April 30, 2025

𝐎𝐆'𝐔

𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.
𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄 1

Tun.

Yomgʻir New Yorkning osmonoʻpar binolari bilan birga tor koʻchalarini yuvadi. Izgʻirin shamol sabab biroz odam eti junjuksada, oyning iliq kumush nurlari bulutlar oʻrtasidan sizib shaharni sirli nurga choʻmdiradi. Koʻchada yoniq turgan fonus chiroqlar soyasi yomgʻirdan hoʻl boʻlgan asfalt yoʻllar ustida xira nur sochib porlab turibdi, xuddi Boraning yuragidagi oʻsha qoqongʻu, ammo olovli ehtiroslar kabi.

Bora 27 yoshida malakali advokat.U tanlagan kasb baʼzan, unga tugamas charchoq va tonglarga ulangan bedor tunlarni hadya qiladi. Ba’zida esa uning hayoti ham sud zalidagi og‘ir sukunatga o‘xshaydi, ichida to‘lib yotgan, lekin hech kim eshitmaydigan, eshita olmaydigan hislari kabi.

Aslida uni oʻzi bu hislar bilan boʻlishishni yoqtirmaydi. Uni bu hayotda yagona qoidasi bor, hech qachon va hech kimdan yordam kutma, hatto u eng yaqin insoning boʻlsada unga ojiz tomoningni koʻrsatmaslik kerak.Chunki oxir oqibat insonlar oʻz manfaatlarini doim birinchi oʻringa qoʻyishadi. Sen faqat oʻzing va oʻz kuchingga ishon.


Soat millari tunggi 0:00 ga qarab harakatlanar ekan, uzoq ish kuni, suddagi qattiq muzokaralardan soʻng Bora biroz izgʻirin ammo yoqimli shamol hamda yomgʻir ostida sayr qilishni xohladi. Yomgʻir tomchilari goʻyo barcha gʻuborlarini yuvayotganidek, Borani ichidagi alanga singari yonayotgan hislarni ham sekin asta susaytirdi.

U shu alfozda oʻz ichki kechinmalari bilan qanday qilib uyiga yetib kelganini sezmay ham qoldi. Kichkinagina ammo shinam uyining ostonasida toʻxtadi va sovuq sabab biroz oqarib,titrayotgan barmoqlari bilan kalitni qulfga solib ikki martta buradi.

Eshik ohista ochildi. Uy tashqi tomondan kichkina koʻrinsada aslida ichkaridan juda katta hashamat bilan bezatilgan edi. Barcha mebellar devorlar ranglariga mos qilib zamonaviy uslubda ishlangan, Bora singari nozik didli insonga hammasi yoqishi uchun qancha odam tinimsiz ter toʻkkan edi.

Borani koʻngliga yoʻl topish oson emas. U hech qachon boʻlaveradi deb yashamaydi, hamma narsani u uchun mukammal boʻlishi kerak.Hatto keragidan ziyod darajada. Tabiatdan erkatoy hamda injiq boʻlib oʻsgan qiz. Koʻp narsalarni nazar pisandiga ilmaydi. Uni hayron qoldirish, toʻgʻrirogʻi talablarini bajarish uncha muncha odamning qoʻlidan kelmaydi.

Bora atigi 10 yoshida onasini yoʻqotdi. Butun dunyoning kushandasi boʻlgan, minglab yuraklarni sogʻinchga mahkum etib parcha parcha qilgan saraton atalmish xavfli kasallik mitti Boraning ham ichidagi umid chirogʻini oʻchirib kethan edi. Bu daxshatli xabarni eshitganda u hali bolaligidan chiqmagan edi. Ammo aynan shu xabar undan bolalik muddatini vaqtidan avval tortib oldi.

Boraning otasi tajribali jarroh oʻzining shaxsiy klinikasida ega boʻlishiga qaramay, ayoli kasallik bilan kurashayotgan paytida qoʻlidan hech narsa kelmay shunchaki jim turdi. U ayolini kundan-kunga ahvoli yomonlashib borayotganini, koʻzlaridagi nur soʻnib, ketish vaqti yaqin ekanligini bilib turardi. Lekin u bu holatda ojiz bir inson edi xolos. Uni saqlab qolishni chin dildan istasada bunday qilolmasdi.

Bir kun hammamiz oʻlamiz, kimlar uchundir bu najot yana kimlar uchundir esa falokat boʻladi.

Bu voqea Boraning ongida barcha shifokorlarni shu jumladan otasini ham oʻta keraksiz odam deb hisoblashga mahkum etgan edi. Shundan soʻng u bu insonni hech qachon ota demadi. Hech bir vaqt u uchun qaygʻurmadi. U oʻzining davom etayotgan hayot kitobi varaqlaridan otasini ismini butunlayga oʻchirdi.

Uni bobosi asrab oldi. Janob Khan Doyun Koreya nufuzli biznesmenlaridan biri. Oʻtgan asr soyalaridan pishgan, yuragi esa muzga aylanib qotib boʻlgan imperiya asoschisi. Uni ismi hamma yerda nafaqat obroʻ balki shuningdek qoʻrquv bilan ham tilga olinadi. Toʻgʻri u Boraning bobosi lekin hech qachon oddiy boboning nabirasiga beradigan mehrga ega boʻlmagan. Bora uchun u bolaligidan beri xaloskor, lekin ayni vaqtda unga eng koʻp zarar yetkazgan odam edi.

Doyun faqat kuchni tan oladi va kuchlilar bilan birga qoladi. U Borani bolaligini oʻzining zaharli nayrang tuzoqlari bilan tortib olgan. Sof va begʻubor qizchadan puldan boshqa hech narsa koʻziga koʻrinmaydigan xuddi oʻzidek egoist boʻlgan oʻz koʻnglida ideal hisoblanqdigan merosxoʻr yasadi. Qizni oilasini esa vosita sifatida ishlatdi. Qiz hatto otasi tugul oʻz akasiga nisbatan ham qalbida hech qanday iliqlik sezmay qoldi. Bobosining bir ogʻiz gapi bilan otasining familiyasidan kechib bobosinikiga oʻtgandi.

Qizning bunday sirli oʻtmishi koʻpchilikka qorongʻu, lekin u oʻz kelajagini oʻz qoʻlida quradi.

Bora shu kungacha faqat bobosi deb yashadi, uning barcha gaplari qiz uchun qonun edi. Bobosi nimaiki ish qilmasin u albatta haq edi. Toki 2yil oldingi voqea sodir boʻlmagunicha.

Flashback ( 2yil avval )

2023- yilning bahorida, tabiat noz uyqudan endi uygʻonib, gullar ifori havoni toʻldirayotgan bir pallada, yosh advokat qiz Bora hayotining eng muhim pogʻonasidan koʻtarilayotgan edi. Bu uning advokat sifatida olib borayotgan birinchi ishi, sud zalidagi birinchi jangi. U yosh oʻziga ishongan,koʻzlarida olov chaqnab turardi. Bobosining erkatoy nabirasi lugʻatida shu kungacha hech qachon magʻlubiyat degan soʻzga oʻrin boʻlmagan.

U nima qilib boʻlmasin gʻolib boʻlishi kerak. Boraning tarafidan hech qachon oq bayroq koʻtarilmaydi. U boshqalardek bu mening birinchi ishim demasdi, unda hech qanday qoʻrquv yoki hayajon izlaridan asar ham yoʻq. Uning koʻzlari qatʼiyat bilan porlar, har bir soʻzida haqiqat va adolat uchun kurash ruhi bor edi.

Sud zali

Uzoq muddatli tortishuvlarda soʻng sud jarayoni tugagach, qaror eʼlon qilindi. Gʻalaba Bora tomonda edi, korxonaning hujjatlarini qalbakilashtirib, soliqdan tushgan unumlarni oʻz nomiga oʻtkazgan ayblanuvchi shaxsga 10 yilgacha qamoq muddati jazo sifatida tayinlandi.

Oʻsha lahzada qizning yuzi gʻurur va mamnuniyat sababli porlab turardi. Bora bu kichik qadami bilan nafaqat oʻzi balki bobosiga bergan vaʼdasini ham ustidan chiqqan edi.

Har doim eng zoʻri boʻlish, hech qachon ortga chekinmaslik.

Lekin hayot har doim ham biz oʻylagandek bir tekis yoʻllardan iborat emas.Bu gʻalabaning narxi kutilmaganda ogʻir boʻlib chiqdi. Bora oʻzi bilmagan holatda, qilgan ishi sabab bobosining manfaatlariga putur yetkazib qoʻydi. Shundan soʻng qizning bobosi, uni hayotidagi eng muhum, dono maslahatchi va hamisha haq deb hisoblanadigan insoni bu voqealardan soʻng oʻziga xos bir qaror qabul qildi.

Oʻsha voqeadan song u Borani Amerikaga joʻnatdi.

Comeback

Oradan ikki yil o‘tdi. 2025-yilning aprel oyi. Bora hozir Amerikada notanish shaharning shovqinli ko‘chalari va yolg‘iz kechalari bilan kurashib yashamoqda. U o‘z kasbida koʻp muvaffaqiyatlar qozondi, yangi tajribalar orttirdi ammo yuragida doimo bir bo‘shliq bobosiga bo‘lgan sog‘inch va Koreyaga qaytish umidi bor edi.

Har bir muvaffaqiyat har bir yangi kun unga bobosining o‘sha qarorining sabablarini tushunishga bir qadam yaqinlashtiradi deb umid qilardi, lekin bobosidan hali ham hech qanday xabar yo‘q. O‘rtalaridagi sukunat og‘ir Bora.esa bu sukunatni buzishga jur’at eta olmaydi.

Bora uyiga kelishi bilan uyining sokin muhiti va derazadan ko‘rinadigan shahar chiroqlari uni salqin kutib oldi. Bora paltosini yechib ho‘l kiyimlarini oʻzgartirdi. Sochlaridan tomchilab tushayotgan yomg‘ir suvini his qilib, hammomga kirib sochlarini quritib chiqdi.

Hammasini toʻgʻirlab o‘zini biroz tartibga keltirgach Bora mehmonxonaga qaytdi. Qo‘lida muzlatgichdan olgan bir shisha sharob va stakan bilan birga divanga o‘tirdi.

U sharobni sekin quyib stakanni qo‘lida ushlab aylantirar oʻzi esa o‘y hayollar tubiga cho‘mdi. Ikki yil o‘tdi. Ikki yil davomida bobosi bilan birorta marta gaplashmadi. Na xat, na qo‘ng‘iroq, na biror bir xabar bor edi. Bu sukunat uning yuragini og‘ir yukdek bosib turardi

-Bobom meni kechirganmikin? Yo hali ham o‘sha ish uchun meni ayblayaptimi?

bu savollar Boraning xayolini tinimsiz kemirardi.

Bora

U qoʻlidagi stakanga tikilib o‘tmishni yodga oldi. Uning birinchi ishida gʻalab qozongani, bundan qanchalik faxr tuygʻusini his qilgani va toʻsatdan bobosining oʻzgargan nigohlari.

Bora o‘shanda bilmagan edi uning g‘alabasi bobosining biznesiga zarar yetkazishini, qalbakilashtirish ishi bobosining ishonchli hamkorlaridan biri boʻlib chiqishini hayoliga ham keltirmagandi. Agar bu haqida bilganida zinhor bu ishni qilmagan boʻlardi.

Janob Doyunning qarori yaʼni Borani Amerikaga jo‘natishi nafaqat jazo, balki u o‘z xatolarini tushunishi, o‘sishi va mustaqil bo‘lishi uchun bir imkoniyat ham edi. Faqat Borani oʻzi bu imkoniyatni anglab olsa bas edi.

Bora sharob stakanini qoʻlida ushlab hayollar ogʻushida sayr etgan holatda divanda oʻtirardi.
Yomgʻirli kechani sokin muhiti, shahar chiroqlarini derazadan qorongʻu xonaga tushib, xira nur sochishi va bu yerdagi daxshatli sokinlik Boraning yuragidagi sogʻinchni yana kuchaytirib yubordi.

Bobosi bilan oʻrtasida sodir boʻlgan 2 yillik sukunat, hamda Koreyaga qaytish umidi bularning bari uni oʻy hayollarini chalkashtirib yubordi. Oʻzini biroz chalgʻitish maqsadida qoʻlidagi stakandan bir hoʻllab sharob ichdi. Qoʻliga pultni olib uni televizor tomonga qarab yoʻnaltirdi.

Soat millari tunggi 3:00 ni koʻrsatar ekan bunday bedor tunlar Bora uchun odatiy hol boʻlib qolgan edi.

Qarama qarshi vaqtlar.
Koreyada hozir soat 17:00 hamda eng mashxur kanallar kun yangiliklari bilan boʻlishishmoqda. Bora doim bu kanallarni tomosha qiladi, goʻyoki bu uning vatani bilan bogʻlab turuvchi yagona rishta kabi his qiladi

Televizordagi jurnalist

Televizorda yangragan ovoz birdan uni eʼtiborini tortdi. Xabar beruvchining jiddiy ohangi ekranda ko‘rsatilgan Seoulning tanish ko‘chalari va shifoxona binosini tasviri Borani o‘ziga rom qildi.

Yangiliklar Boraning bobosiga aloqador bo‘lgan kasalxona haqida edi. Nafaqat bobosi balki bu shifoxona uni otasi egalik qiladigan, bobosi esa katta hamkor sifatida muhim rol o‘ynaydigan nufuzli muassasa edi.

Yangiliklarda aytilishicha ushbu kasalxonada yaqinda ikki taniqli shifokorning sirli ravishta vafot etgani aniqlangan.

-Bu o‘limlarning sabablari hali nomaʼlum hisoblanib, politsiya tomonidan tergov ishlar boshlandi, deb taʼkidlab oʻtsi teleboshlovchi.

Ekranda kasalxonaning tashqi ko‘rinishi vafot etgan shifokorlarning xiralashtirilgan suratlari va ularning tibbiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilardi.

Bora qoʻlidagi stakanni stolga qo‘yib, televizorga diqqat bilan qaradi. Uning yuragi tez ura boshladi.

Dadamning kasalxonasi...
Bu yana qanday sirli o‘limlar?
Nimalar bo‘lyapti?

Bu kasalxona uni dadasiga tegishli boʻlsa ham bu kasalxonada bobosini qanchalik muhim rol o‘ynashini yaxshi bilardi. Bobosi har doim o‘z biznesini qattiq nazorat qilar har bir qarorda o‘z so‘zini aytardi.

Lekin bu sirli o‘limlar xabardagi noaniqlik va politsiya tergovi haqida mish mishlar Boraning yuragida yangi shubhalarni uyg‘otdi.

Bora divanda o‘tirar ekan qo‘lida telefonini ushlab, bir muddat nima qilishini bilmay dovdirab qoldi. Televizorda yangragan xabar Otasining kasalxonasida ikki taniqli shifokorning sirli ravishda jon taslim qilgani bu haqida eshitganlarini hazm qilolmayotgan edi.

U bu shifokorlarning yuzlarini ekranlarda ko‘rsatilgan suratlardan eslash uchun bor kuchi bilan harakat qildi, lekin qancha urinsa ham ularni aniq taniy olmadi.

-Avval ular bilan uchrashganmanmo? Ular ham otam va bobomga yaqin insonlar boʻlishganmi? Men ham ularni tanirmidim?

Bora o‘ziga-o‘zi savol berar, lekin javob topa olmasdi. U telefoni ekraniga tikilib qoʻngʻiroq qilish yoki qilmaslik oʻrtasida ikkilanardi. Uning yuragiga gʻashlik hamda qoʻrquv oraladi. Hozir bobosiga qoʻngʻiroq qilishi toʻgʻrimi? Axir u bilan 2 yildan beri gaplashmasdi. Otasi bilan esa umuman aloqasi yoʻq.

O‘ylab o‘ylab oxiri bir qarorga keldi. Telefonini qo‘lida mahkam ushlab, kontaktlar ro‘yxatidan qidirib bir ismni topdi.U qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Telefon jiringladi har bir chaqiruvdagi signal ovozi Borani yurak urishini tezlashtirardi.

Bir muddat kutishdan soʻng nihoyat liniyaning narigi tomonidan tanish ammo biroz sovuq boʻlgan ovoz eshitildi

-Bora? yigitning ovozi xotirjam lekin unda bir oz hayrat sezilib turardi...

ᴋᴇʏɪɴɢɪ ǫɪsᴍʟᴀʀᴅᴀ

Katta zalning muhtasham muhiti oʻziga xos joziba bilan toʻlib toshgan. Hashamatli kristall qandillar tovlanib oʻzgacha nur sochar, bu yerda nozik musiqa hukmronlik qilayotgan boʻlib mayin skripka sadolari mehmonlar suhbati bilan aralashib kethan edi.

Ofitsiantlar bir qoʻllari bilan patnisda sharob koʻtarib mehmonlarga iltifot bilan xizmat qilishardi.Lekin toʻsatdan zaldagi hamma sukutga choʻmdi.
Ularning nigohlari bir nuqtaga qaratilgan, bu zalga biroz avval kirib kelgan qiz.

U Bora edi, uning zalga kirib kelishi goʻyo bu yerda vaqtning toʻxtashiga sabab boʻldi. Qizning qadamlari nafis lekin shunga qaramay ularda ishonch yaqqol sezilib turardi.

Mehmonlar orasida shivir shivir suhbat boshlanib ketdi, kimlardir uni tanidi yana kimlardir esa yoʻq. Lekin bu nigohlar orasida biri bor ediki, boshqalaridan tamomila farq qilardi...

1-qism tugadi.
To be continued...
Muallif : Eunji
Kanal : @bangtan_ff_shop