May 19, 2025

Oʻgu

𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.

𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵

Ep-5

Seoul kasalxonasining tez yordam boʻlimida havo borgan sari ogʻirlashib borardi. Hali marhumlarning oilasiga hech qanday xabar berilmagan bu ishda gumonlanuvchi aybdor hisoblanayotgan hamshira hali ham qoʻrquvdan nima qilishini bilmay titrab turardi.

Devorlarga Xira tushayotgan yorugʻlik goʻyo bu yerni yanada dahshatliroq koʻrsatar, bu yerdagi sukunatni buzayotgan narsa faqatgina monitorlarning tinimsiz signal ovozlari edi. Suga hali ham oʻsha yerda Minseok kelishini kutib turardi. Hozirgacha bemorlarning oʻlimi haqida hech qanday qoʻlga ilinadigan dalil topisholmadi.

Soat allaqachon tongga yaqinlashib qolgan, kasalxonalarda odatda tunda ham hayot qaynaydi hech qachon sokin boʻlmaydi lekin bugun tundagi bu gʻala gʻovur bu taʼriflab boʻlmas darajadagi oʻzgacha muhit edi.

Minseok kelganida darhol bemorlarni oldiga bordi. Bu bemorlarning bari Minhyuk va Khan sotib olgan bino toʻgʻrisida ishlagan quruvchilar boʻlishgan. Ularning hammasi bir kunda kasalxonaga olib kelinganligi ham juda shubhali edi, lekin endi ularning bir kunda vafot etishi Minseokni shubhalarini kuchaytirdi. Bemorlar ishlayotgan paytlarida binoda qulflanib qolib gazdan zaharlanishgandi demak bu ham tasodif boʻlmagan.

Balki bularni hammasini boshida Khan turgandir. Balki... Yoʻq bu hayollarni oʻylashni oʻzi oʻgʻriqli boʻlishi mumkin emas. Khan yovuz qoʻrqinchili odam boʻlgani bilan oʻz hamkasblari yani Minhyuk va Sohyunni ham oʻlimida qoʻli bor boʻlishi mumkinmi?

—Dozani kim tekshirib bergan ekan
Minseok sovuq ohangda Sugadan soʻradi

—Minho

—Uni oʻzi qayerda

— Topolmadim hech qayerda yoʻq. Goʻyoki yer yorilganu yerga kirib ketgandek.

—Hamshirachi?

—U meni xonamda hali ham nima boʻladi deb qoʻrqib oʻtiripti

—Qoʻrqadigan ish qilgandan keyin qprqadida

—U oddiy hamshira hali unda hatto buyruq berilmagunicha bemorlar bilan muolaja oʻtkazishga ruxsat yoʻq. Dorini esa har kunlik qilayotgan dorisi deb oʻylagan. Unga hammasi shu borib ularni bemorlarga qilasan deb berishgan. Hujjatlarda dozani tekshirgan odam esa Minho

—Buni bemorlarning oila aʼzolariga tushuntira olamizmi?

—Janob prezident nima qilamiz?

—Politsiyani chaqiring modomiki bu ishni oʻzimiz hal qilolmas ekanmiz politsiyaga topshiramiz

—Lekin hamshira qiz

—Bizda boshqa iloj yoʻq Suga.

Minseok qoʻl soatiga qarar ekan hozir Miran bilan uchrashishi kerakligini esladi. Hamma narsa chalkashib ketdi. Shaxsiy hayot, ish, kasalxona va bularning bari Khan sabab ey berayotgandi.

—Men hozir ketyapman shu ishlarni oʻzing hal qil. Lekin politsiyaga Minho haqida hech nima demay turinglar uni oʻzim qidiraman.

—Hoʻp janob Minseok.

~
Bora kecha tunda otasi bilan birga ekanida kasalxona toʻgʻrisidagi xabarni eshitgan lekin unchalik ham ahamiyat bermagan edi. U yerda nima boʻldi qanday boʻldi nima sababdan boʻldi hech biri haqida hatto oʻylab ham koʻrmadi.

Ertalabdan qahvaxona jimlik hukm surar bu sokinlikni faqat kofe mashinasini yoqimli shitirlashi buzardi. Bora beparvolarcha telefon xabarlari ichida aylanib yurganida koʻzlari toʻsatdan bugungi maqolaga tushdi. "Kasalxonadagi qotillik"
"Doktor niqobi ostidagi qotillar".
Bora bir lahza telefonini qo‘liga mahkamroq ushladi. Sarlavha uning ko‘z oldida jonlanib ketgandek edi. U xabarni ochdi va o‘qiy boshladi. Har bir so‘z bilan uning yuzida hayrat ifodasi paydo bo‘ldi. Xabar uni otasini kasalxonasi haqida edi. Kecha otasidan eshitgan lekin ahamiyat bermagan voqea. Ammo endi bu xabar uning e’tiborini to‘liq o‘ziga qarata oldi.

10 ta bemor o‘lgan shifokorlar shubha ostida, va eng muhimi bu oddiy xato emas edi.Bora xabarni o‘qib bo‘lgach telefonini sekin stolga qo‘ydi. Uning yuzida hech qanday histuyg‘u sezilmadi, faqat ko‘zlari bir oz qisilib o‘ychan nigoh bilan derazaga qaradi. U o‘tmishda otasi bilan bo‘lgan suhbatlarni uning kasalxonasi haqidagi hikoyalarni eslashga urindi lekin ongida hech qanday voqea paydo boʻlmadi.

Bu uning uchun shunchaki yangilik edi xolos. Lekin ichida nimalardir qo‘zg‘alib ketayotganini sezdi garchi buni o‘zi tan olishni istamasa ham.Shu payt qahvaxona eshigi ochildi va Taehyung ichkariga kirdi. Uning yuzi jiddiy edi.

U to‘g‘ri Borani stoliga yaqinlashdi va hech bir soʼzsiz stulga o‘tirdi. Bora unga bir nigoh tashladi lekin umuman ovoz chiqarmadi

— Otangni ahvoliga qara, Taehyung ovozida g‘azab va tashvish aralash Boraning ko‘zlariga tik qarab dedi

— O‘n bemorini yo‘qotdi. Bu oddiy xato emas.

Bora telefonini chetga surdi yuzida hech qanday his tuyg‘u yo‘q edi. U oʻlim nigohi bilan Taehyungga qaradi. Xuddi bu holat Taehyung Boraga yoqmayotganini bildirardi

— Otam o‘z ishini o‘zi hal qiladi. Bu menga qiziq emas.

Taehyung qo‘llarini musht qildi. Boraning sovuqligi uni g‘azablantirdi.

— Bu ishlarning boshida Khan turibdi. Otang buni bilardi, lekin hech narsa qilolmadi. Senga esa farqi yo‘qmi?

Bora hujjatga bir ko‘z tashladi lekin yelka qisdi. Uning harakati shu qadar beparvo ediki go‘yo bu xabar oddiy reklama varag‘iday edi.

— Men merosimni olaman. Otamning xatosi uniki. Men unga aralashmayman.

Taehyung tishlarini g‘ijimladi. Boraning befarqligi uni hayratda qoldirdi ammo ayni paytda g‘azabini yanada oshirdi. U o‘rnidan turdi ko‘zlari olovday yonardi.

— O‘n kishi o‘ldi Bora sen esa hali ham Khanning o‘yinida o‘ynayapsan.

Bora javob bermadi. U faqat stakandagi kofega qaradi go‘yo undagi qora suyuqlik uning barcha savollariga javob bera oladigandek. Taehyung unga bir necha soniya tikilib turdi, so‘ng Bora nihoyat gapirdi.

— Men o‘z yo‘limda ketyapman

U ko‘zlarini ko‘tardi va Taehyungga qaradi lekin nigohida hech qanday iliqlik yo‘q.Taehyung keskin oʻrnidan turdi va eshik tomon yurdi lekin ul yarmiga yetmasdan to‘xtab orqasiga qaytib oʻgorildi

— Bu yo‘l seni ham yo‘q qiladi.

Kasalxona xonasi jimjit edi. Devorga osilib turgan soati sekin taqillardi. Derazadan kirgan yengil shamol hamshiraning yoqasini silkitardi. U burchakda qimirlamay oʻtirar ko‘zlari esa pastga qadalgandi. Yuzida qoʻrquv v aaybdorlik aks etgan.

Uning oldida Suga turardi jarrohlik kiyimini yechgan. Qiyofasi esa sovuq va qat’iy edi.Bir tomondan unga achinardi. Lekin nima boʻlganda ham hamma oʻz qilmishiga yarasha javob berishi kerak axir. Ko‘zlari hamshiraga tikildi ich ichidan esa g‘azab va shubha qaynab chiqa boshladi

Toʻsatdan eshik sharaqlab ochildi. Suga bir muddat hayron qolib qaradi. Ichkariga bir qiz otilib kirdi. Uni yuzida sarosima ko‘zlarida esa hayrat aks etgandi. U nigohlari bilan nimanidir izlab xonani koʻzdan kechira boshladi. Nihoyat nigohi Suga bilan to‘qnashdi. Bir lahzalik sukunat ammo bu ko‘zlar oʻrtasida nimalardir so‘zsiz aytilgandek edi. Suganing qattiq nigohida ishonchsizlik qizning ko‘zlarida esa tushunarsiz umidsizlik sezilib turardi.

Shundan soʻng qiz yerda choʻkkalab oʻtirgan hamshirani payqadi. Darhol uni oldiga bordi va yoniga oʻtirib qoʻllarini ushlab uni savolga tutdi

— Opa nima bo‘ldi? Nega bu ahvolda o‘tiribsiz?

Hamshira og‘zini ochdi, ammo so‘z chiqara olmadi. Ko‘zlari yoshga to‘lib lablari titradi. Suga esa hayrat bilan bu manzarani kuzatardi. Demak bu qiz hamshiraning singlisi ekan. Suga bir qadam oldinga yurdi ammo sukut saqladi. Hali hammasi ayon emasdi bir nima deyishga shoshmaslik kerak

Shu on yo‘lakdan og‘ir qadamlar eshitildi. Eshik sekinlik bilan ochildi va ikkita politsiya xodimlari xonaga kirdi. Ularning yuzlari ifodalari tushunarsiz ko‘zlari esa hamshiraga qadalgan edi.

Bosh zobit qoʻlidagi kishanni silkitib ovozini ko‘tardi

— Sizni olib ketamiz.Sukut saqlash huquqiga egasiz yoʻqsa hozir aytgan har bir gapingiz sudda oʻzingizga qarshi ishlatilishi mumkin

Hamshira dovdirab qoldi. Uning nafasi qisib qo‘llari bilan singlisini qoʻllarini mahkam ushladi.

Qiz esa darrov o‘rnidan turdi opasining oldiga o‘tib uni toʻsdi

— Nega?! U nima qildi? U hech narsaga aybdor emas!

Zobitlardan biri Sugaga qaradi, ovozi sovuq va qat’iy edi

— Qizni bu yerdan olib chiqing.

Qiz qarshilik qildi opasining qo‘lini qo‘yib yubormaslikka urindi.

—Yoʻq! Uni qo‘yib yuboring!

boshqa bir zobit kelib uning yelkasidan ushlab o‘rnidan turishga majbur qildi.

Zobitning ovozida gʻazab bilan pshqirdi

—Opangiz o‘n bemorning qotili! Jim bo‘ling va yo‘ldan chetga oʻting!

Xona ichida vaqt to‘xtab qolgandek edi. Suga, hamshirani singlisi va uni ushlab turgan zobit xona ichida qolishdi. Boshqa zobit esa hamshirani qoʻliga kishan solib uni xonadan tashqariga olib chiqa boshladi.

Shu paytda binoning kirish qismi xonaning nargi tarafi koridor yoʻlagi dan bir ayol shahdam qadamlar bilan yurib kelardi. Koʻzlari yoshga toʻla oʻzini yoʻqotib qoʻygan shunga qaramay maqsadi aniq odamdek harakat qilardi.

Sugani xonasi tomonga burilar ekan.Qoʻllarini musht qilib olgan har bir olayotgan nafasi oʻlim ifori bilan toʻla edi. Yoʻlakdan oʻtayotgan hamshiraga sezdirmay ohistalik bilan steril asboblar solingan aravachaga sezdirmay qoʻl uzatdi.

Aravavachada jarrohlik asboblari skalpel, qisqich, igna va shu kabi oʻtkir tigʻli narsalar bor edi.

Barmoqlari yordamida tez ammo ehtiyotkor harakatlar bilan aravachadan oʻtkir skalpelni ushladi. Metallning muzdek tigʻi uni kaftiga botti lekin u bunga ahamiyat bermadi. Sugani xonasi tomonga burilarkan boyagi zobit hamshirani olib chiqayotgan paytga toʻgʻri keldi.

U hech narsaga eʼtibor bermasdi ayni damda uni ongu shururi faqatgina zobit yonida qoʻllari kishanlanin turgan bemorda edi. U vaziyatni qoʻldan boy berishni istamay darhol qoʻlidahi sovuq qurol bilan hamshiraga hujum qildi.

Hamma narsa bir soniyada yuz berdi. Zobit uni qutqarish tugul nima boʻlayotganini anglash uchun ham vaqtni taqsimlay olmadi. Ayol skalpelni orqa tomonidan mushti bilan mahkam ushlab uni bemorlarning oʻlimida ayblanuvchi shaxs yaʼni hamshiraning yelkasiga suqdi.

—Sen qotilsan.. Farzandimni oʻldirding..

Skalpelning oʻtkir tigʻi hamshiraning oʻng yelkasining ost sohasiga zarb bilan kirdi. Yelka osti sohaning arteriya qon tomiriga toʻgʻri borib sanchilgan tigʻ hamshirani boʻgʻiq ovozda nola qilishiga sabab boʻldi v au yerga quladi.

U devorga suyanib qoldi qoʻlidagi kishanlar sabab hech narsa qilolmadi. Bu manzaraga xona ichkarisidan guvoh boʻlgan Suga va qiz bir muddat dovdirab qolishdi va oxiri Hari oʻziga kelib opasi tomonga yugurdi.

—O.o.pa... Opajon.. nafas oling.. iltimos

Uni yigʻlagan ovozi zobitlarni ham hushyorlantirdi. Ular ayolni qoʻllarini ortga qilib ushlab uni bu yerdan biroz uzoqlashtirishdi. Lekin ayolda umuman pushaymonlik belgisi sezilmas, buni oʻrniga shu holatida ham zobitlarni qoʻlidan chiqib ketishga urunib tipirchilardi.

—Oʻlib ket.. Senga bu ham ham.. Oʻldiraman

Hari tigʻ turgan joyga qaradi, u sanchilgan joydan issiq hamda yopishqoq qon favvora kabi otilib chiqa boshladi. Arteriyadan otilib chiqayotgan qon har bir pulsatsiya jarayonida hamshiraning ahvolini yomonlashtirishga sabab boʻlardi.

Hari qoʻllarini koʻtardi lekin nima qilishni bilmay dovdirab qolgandi. Suga esa ularga yaqinlashib hali ham hamshiraning tepasida turgan ayolni itarib Harini oldiga yaqinlashdi

—Tega koʻrma..

—N.nima?

—Pichoqni joyidan qoʻzgʻatma

—Qon tomirini qoʻllaring bilan ushla qattiq bosim oʻtkaz. Operatsiya xonasini tayyorlang.

—Lekin opam..

Suga qizga endi ahamiyat berdi u hamshira emasdi yana bu holat uni eng yaqin insoni opasi bilan sodir boʻlayapti, qizni qanday shok holatiga tushib qolganini sezgach oʻzi uni oʻrniga oʻtirdi va pichoq kirgan joy chetidan mato bostirib qonni toʻxtatishga harakat qildi.

— Bemor uchun yana bint kerak, zaxira qon olib keling agar bu chindan arteriyani zararlagan boʻlsa qonni toʻxtatish uchun bizda bor yogʻi bir necha daqiqa vaqt bor

Tezda paydo boʻlgan hamshiralar kushetkani olib kelishdi. Bemorning jarohatini ustida mato ushlagan holatda uni koʻtarib oʻsha yerga oʻtkazishdi va operatsiya xonasiga olib kirib ketishar ekan Hari oʻsha yerda opasini ketishini kuzatib qoldi.

Harini qoʻlini ichkariga kirib ketishgunicha qoʻyib yubormagan qizning koʻzlari ochiq ammo orqaga ketayotgan edi. U shu holatida ham taslim boʻlishni istamas, aybdor nigohlari bilan singlisiga qaradi.

— Men.. men emasdim.. Men atayin qilmadim

~