Khanning ziyofatida u yoʻq payti ichkariga kirib ularni tintib koʻrishga qaror qilgan edi.

Qiz qoʻrqib ketdi, qoʻlidagi hujjatlarini barini tezda joyiga joyladi. Yuragi shu qadar guppillab urar ediki, hozir shu pallada eshik ochilib kimdir kirib kelishidan juda qoʻrqardi...

Keyin eshikni tutqichi ushlandi, va pastga qarab tortildi....
*
Janob Khan ichkariga kirar ekan, xonaning qoq markaziga kelib toʻxtadi lekin ortiga oʻgirilmadi.
Bora uni ortida bir muddat suhbatni boshlamay indamay turdi. Nihoyat janob Khan ortiga oʻgirilib nabirasiga yuzlandi, va unga boshdan oyoq nazar tashladi. Shu on uni ongida oʻtmish xotiralari chaqnadi.

U Borada uning onasi yaʼni oʻz qizini siymosini koʻrar edi.Bora atigi 10 yoshida onasini yoʻqotdi. Butun dunyoning kushandasi boʻlgan, minglab yuraklarni sogʻinchga mahkum etib parcha parcha qilgan saraton atalmish xavfli kasallik mitti Boraning ham ichidagi umid chirogʻini oʻshanda oʻchirib kethan edi. Bu daxshatli xabarni eshitganda u hali bola boʻlgan. Ammo aynan shu xabar undan bolalik muddatini vaqtidan avval tortib oldi.
Boraning otasi tajribali jarroh oʻzining shaxsiy klinikasida ega boʻlishiga qaramay, ayoli kasallik bilan kurashayotgan paytida qoʻlidan hech narsa kelmay shunchaki jim turdi. U ayolini kundan-kunga ahvoli yomonlashib borayotganini, koʻzlaridagi nur soʻnib, ketish vaqti yaqin ekanligini bilib turardi. Lekin u bu holatda ojiz bir inson edi xolos. Uni saqlab qolishni chin dildan istasada bunday qilolmasdi.
Bir kun hammamiz oʻlamiz, kimlar uchundir bu najot yana kimlar uchundir esa falokat boʻladi.
Bu voqea Boraning ongida barcha shifokorlarni shu jumladan otasini ham oʻta keraksiz odam deb hisoblashga mahkum etgan edi. Shundan soʻng u bu insonni hech qachon ota demadi. Hech bir vaqt u uchun qaygʻurmadi. U oʻzining davom etayotgan hayot kitobi varaqlaridan otasini ismini butunlayga oʻchirdi.Bu janob Khanga qoʻl kelgan edi
Borani oʻzi asrab oldi. Janob Khan Doyun Koreya nufuzli biznesmenlaridan biri katta imperiya asoschilaridan biri edi.Toʻgʻri u Boraning bobosi lekin hech qachon oddiy boboning nabirasiga beradigan mehrga ega boʻlmagan. Bora uchun u bolaligidan beri xaloskor, lekin ayni vaqtda unga eng koʻp zarar yetkazgan odam edi.
Doyun faqat kuchni tan oladi va kuchlilar bilan birga qoladi. U Borani bolaligini oʻzining zaharli nayrang tuzoqlari bilan tortib olgan. Sof va begʻubor qizchadan puldan boshqa hech narsa koʻziga koʻrinmaydigan xuddi oʻzidek egoist boʻlgan oʻz koʻnglida ideal hisoblanqdigan merosxoʻr yasadi.Hatto uni otasi va akasidan ham kechishiga majbur qildi.Ularni esa bir vosita sifatida ishlatdi.

Qiz hatto otasi tugul oʻz akasiga nisbatan ham qalbida hech qanday iliqlik sezmay qoldi. Bobosining bir ogʻiz gapi bilan otasining familiyasidan kechib bobosinikiga oʻtgandi.

Ayni damda Janob Khan aravachada o‘tirar nigohlarini esa Boradan uzmas edi.Bora uning oldida tik turardi.Ko‘zlari qat’iy chaqnar lekin qo‘llarining engil titrashi ichki ziddiyatni yashirayotgandi.

Ziyofatning musiqalari uzoqdan eshitilib turar lekin bu xonada faqat Khanning sovuq ovozi hukmron edi.Khan sekin bosh irg‘adi va gap boshladi.

-Nega shuncha paytdan beri endi kelyapsan

Bora hech narsa deyolmay jim turdi

-Meni oldingda hali ham oʻzingni aybdor his qilyapsanmi?

-Umuman olganda ha men sizdan uzr soʻramoqchi edim nima boʻlganda ham men bu ishni qilmasligim kerak edi.

-Seni kechiraman faqat bitta shart bilan

- Qanday shart. Bora uni koʻzlariga tik qarab soʻradi

Erkak sekin bosh irgʻadi va oʻsha sovuq ohangda gapini davom ettirdi

—Sendan nimaiki talab qilmay bajarasanmi ?

Bora hech ikkilanmay qaʼtiylik bilan javob berdi

—Men siz uchun familiyam hatto otamdan ham vos kechganman nimaiki soʻramang albatta bajaraman

Erkak nabirasiga boshdan oyoq qaradi, bu qiz unga qizidan qolgan yodgorlik, lekin ayni damda oʻz maqsadlariga yetishi uchun kerakli vosita ham edi

-Men Janob Kangga turmushga chiqishingni istayman

Shu payt, birdan eshik qattiq ochildi va ichkariga Jimin otilib kirdi. U hozirgina eshitgan gaplaridan gʻazabga toʻlgan, ko‘zlarida isyon tuyg‘usi alangalanib yonardi.

—Bu nima deganingiz, bobo?!
Axir u otamiz tengi odam-ku! Singlimga buni qanday ravo ko‘ryapsiz?!

Yigit gʻazab bilan kaftlarini mushtlagancha aravachadagi bobosiga yuqoridan turib oʻshqirar ekan erkak unga eʼtibor bermay xotirjamligini yo'qotmagan holda qizga qaradi. Bora esa joyidan qimirlamadi kiprik qoqmasdan bobosiga yuzlandi

-Men roziman unga turmushga chiqaman

Boraning yuzi oʼzgarmadi.
Janob Kang Khanning eng yaqin biznes hamkori 50 yoshlardagi sovuq shafqatsiz odam fondning asosiy investorlaridan biri.

Bu ittifoq Khanning kasalxona va fondni to‘liq nazorat qilish rejasining kaliti edi.Bora bu haqida juda yaxshi bilardi, lekin u hozir bobosiga munosib nabira boʻlish hamda uni merosiga ega chiqish uchun hech narsa demasdan jim turishni afzal bilgandi.

Khan Jiminga eʼtibor bermay, xotirjamligini yo‘qotmagan holda Boraga qaradi.Jiminning g‘azabi uning rejasiga hech qanday ta’sir qilmaydigandek tabassum qildi

-Jimin, sen bu masalaga aralashadigan darajada emassandedi. Bora mening so‘zimni tushunadi. To‘g‘rimi, qizim?

Bora kiprik qoqmasdan bobosiga yuzlandi.Uning ko‘zlari ichida bamisoli olov yonardi.U sekin lekin aniq ohangda javob berdi

-Men roziman deb aytdim.Janob Kangga turmushga chiqaman.

Jimin qotib qoldi. Uning ko‘zlari Bora tomonga oʼgirildi, ularsa g‘azab va og‘riq aralashdi.

-Bora sen... nimalar deyapsan?
U singlisiga yaqinlashdi, lekin Bora nigohini undan olib qochardi.

To‘satdan xonaning bir burchagidan engil bir ovoz eshitildi go‘yo bir narsa yerga tushib ketganda chiqadigan ovoz kabi.

Xonadagi hamma bir lahzada jim boʻldi.Khanning nigohlari o‘tkirlashdi.Jimin esa ovoz kelgan tomonga qaradi. Bora ham beixtiyor oʻsha yerga qaradi.U ham sezgandi bu xonada ular yolg‘iz emas.