𝐎𝐆'𝐔
𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.
𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵
Khanning shaxsiy kabinenti ichida. Jimin Miran va Miraiga qarab turar ularning qilgan ishlari uchun tushuntirish talab qilayotgan edi.
—Balki menga nega bu yerda ekanligingizni tushuntirib berarsizlar.
Miran turgan joyida yengil titrar nafas olishi ham ogʻirlashib borardi. Singlisini yelkasidan mahkam ushlab olgan lekin hozir uning oʻziga ham tasalli kerak edi.
Jimin jim turolmay toʻsatdan ovozini balandlatdi.
— Menga tushuntiring bu yerga besoʻroq kirganingiz uchun oʻzingizni oqlashga yetarli sabab boʻlsin
Bundan Mirai choʻchib tushdi va piqillab javob qaytardi
—Amakijon.. biz..biz.. men bilan opam
Mirai so‘zlarini yakunlamasidan eshik taqilladi. Hamma qotib qoldi. Jimin ularga qoʻli bilan jim ishorasini ko‘rsatdi, so‘ng eshik tomon yurdi.
—Jimin shu yerdamisan?
eshik ortidan qo‘riqchining ovozi eshitildi.
—Ha nima kerak?
Jimin eshikni biroz ochib, tashqariga qaradi.
—Pastda seni izlashyapti
—Hozir boraman.
U qo‘riqchini jo‘natib yuborgandan so‘ng Miranga yuzlandi.
—Vaqt borida seni hech kim ko‘rmasdan bu yerdan ket. Hozir tashqariga chiqishingizga yordam beraman lekin bu bilan suhbatimiz tugadi deb o‘ylama. Hali buning hisobini so‘rayman.
Jimin shunday deb eshik tomon yaqinlashdi va tashqarini ko‘zdan kechirdi. Yo‘lak bo‘mbo‘sh, faqat ziyofatning uzoqdan eshitiladigan shovqini bor edi. U xonaga qaytib kirgach Miraini oldiga keldi va uni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi. Mirai ayiqchasini qo‘yib yubormasdan, Jiminning yelkasiga boshini qo‘ydi. Miran ularni ortidan ergashdi yuragi shu qadar qattiq urar ediki har bir shovqindan oʻzi cho‘chib ketardi. Unga ham oson emas axir otasini soʻnggi orzusini bajraman deb oʻgʻrilik ustida qoʻlga olindi. Hali ham Jimin ularga hech qanday tazyiq oʻtkazmadi. Lekin qiz allaqachon xijolat boʻlayotgandi, axir bunday ishlar unga mutlaqo begona.
Jimin ularni aylanma zinaning boshqa tomonidan olib tushdi. Bu zina kam ishlatilardi devorlari eski, yorug‘lik xira tushib turardi. U Miraini erga qo‘ydi va Miraga qaradi.
Mira nafasini yutdi lekin hali ham Jiminga ishonmasdi.
—Amakim olib ketadi dedi u qisqa qilib.
Jimin bosh irg‘adi lekin ko‘zlari Miranning yuzida edi. Uning qo‘rquvi, lekin ayni paytda singlisini himoya qilishdagi qat’iyati Jiminni hayratda qoldirdi. U bir narsa aytmoqchi bo‘ldi lekin so‘zlarni topa olmadi.
—Ehtiyot bo‘ling
dedi u nihoyat va ularni binoning orqa chiqishiga olib chiqdi.Miran Miraining qo‘lini ushlab, tashqariga chiqdi. Miran amakisining mashinasini ko‘rdi u uzoqda kutib turardi.
U Miraini mashinaga o‘tqazdi va orqasiga qaramasdan ketdi. Jimin ularning ketishini kuzatdi yuragida oʻzi ham tushunmaydigan hislar paydo boʻlgandi. Miranning jasurligi uning xayolidan ketmas lekin u bu hisni qanday nomlashni bilmasdi.
Oʻsha yubileydan soʻng oradan bir hafta vaqt oʻtdi. Lekin Jimin va. Boraning oʻrtasidagi ziddiyat kuchaysa kuchayib borar ediki, hech ham soʻnmasdi. Oxir oqibat Boraning otasi ham bu masalaga aralasha boshladi.
— Bora qizim tushun axir u odam seni tenging emas. Aqlingni yigʻsangchi.
—Meni aqlim joyida nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman. Endi bir kami sizdan soʻrashim qolgandi
—Bora bu nima deganing! Sen otang bilan gaplashyapsan
—Menga umuman farqi yoʻq Jimin men hamma bilan bir xil gaplashaman va oʻz hayotimdagi qarorlarni oʻzim chiqaraman
—Nima uchun shunchalik qattiq harakat qilayapsan singiljon? Oʻsha meros ilinjida rozi boʻlayapsanmi?
— Koʻzingni ochsangchi hoy qiz Khan seni qoʻgʻirchoq qilyapti. Oʻz maqsadiga yetish uchun seni ishlatyapti
—Sen uni deb oilangdan bizdan kechding. U esa nima qildi seni surgun qilib yubormadimi?
—Men unda xato qilgan edim. Endi esa buni toʻgʻirlashim mumkin
~
Oʻsha kundan keyin janob Khan Jiminni yoniga chaqirdi. Bu safar uni yelkasiga ogʻir vazifa yuklatilgan edi. Janob Khan ittifoqdoshlaridan biri boʻlmish Minhyuk bilan birgalikda hamkorlikda ish olib bormoqchi boʻlgan shu sababli katta binoni sotib olib uni Minhyukni nomiga rasmiylashtirgan edi.
Endi esa Minhyuk yoʻq. U vafot edi. Ammo oʻsha binoda Khanga tegishli oʻta maxfiy narsalar bor va Khan ularni olmagunicha tinchlanmaydi. U hujjatlar Khanning officida turgandi ammo uyida ziyofat boʻlgandan keyin Khan ularni topolmadi. Topgan taqdirida ham hujjatlar baribir Minhyukni nomida edi.
Khan qoʻriqchilariga kuzatuv kameralarini tekshirishni buyurganida, uning xonasiga yashirincha kirib ketayotgan Miranga koʻzi tushdi hujjatlarni kim olib ketganini fahmlaganida esa gʻazabi qaynadi. Bu kichkina qizcha kim boʻlibdiki Khanni oyogʻi ostida oʻralashsa. Aftidan bu qiz hali bu binoning ichida nima borligini bilmaydi. Buni aniqlamagunicha undan hujjatlarni tortib olishi va oʻz nomiga oʻtqazishi kerak
Bu vazifa Jiminga yuklatildi. U avvaliga qizlarni qochirib yuborgani uchun bobosidan yaxshigina gap eshitdi. Hech qanday eʼtiroz bildirmay bobosining zaxarli gaplariga chidadi.
Unchalik ham hashamatli boʻlmagan oʻrtahol inson yashaydigan moʻjazgina uyning eshigi zarb bilan qattiq taqillar ekan ichkaridan Mirainning quvnoq ovozi yangradi. U tezda eshik oldiga kelib stulchasining ustiga chiqib uni yordamida eshikni ochdi va u yerda turgan Jiminni koʻrdi.
—Amakijonn, kichkina qizaloqning yuziga tabassum yugurdi
— Xush kelibsiz
Lekin shu onda eshik oldida Miran paydo boʻldi. Jiminni koʻrishi bilan uni yuzi oʻzgardi va Miraini qoʻlidan tortib orqasiga oʻtkazdi.
—Siz bilan gaplashadigan gapim yoʻq
—Menda esa bor. Mirai kichkintoy bizni biroz yolgʻiz qoldira olasanmi.
Mirai opasini ortidan Jiminga qaradi va sekin bosh irgʻitib u yerdan uzoqlashdi.
—Oʻsha kuni nima uchun bobomni xonasiga kirdingiz?
—Bu aynan meni ishim. Men oʻsha kuni senga rahm qilibman. U oʻgʻrilik qilmaydi degandim. Balki Miraini qiziqishi ortidan borgandir degandim. Lekin sen u yerdan bobomga tegishli hujjatni oʻgʻirlabsan
Miran avvaliga sovuq ifodasini saqlab qoldi, lekin bora sari Jiminning ayblovlari kuchayar ekan ortiq chidab turolmay koʻzida yosh bilan gapirdi.
—U hujjat seni bobongga tegishli emas. U meni dadamni hujjatlari. U sotib olgan binoning hujjati u
Jimin darhol toʻxtab qizga yuzlandi.
—Dadangni? Unda nega u bobomni qoʻlida boʻlgan. Senga yana ishonishimni kutayapsanmi?
— Menga ishonish yoki ishonmaslik seni ishing. Men baribir oʻz ishimni qilaman. Oʻsha binoda dadam restoran ochmoqchi edi. Bu uni soʻnggi orzusi men uni farzandi boʻla turib buni bajarmasam qanday farzandman axir!.
—Hujjatlar chindan otangni nomidami?
—Buni senga nima ahamiyati bor. Sen ham bobong ham bir goʻrsizlar. Sizlarga ishonmayman.
—Nimalar deyapsan Miran! Toʻgʻri men Khanning nabirasiman ammo bu degani u bilan bir insonman degani emas.
Shundan soʻng ikkisini ham oʻrtasida sukunat hukm surdi.
—Keting men baribir hujjatlarni sizga bermoqchi emasman.
Miran endi eshikni yopmoqchi boʻlgan edi. Jimin qoʻli bilan eshik yonidan ushlab qoldi.
—Quloq sol Miran. Sendan kechirim soʻrayman nohaq ayblaganim uchun. Agar ular chindan ham dadangni nomida boʻlsa mayli men seni boshqa bezovta qilmayman.
Jimin kostyumining choʻntagidan tashrif qogʻozini chiqarib qizga uzatdi.
—Agar senga moliyaviy jihatdan biror yordam kerak boʻlsa tortinma.
Qiz uni qoʻliga tikilib bir zum oʻylanib qoldi. Toʻgʻri u restoran ochishi uchun ham unga mablagʻ kerak lekin buni Jimindan olishi toʻgʻri boʻlarmikin?
Jimin Miranni yuzidagi ikkilanishni sezdi va bir qadam oldinga siljib qizga yaqinlashdi. Uni qoʻlidan ushlab tashrif qogʻozini qizning kichik kaftlari ustiga qoʻydi.
—Menga ishonishing mumkin. Toki sen oʻsha restorani ochib ishga tushirib olmaguningcha bobomga bu haqida hech narsa demay turaman. Senga vaʼda beraman
Jimin hali ham ichidagi tuygʻularini qadri yoʻq illatlar, pul, mashxurlik, dunyo uchun alishadigan odam emasdi
Janob Khan bu ishni Jiminga topshirganidan soʻng esa Jimin undan yaxshigina koyish eshitib olgani uchun u endi bobosining aytganlarini indamay qiladigan yanada sodiqroq boʻlib harakat qiladigan odamga aylanishini kerak edi uni nazarida.
Janob Khanning hujjatlardan koʻngli toʻq boʻlgan ekan. Endigi navbatni Bora va Kangni masalasiga yoʻnaltirishi kerak edi. Agar Kang Bora bilan turmush qursa u ham kasalxonaga fondi aʼzolari qatoridan joy oladi. Kangda Khan uchun kerakli barcha narsa bor pul, obroʻ, eʼtibor va mustahkam aloqalar.
Khanga halaqit beradigan yagona narsa esa uni ustidan boshqara olmaslik tuygʻusi. Lekin agar bu oʻyinga boshqa tomondan yondashilsa yaʼni Borani unga turmushga bersa bundan kelib chiqadiki Kangning jilovi ham Khanni qoʻliga oʻtadi.
Bora bu ishlarni oʻyinni bir qismi ekanini bilsada hech narsa haqida oʻylamasdi faqatgina bobosining merosiga ega chiqish uni ongini egallab olgandi. Janob Khan nabirasini avrab uni uchrashuvga joʻnatdi.
Bora Janob Kang bilan hashamatli restoranda uchrashishdi. Atrof sukunatga choʻmgan shunday katta va mashxur restoranda ularning ikkisidan boshqa hech kim yoʻq janob Kang butun boshli restoranni bron qilgan edi.
Restoran Seoulning markazida katta derazalari shahar chiroqlari bilan yoritilgan. Kang 45 yoshlardagi sovuq odamedi.
Bora bu safar kaltaroq yubka va pidjak kiyishni tanladi. Sochlarini orqasiga qilib yigʻib olgan hech ikkilanmay qilayotgan harakatlari esa uni o‘ziga boʻlgan ishonchini ko‘rsatdi.
—Khan sening haqingda ko‘p gapirdi. Sen uning eng muhim nabirasisan.
—Bobom menga oʻzi koʻp narsalarni o‘rgatdi shuning uchun muhum boʻlsam kerak.
Kang bosh irg‘adi lekin ko‘zlari shubhali edi.
—Bizning turmishimiz bobong va meni munosabatlarimizni mustahkamlaydi lekin sening sadoqatingni sinab ko‘rishim kerak.
Bora ichida g‘azab ko‘tardi, lekin o‘zini bosdi.
Uchrashuv davom etar ekan Boraning telefoniga xabar keldi.
—Fond hisobotlarini tekshir va vaktsina loyihasi haqida qidir.
Tagi KT harflari imzo sifatida belgilangandi. Bora qotib qoldi. Bu xabarni joʻnatgan odam ziyofatda u ko‘rgan yigit ekanini angladi. U xabarni o‘qiyotganida Kangning sinchkov nigohlari unda ekanini sezib Kangga qarab tabassum qildilekin xayoli umuman boshqa joyda edi.
Telefoniga yana yangi xabar keldi
Xabarda begona manzil hamda shunday soʻzlar bor edi.
—Kel koʻrishib gaplashib olamiz :)
Uchrashuv tugagach Bora Taehyung bilan uchrashish uchun Seoulning kichik kafesiga bordi.
—Xabarimni olbsan kelmaysan deb oʻylagandim.
Bora unga qarab turib soʻroq qilishni boshladi.
—Sen kimsan oʻzi nega meni bu ishlarga aralashtiryapsan?Yana qanaqa vaksina
Taehyung stolga egildi va past ovozda gap boshladi
—Meni sen bilan ishim yoʻq. Khan bilan hisoblashmoqchiman.Toʻgʻri sen uning nabirasisan lekin men senga imkoniyat bermoqchiman. Vaksina haqida maʼlumotim bor lekin dalillar yetarli emas. Bu ish faqat oʻzim uchun emas sen uchun ham foyda boʻladi. Axir kasalxonadagi 2 fond aʼzosi boʻlgan jarrohlarni oʻlimi senga qiziq emasmi?
—Sen ularni oʻlimida bobomni ayblayapsanmi?
—Xuddi shunday. Lekin isbotim yoʻq uni esa faqat sen topa olasan.
—Agar aytganlaring yolg‘on bo‘lsa sen o‘lasan, Bora sovuq ohang bilan aytdi.
—Sening qat’iyating... bu menga yoqdi.
Shundan soʻng uni yuzi jiddiy tus oldi va ketish uchun oʻrnidan turarkan qoʻshib qoʻydi
—Hisobotlarni tekshir Bora. Khan nimanidir yashiryapti. Va seni merosing ham shu masala bilan bogʻliq
Bora kafedan chiqdi. Taehyungning so‘zlari uni xayolidan ketmas edi. U fond hujjatlarini tekshirishga qaror qildi. Lekin Taehyungning niyati yaxshi ekaniga shublahari bor edi
Kunlar ketidan kunlar oʻtar ekan. Khan Bora va Kangning yaqinlashuvidan mamnun edi. Ularning ikkisi ham avvaliga bir- biriga shubha bilan qaragan lekin vaqt oʻtishi bilan esa ularni orasi yanada mustahkamlashgandek tuyulardi.
Hamma narsa Khanning rejasi asosida silliq ketayotgan bir paytda, Minhyukning nomidagi hujjatlarni hali ham qoʻliga olmagani uni yagona zaif tomoni boʻlib qolmoqda. Khan Jiminni kuzatdi va undan shubhalana boshladi. Bir ikki martta uni kafe shunga oʻxshash odam kam boʻlgan joylarda Miran bilan uchrashuvlariga guvoh boʻldi.
Shundan soʻng bu ishni Jiminni qoʻlidan olib oʻzi bajarishga qaror qildi. U odamlariga Miranni va uni singlisini uni oldiga olib kelishlarini aytdi.
Jiminni harakatlari Khanni shubhaga solardi. U nabirasi sadoqatli deb o‘ylardi lekin Miran bilan yaqinlashishi rejasini xavf ostiga qo‘yayotgandi.
Khan qaror qabul qildi bu ishni Jiminni qo‘lidan olib o‘zi hal qiladi. U qo‘riqchilariga Miran va Miraini oldiga olib kelishni buyurdi.
—Tezroq harakat qiling,
dedi u sovuq ohangda.
—Ularni shu kecha shu yerda ko‘rmoqchiman.
Khanni ofisi sovuq va hashamatli devorlari qimmatbaho rasmlar bilan bezatilgan. Khan esa aravachada bemalol o‘tirardi. Miran va Miraini ichkariga olib kirishganida u sovuq tabassum qildi.
Miran Miraini yelkasidan mahkam ushlab unga tik qaradi.
Qiz biroz titragan ovozi bilan lekin oʻzini tutishga urinib dedi
Khan stol ustidagi hujjatlarni ko‘rsatdi.
—Minhyukga tegishli boʻlgan bino endi menga tegishli. Hujjatlarni ham hozir menga berasan.
Miran unga qarab tishlarini gʻichirlatib qaʼtiy ohangda dedi
—Ular otamga tegishli o‘sha bino otamniki men uni sizga bermayman
Khan kulimsiradi lekin bu tabassum xavfli edi. U qo‘riqchiga ishora qildi va boshqa bir hujjat stolga qo‘yildi.
Miran hujjatni o‘qidi unda amakisi Suhoning binoni Khanga sotgani pulni olgani haqida yozilgandi. Miran shoshib qoldi ko‘zlari yoshlandi.
—Bu yolg‘on
u titrab aytdi lekin hujjatdagi imzo amakisining imzosi edi.
Flashback
Bir kun oldin Khan Suhoning kichik uyiga kelgan yonida tansoqchisi va uni qo‘lida katta sumka ichida esa pul.
Suho eshikni ochib Khanni koʻrib avvaliga hayron qoldi. Khan ichkariga kirdi.
—Suho men Minhyukni binosini sotib olmoqchiman. Bu yaxshi narx Miran va Miraining kelajagi uchun.
—Bu bino Minhyukning merosi men uni sota olmayman dedi.
Khan sumkani stolga qo‘ydi ichida katta miqdorda pul bor edi.
—Miran mening kabinetimga beso‘roq kirdi hujjatlarni o‘g‘irladi. Agar bino senga kerak bo‘lsa Miraini mendan uzoqroq tut.
Suho qo‘rqib ketdi lekin pul haqidagi oʻylar uni ikkilantirib qoʻydi.
O‘sha kechasi u binoni sotishga qaror qildi. Jiyani yosh bolishiga qaramay bino uchun olishayotganini bilardi lekin pul uni koʻzlarini koʻr qilib qoʻydi
Miran hujjatni qo‘lida ushlab ko‘zlari yoshlandi.
—Hujjatlarni ber aks holda pulimni talab qilaman.
—Menda buncha pul yo‘q dedi u pichirlab.
Khan Miraiga qaradi, kichkina qiz bu yerdagi suhbatga tushunmay ayiqchasini quchoqlab turar edi
—Yaxshi senga ikkita tanlov beraman yoki hujjatlarni hozir berasan yoki singlingni qaytib ko‘rmasliginingni kafolatlayman.Men uni oʻzimga olaman.
Mirai yig‘lab yubordi opa iltimos meni ularga bermang dedi u piqillab. Miran qo‘rqib ketdi yuragi siqildi. U Miraini himoya qilish uchun hamma narsani qilardi lekin hujjatlarni bersa otasi Minhyukning soʻnggi orzusi amalga oshmay qolardi.
— Pul pulni topib kelaman, dedi u titrab.
—Senga uch kun vaqt agar pulni olib kelmasang Mirai meniki bo‘ladi.
Qo‘riqchilarga ishora qilib Miran va Mirai chiqarib yuborildi. Qorongʻu koʻchada Miran va Mirai yolgʻiz qolishdi. Mirai opasini mahkam quchoqlab olgandi. Miran pulni qayerdan topishni bilmas lekin singlisini yo‘qotishdan qo‘rqardi. U qanday boʻlmasin pul topishi kerak
.
.
.
To be continued...
Muallif : Eunji
Kanal : @bangtan_ff_shop