May 1, 2025

Ogʻu

Tun.
Yomgʻir New Yorkning osmonoʻpar binolari bilan birga tor koʻchalarini yuvadi. Izgʻirin shamol sabab biroz odam eti junjuksada, oyning iliq kumush nurlari bulutlar oʻrtasidan sizib shaharni sirli nurga choʻmdiradi. Koʻchada yoniq turgan fonus chiroqlar soyasi yomgʻirdan hoʻl boʻlgan asfalt yoʻllar ustida xira nur sochib porlab turibdi, xuddi Boraning yuragidagi oʻsha qoqongʻu, ammo olovli ehtiroslar kabi. Bora 27 yoshda eng yosh prokuror. U tanlagan kasb baʼzan, unga tugamas charchoq va tonglarga ulangan bedor tunlarni hadya qiladi. Ba’zida esa uning hayoti ham sud zalidagi og‘ir sukunatga o‘xshaydi, ichida to‘lib yotgan, lekin hech kim eshitmaydigan, eshita olmaydigan hislari kabi. Aslida uni oʻzi bu hislar bilan boʻlishishni yoqtirmaydi. Uni bu hayotda yagona qoidasi bor. Hech qachon hech kimga ishonma, hech qachon va hech kimdan yordam kutma, hatto u eng yaqin insoning boʻlsada unga ojiz tomoningni koʻrsatma. Chunki oxir oqibat insonlar oʻz manfaatlarini doim birinchi oʻringa qoʻyishadi. Sen faqat oʻzing va oʻz kuchingga ishon.

Bora hozir Amerikada notanish shaharning shovqinli ko‘chalari va yolg‘iz kechalari bilan kurashib yashamoqda. U o‘z kasbida koʻp muvaffaqiyatlar qozondi, yangi tajribalar orttirgan boʻlsada yuragining bir tubida doim vataniga nisbatan sogʻinch hissi bilan yashadi.

~

Soat millari tunggi 0:00 ga qarab harakatlanar ekan, uzoq ish kuni, suddagi qattiq muzokaralardan soʻng Bora biroz izgʻirin ammo yoqimli shamol hamda yomgʻir ostida sayr qilishni xohladi. Yomgʻir tomchilari goʻyo barcha gʻuborlarini yuvayotganidek, Borani ichidagi alanga singari yonayotgan hislarni ham sekin asta susaytirdi.U shu alfozda oʻz ichki kechinmalari bilan qanday qilib uyiga yetib kelganini sezmay ham qoldi. Kichkina ammo shinam uyining ostonasida toʻxtadi va sovuq sabab biroz oqarib,titrayotgan barmoqlari bilan kalitni qulfga solib ikki martta buradi. Eshik ohista ochildi. Uy tashqi tomondan kichkina koʻrinsada aslida ichkaridan juda katta hashamat bilan bezatilgan edi. Barcha mebellar devorlar ranglariga mos qilib zamonaviy uslubda ishlangan, Bora singari nozik didli insonga hammasi yoqishi uchun qancha odam tinimsiz ter toʻkkan edi. Borani koʻngliga yoʻl topish oson emas. U hech qachon boʻlaveradi deb yashamaydi, hamma narsani u uchun mukammal boʻlishi kerak. Hatto keragidan ziyod darajada. Tabiatdan erkatoy hamda injiq boʻlib oʻsgan qiz. Koʻp narsalarni nazar pisandiga ilmaydi.Uni hayron qoldirish, toʻgʻrirogʻi talablarini bajarish uncha muncha odamning qoʻlidan kelmaydi. Bora uyiga kelishi bilan uyining sokin muhiti uni kutib oldi. Bora paltosini yechib yomgʻirdan nam boʻlgan kiyimlarini qulay kiyimlarga oʻzgartirdi. Sochlaridan tomchilab tushayotgan yomg‘ir suvini his qilib, hammomga kirib sochlarini quritib chiqdi. Hammasini toʻgʻirlab o‘zini biroz tartibga keltirgach mehmonxonaga qaytdi. Qo‘lida muzlatgichdan olgan bir shisha sharob va stakan bilan birga divanga o‘tirdi. U sharobni sekin quyib stakanni qo‘lida ushlab aylantirar oʻzi esa o‘y hayollar tubiga cho‘mdi.
Ikki yil, oradan allaqachon ikki yil vaqt oʻtgan edi.
Bu voqealar xuddi kechagidek yodida.
2023- yilning bahori, tabiat noz uyqudan endi uygʻonib, gullar ifori havoni toʻldirayotgan bir pallada,endigina oʻqishini tugatgan, prokuror qiz Bora hayotining eng muhim pogʻonasidan koʻtarilayotgandi. Bu uni prokuror sifatida olib borayotgan birinchi ishi, sud zalidagi birinchi jangi.U yosh oʻziga ishongan,koʻzlarida olov chaqnab turardi. U nima qilsa ham gʻalaba qozonishi kerak. Bobosining erkatoy nabirasi lugʻatida shu kungacha hech qachon magʻlubiyat degan soʻzga oʻrin boʻlmagan. Boraning tarafidan hech qachon oq bayroq koʻtarilmaydi. U boshqalardek bu mening birinchi ishim demasdi, unda hech qanday qoʻrquv yoki hayajon izlaridan asar ham yoʻq. Uning koʻzlari qatʼiyat bilan porlar, har bir soʻzida haqiqat va adolat uchun kurash ruhi bor edi.

~
Uzoq muddatli tortishuvlarda soʻng sud jarayoni tugagach, qaror eʼlon qilindi. Gʻalaba Bora tomonda edi, korxonaning hujjatlarini qalbakilashtirib, soliqdan tushgan unumlarni oʻz nomiga oʻtkazgan ayblanuvchi shaxsga 10 yilgacha qamoq muddati jazo sifatida tayinlandi. Oʻsha lahzada qizning yuzi gʻurur va mamnuniyat sababli porlab turardi. Bora bu kichik qadami bilan nafaqat oʻzi balki bobosiga bergan vaʼdasini ham ustidan chiqqan edi.
Har doim eng zoʻri boʻlish, hech qachon ortga chekinmaslik.
Lekin hayot har doim ham biz oʻylagandek bir tekis yoʻllardan iborat emas. Bu gʻalabaning narxi kutilmaganda ogʻir boʻlib chiqdi. Bora oʻzi bilmagan holatda, qilgan ishi sabab bobosining manfaatlariga putur yetkazib qoʻydi. Shundan soʻng qizning bobosi, uni hayotidagi eng muhum, dono maslahatchi va hamisha haq deb hisoblanadigan insoni bu voqealardan soʻng oʻziga xos bir qaror qabul qildi.
Oʻsha voqeadan song u Borani Amerikaga joʻnatdi.Bora sharobni sekin quyib stakanni qo‘lida ushlab aylantirar oʻzi esa o‘y hayollar tubiga cho‘mdi. Ikki yil o‘tdi. Ikki yil davomida bobosi bilan birorta marta gaplashmadi. Na xat, na qo‘ng‘iroq, na biror bir xabar bor edi. Bu sukunat uning yuragini og‘ir yukdek bosib turardi
-Bobom meni kechirganmikin? Yo hali ham o‘sha ish uchun meni ayblayaptimi? bu savollar Boraning xayolini tinimsiz kemirardi.

Qarama - qarshi vaqtlar.
Koreya.
Seoul shahridan nufuzli binosi, dafn marosimlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan binoning tashqi tomoni ham allaqachon marhumni yoʻqlash uchun kelgan insonlar bilan toʻla edi. Bular orasida qarindoshlar tanishlar hamkasblardan tashqari bir dunyo jurnalistlar hamda teleboshlovchilar ham bor edi.Kutilmagan vaziyatda bir kunda 2 eng yaqin doʻst vafot etgandi. Ularning nufuzi ancha yuqori boʻlib, Seouldagi eng taniqli shifoxonada jarroh ham, bu shifoxona fondidagi aksiyalarning egalari ham edilar.Tashqari shovqin suronga toʻlgan hech kim bir birini eshitmas hamma oʻzi bilan oʻzi ovvora edi. Jurnalistlar kameralarini yuqoriga koʻtarib, bir biriga eʼtibor ham qilmay oldinga oʻtishga intilishardi. Ularning hammasi faqat bir narsadan umid qiladi.Bu ham boʻlsa eng birinchi boʻlib eksklyuziv yangilik olish.Birdan qo‘riqchilarning keskin harakati jurnalistlar olomonini to‘xtatdi. Qora kostyumli, quloqchin taqqan baquvvat yigitlar kiraverish yoʻlagi tomonga qarab harakatlanar boshlashdi. Ular odamlarni orqaga surib yoʻl ochishdi.Shu payt yo‘lning narigi tomonidan qora, oynalari qoraytirilgan eng so‘nggi rusumli avtomobil sekinlik bilan yaqinlashdi. Uning oldidan chiqqan mashinalar unga yo‘l berardi. Mashina to‘xtagan zahoti mashinaning orqa eshigi ochildi.Mashinadan birinchi bo‘lib Jimin tushdi. U qora kostyumda, qora koʻzoynak taqqandi. U kostyumining yoqasini toʻgʻirlagancha atrofga qarab u yerni tanqidiy tekshirib oldi. Soʻng mashinaning yon tomonini aylanib oʻtgancha eshikni ochdi.U yerda aravachada qora kostyum kiyib olgan, Janob Khan o‘tirardi. Sochlari oppoq oʻzi esa aravachaga mixlangan holatda boʻlishiga qaramay uning nigohlari hali ham oʻtkir aura taralib turadi. U 80 yoshida nafaqat yirik kompaniya asoschisi, balki Koreyadagi barcha eng nufuzli korxonalarga aloqador inson edi.
U paydo boʻlishi bilan hammaning nigohi unga qaratildi, hatto eng shovqinchi jurnalistlar ham qo‘llaridagi mikrofonni tushirib, sukunatda bir birlariga qarab qo‘yishardi. Bu sukut bu insonning nufuzi kuchi va ehtimol, dahshatli obro‘sining ifodasi edi.Jimin hech narsaga ahamiyat bermay bobosiga yordam berib ehtiyotkorlik bilan uni mashinadan tushurdi va aravachaning orqa tomonidan boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi.Janob Khan bir zum atrofga qaradi. U ikki hamkasbining o‘limi haqida hech narsa demas faqat jim qarab turdi. Ko‘zlari ichida g‘am emas, xuddi biror bir yashirin haqiqatni o‘ylayotgandek chuqur sokinlik bor edi. Ularni ortidan ikki marhum uchun tayyorlangan, oq xrinzantemalardan iborat, ustidan qora lenta oʻralib marhumlarning ismi yozilgan ikkita katta gulchambarlarni Khanning yordamchilari olib ergashdilar.
Birinchi kelgan xonaga kirib kelishdi, xona ichida marhumning eng yaqin insonlari bor edilar.Markazda esa tobut turardi uni oldida janob Minhyukning surati, surat atrofiga esa bir necha gulchambarlar qoʻyilgan edi.

Tobut tepasida Janob Minhyukni ukasi va 2 qizi turar edilar. Marin Minhyukni yigirma yoshlardagi qizi singlisi Mirai bilan tobut yonida ayonma yon turishardi. Marin qora hanbokk kiygan koʻzlari yilidan shishib kethan lekin ayni damda yigʻlamaslik uchun bor kuchi bilan harakat qilayotgan edi. Mirai 6 yoshli qizaloq sochlarini oʻrib ularni qora lenta bilan bogʻlab olgan nima boʻlganini tushunmay atrofga savol nazari bilan qaradi.

Eshikdan kirishgan zahoti bobosi Jiminga imladi, yigit bobosining oldiga egilib gapirishini kutdi
' Zaiflik ' janob Khan Marinni koʻzi bilan ishora qilib past ovozda shivirladi
-Hayotda muvaffaqiyatga erishish har qanday vaziyatda uchun oʻzingni tuta bilishing kerak Jimin.

Jimin hech nima demay boshini koʻtarib gavdasini tik tutdi, gʻazabdan tishlari gʻichirladi. U Marinni tanimasdi ammo bobosining gaplari uni yuragini parchalab tashladi, bu holat qanday ogʻir ekanligini
hozir Maringa qay darajada qiyin ekanini Jimin yaxshi bilardi. Ammo bir soʻz ham ayta olmadi. Bu odam nima qilsa ham uni bobosi, unga hech narsani tushuntirishni iloji yoʻq.

Shu payt kutilmaganda Mirai Jiminning yoniga keldi, qoʻlida oʻyinchoq ayiqchasini mahkam ushlab olgandi

- Siz ham otamni koʻrishga keldingizmi amaki?

- Men..

-Lekin otam uxlayapti ekan opam aytdi menga , shu rostmi? qiz katta va begʻubor koʻzlarini Jiminga tikib soʻradi

Jimin bir lahza oʻylanib qoldi va oxiri

-Ha u dam olayapti, deya oldi xolos

Marin bu suhbatni eshitib yuzini yashirdi, lekin yelkasidagi titroqdan uni yigʻlayotganini sezish mumkin edi.

Khan Minhyukni ukasi janob Lee bilan suhbatlashib boʻlgach Maringa yuzlandi, qiz koʻzyoshlarini yashirdi va janob Khanga tazim qilib kelgani uchun minnatdorchilik bildirdi
Shundan soʻng, janob Khan qizga yaqinlashdi va uni qoʻlini ushladi

- Qizim agar biror yordam kerak boʻlsa tortinmasdan sprayver, otang menga oʻz oʻgʻlimdek edi sizlarni yolgʻiz qoldirishga yuragim chidamaydi

Qiz chuqur nafas olib titroq ovozda gapirdi

- Kattakon raxmat janob, lekin kerak emas hammasi joyida amakim men va singlimni oʻz qaramogʻlariga oldilar.

Jimin chetdan bobosini kuzatib turar hayolida bir odam qanday qilib bu darajada ikkiyuzlamachi boʻlishi mumkinligini oʻylab hayratlandi. Hozirgina bu qizni zaif deb atayotgan odam endi unga yordam taklif qilyapti. U Maringa koʻp eʼtibor bermadi, lekin nigohlari kichkina ayiqchasini quchoqlab odamlarga hayron boʻlib tikilib turgan qizchadan ketmasdi. U Miraiga ich ichidan achindi, bu qizcha hali oʻlim nima ekanini tushunmaydigan yoshda, otasidan judo boʻlgandi.
~
U yerdan chiqqach ular janob Kim Sohyunning dafn marosimi oʻtkazilayotgan xonaga qarab yoʻl olishdi. Bu yerda ham xuddi shu holat, kelgan mehmonlar, markazda turgan tobut va tobutning egasi boʻlgan inson surati bor edi. Lekin muhit Minhyukning dafnidagidek iliqlikdan yiroq tobut oldida Taehyung, Sohyunning o‘g‘li yolg‘iz oʻzi turardi. U qora kostyum kiygan, sochlari tartibli bir qarashda mukammal koʻrinishga ega edi. Lekin yuz ifodasi doimgidek sovuq, ko‘zlari ham hech qanday hissiz. Janob Khan Taehyungni ko‘rib, boshini qimirlatdi, xuddi o‘z o‘g‘lini ko‘rgandek yuziga tabassum tarqaldi.
Taehyung janob Khanga tazim qildi, keyin Jimin tomonga sovuq koʻzlari bilan qarab unga ham boshini biroz egib qoʼydi lekin bu harakatlarida hech qanday samimiylik yoʻq, Jiminga qaratilgan nigohlarida faqat gʻazab sezilib turardi.
Ularning oʻrtasidagi bu masofa bu raqobat yillar davomida shakllanib kelgan, Khan oʻz qoʻl ostida ishlaydigan xodimlarining farzandlari haqida yaxshi bilar, doim Suga va Taehyungni maqtab Jiminni esa tanqid qilardi. Bobosini nazarida ular qatʼiyatli va intizomli shaxslar Jiminning yagona aybi unda insoniylik tuygʻulari kuchliroq ekanida edi.

Marosim davom etar ekan, Taehyung tobutga yaqinlashdi uni olib eng soʻnggi anʼanani bajarish uchun olib ketishdi.
Tobut pech yoniga yaqinlashdi va ichkariga kiritildi marhumdan bir koʻzada kul qolguncha uni jizgʻanak qilib yoqishdi. Xok tayyor boʻlgach uni olib Taehyungga berishdi. U qoʻlida otasining xokini ushlab xonadan chiqar ekan koridorda turgan Jiminga koʻzi tushdi.

- Allaqachon ketib boʻlgan boʻlishing kerak edi
- Sen uchun qolganim yoʻq Taehyung
- Menga seni tasallilaring kerak ham emas
Jimin unga qaradi va oxiri oʻzini tutolmay gap qistirdi
-Sen doim shundaymisan? Otang oʻldi bugun sen uni dafn marosimidasan lekin yuzingda biror oʻzgarish koʻrganim yoʻq

Taehyungning lablari istehzoli tabassum bilan tortildi.
-Nima yigʻlab yurishim kerakmidi? Men ojiz emasman bu senga oʻxshaganlarni ishi

Jimin qoshlarini koʻtarib unga qaradi

- Ojizlik? Hayotingdagi eng yaqin insoning olamdan oʻtdi axir
Jimin bir qadam oldinga yurdi lekin Taehyung uni toʻxtatdi
- Toʻgʻri otam oʻldi va u yolgʻiz edi.Men bilan ham xuddi shu qismat takrorlanadi, nafaqat men, sen balki har bir insonning hayoti shunday yakun topadi

Taehyung shunday der ekan, yonidagi xonadan chiqib kelgan janob Khan uning eʼtiborini tortdi. Jimin boshqa hech narsa demadi uni bobosi bu yerda Taehyung bilan suhbatlashish uchun butun boshli marosim tugashini kutgan edi.
Khan qo‘lini ko‘tarib Taehyungni ishora bilan chaqirdi. Taehyung sekin unga yaqinlashdi.Jimin bir necha metr narida chiqish eshigi yonida turardi. U bobosi va Taehyungni kuzatdi lekin ularga yaqinlashmadi.

Uni bobosi Khan doim Taehyungni maqtardi, uni o‘ziga yaqin tutar Jiminga esa unchalik ishonmasdi.

Khan ovozini pasaytirib olib bamaylixotir gap boshladi
- Taehyung kel oʻgʻlim. Bugun sen bilan muhim masalani gaplashishim kerak.

Taehyung ko‘zlari Khanning yuziga tikildi.

-Ayting janob Khan qulogʻim sizda

-Otang Sohyun kasalxonaning aksiyadorlik jamiyatida muhim o‘rin egallagan. U faqat shifokor emas balki bizning fondimizning asosiy a’zolaridan biri ham edi. Bilasan undan tashqari kuyovim Jiminni otasi, Marinning otasi Minhyuk va Suganing otasi ham shu fond aʼzolari.

Taehyung hech qanday reaksiya bbildirmay jim turdi va tinglashda davom etdi.

- Endi otang yo‘q lekin jamiyat o‘z yo‘lida davom etishi kerak.Taehyung men seni otangni o‘rniga taklif qilyapman. Senga buni ishonib topshira olaman.

- Lekin janob bu shunchaki oddiy ish emas, u uchun katta maʼsuliyat kerak.

- Men senga ishonaman, otang ham shuni istagan boʻlardi.

- Lekin agar men rad etsam...

-Hech qanday rad javobini qabul qilmayman, shusiz ham baravariga ikkita oʻgʻlimdek insonlarni yoʻqotdim sen otangni oʻrnini boshing kerak.Minhyukni oʻrni esa mayli u hozircha boʻsh qolsin Miran hali yosh u bunga tayyor emas.

~
New York
Soat millari tunggi 3:00 ni koʻrsatar ekan bunday bedor tunlar Bora uchun odatiy hol boʻlib qolgan edi.
Koreyada hozir soat 17:00 hamda eng mashxur kanallar kun yangiliklari bilan boʻlishishmoqda. Bora doim bu kanallarni tomosha qiladi, goʻyoki bu uning vatani bilan bogʻlab turuvchi yagona rishta kabi.
Televizorda yangragan ovoz birdan uni eʼtiborini tortdi. Xabar beruvchining jiddiy ohangi ekranda ko‘rsatilgan Seoulning tanish ko‘chalari va shifoxona binosini tasviri Borani o‘ziga rom qildi. Yangiliklar Boraning bobosiga aloqador bo‘lgan kasalxona haqida edi. Nafaqat bobosi balki bu shifoxona uni otasi egalik qiladigan, bobosi esa katta hamkor sifatida muhim rol o‘ynaydigan nufuzli muassasa edi. Yangiliklarda aytilishicha ushbu kasalxonada yaqinda ikki taniqli shifokorning sirli ravishta vafot etgani aniqlangan.
-Bu o‘limlarning sabablari hali nomaʼlum hisoblanib, politsiya tomonidan tergov ishlar boshlandi, deb taʼkidlab oʻtsi teleboshlovchi.
Ekranda kasalxonaning tashqi ko‘rinishi vafot etgan shifokorlarning xiralashtirilgan suratlari va ularning tibbiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilardi.
Bora qoʻlidagi stakanni stolga qo‘yib, televizorga diqqat bilan qaradi. Uning yuragi tez ura boshladi.
-Dadamning kasalxonasi...
Bu yana qanday sirli o‘limlar?
Nimalar bo‘lyapti?
Bu kasalxona uni dadasiga tegishli boʻlsa ham bu kasalxonada bobosini qanchalik muhim rol o‘ynashini yaxshi bilardi. Bobosi har doim o‘z biznesini qattiq nazorat qilar har bir qarorda o‘z so‘zini aytardi. Lekin bu sirli o‘limlar xabardagi noaniqlik va politsiya tergovi haqida mish mishlar Boraning yuragida yangi shubhalarni uyg‘otdi.Bora divanda o‘tirar ekan qo‘lida telefonini ushlab, bir muddat nima qilishini bilmay dovdirab qoldi. Televizorda yangragan xabar Otasining kasalxonasida ikki taniqli shifokorning sirli ravishda jon taslim qilgani bu haqida eshitganlarini hazm qilolmayotgan edi.
U bu shifokorlarning yuzlarini ekranlarda ko‘rsatilgan suratlardan eslash uchun bor kuchi bilan harakat qildi, lekin qancha urinsa ham ularni aniq taniy olmadi.
-Avval ular bilan uchrashganmanmo? Ular ham otam va bobomga yaqin insonlar boʻlishganmi? Men ham ularni tanirmidim?Bora o‘ziga-o‘zi savol berar, lekin javob topa olmasdi. U telefoni ekraniga tikilib qoʻngʻiroq qilish yoki qilmaslik oʻrtasida ikkilanardi. Uning yuragiga gʻashlik hamda qoʻrquv oraladi. Hozir bobosiga qoʻngʻiroq qilishi toʻgʻrimi? Axir u bilan 2 yildan beri gaplashmasdi. Otasi bilan esa umuman aloqasi yoʻq.
O‘ylab o‘ylab oxiri bir qarorga keldi. Telefonini qo‘lida mahkam ushlab, kontaktlar ro‘yxatidan qidirib bir ismni topdi.U qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Telefon jiringladi har bir chaqiruvdagi signal ovozi Borani yurak urishini tezlashtirardi. Bir muddat kutishdan soʻng nihoyat liniyaning narigi tomonidan tanish ammo biroz sovuq boʻlgan ovoz eshitildi

-Bora? yigitning ovozi xotirjam lekin unda bir oz hayrat sezilib turardi