March 17, 2025

The jewel of my heart

4-qism

Musulmon bir oilada tugʻilganlar Islom haqida yaxshi bilishadi ammo Islomda yashamasliklari mumkin!Keyinchalik musulmon boʻlganlar esa Islom haqida koʻp narsa bilmaydi,ammo ular Islomda yashash uchun jonini berishga ham tayyor boʻlishadi.

Usmon samolyotdan tushib, chuqur nafas oldi. Bursaning havosi salqin, biroq yoqimli edi. Uning yuragi hayajondan tez urardi.Bu shahar unga juda qadrli edi—yillar oldin bu yerda uning hayoti butunlay o‘zgarib ketgan.

Chamadonini olgach, u birinchi navbatda masjidga borib, o‘zining kelgani haqida ma'lum qildi. Ammo yuragining bir chetida tezroq bajarishni istagan boshqa bir istak bor edi Asmoni topish. U shunday o‘ylardi
-U hali ham shu yerda yashaydimi? Qanday hayot kechiryapti?

Ko‘p o‘ylab o‘tirmay, Asmo bilan ilgari uchrashgan uyga bordi. Tashqaridan hech narsa o‘zgarmagandek tuyulardi. Darvozaning oldiga kelib, qo‘llari titrayotganini sezdi. Uzoq yillardan keyin yana shu eshikni taqillatish qanchalik hayajonli!

Taq-tuq...

Oradan bir necha daqiqa o‘tdi, biroq hech kim javob bermadi. U yana urdi. Nihoyat, eshik sekin ochildi. Keksaroq ayol uning qarshisida paydo bo‘ldi.

-Assalomu alaykum, xola.Bu Adnanning uyimi? Asmo hali ham bu yerda yashaydimi?

Ayol uni boshdan-oyoq bir qarab chiqdi.

-Asmo? Oh, bolam... U endi bu yerda yashamaydi.

Usmon hech narsa deyolmay qoldi.

Keksa ayolning nigohi Usmonga tushdi. U bir lahza unga sinchkov tikilib qoldi. Uning o‘ziga xos chiroyli chehrasi, qosh-ko‘zlari va oq-sariq terisi aniq koreysligini bildirardi. Ayol hayratini yashira olmadi.

-Bu bola kim boʻldi? Qanday qilib koreys yigit Bursada Asmoni so‘rab yuribdi? Yo‘g‘-e, balki bu ham sayyohlardan biri boʻlsa kerak?

Shubhalanib so‘radi

-O‘g‘lim, sen qayerdansan?

-Aslida Koreyadanman, xola. Lekin musulmonman, endi shu yerda yashayman.

Ayol yanada hayron bo‘lib, qo‘llarini duoga ochdi.

-Xudoyim, ajoyib kunlar keldi-ya! Dunyoning narigi chetidan kelib,musulmon bo‘lganman, deysanmi?qanday ajoyib!

Ammo Asmoni so‘raganini eslab yuragida boshqa savollar ham paydo bo‘ldi.
Bu bolaga Asmo kim bo‘lib? Qanday qilib u Asmoni taniydi?

*

Istanbul.
Tergovning rtasi kun

Asmo sovuq polda choʻkkalab oʻtirardi. U tunni yotib oʻtkazmadi, koʻzlarini ham yumolmadi. Tashqarida allaqachon tong otilgan, biroq qamoqxona kamerasidagi kichik oynadan faqat xira yorugʻlik tushardi. Yuragi hanuz gʻazab va ogʻriqdan gupillardi.Duo qilishdan boshqa qoʻlidan hech bir ish kelmasdi.Qoʻllarini duoga ochdi va

"Ey Allohim! Bu og‘ir sinovda menga oʻzing toʻgʻri yo‘l ko‘rsat. Bu tuhmat ekanligini Sen ham, men ham yaxshi bilamiz. Yusuf (alayhissalom)ga qilingan tuhmatdek, Oisha onamizga to‘qilgan ifq hodisidek, oxir-oqibat haqiqatni zohir et, yolg‘onchilarning makrini mag‘lub qil! Meni yorug‘ yuzli, pok nomli qil, ey adolatli Zot!"

Oʻtgan kecha xayolida qayta-qayta takrorlandi, politsiyachilarning haqoratli soʻzlari, Sofiyaning vahimali nigohlari, dahshatga tushgan odamlarning qichqirigʻi...

Singlim qayerda ekan? Unga nima boʻldi?

Shu payt panjara taraqlab ochildi, ichkariga bir politsiyachi kirdi.

— Tur! Seni soʻroq qilishadi.

Asmo oʻrnidan turdi, yuragi yana shiddat bilan urayotgan edi. Unga nisbatan qandaydir jiddiy ayblov qoʻyilganini tushunib turardi. Ammo aynan nima bilan ayblashayotganini aniq bilmasdi.

U politsiyachi ortidan yurarkan, yuragi gʻash edi. Bu yerda hech kim unga ishonmasligini allaqachon anglab yetgandi.

Soʻroq xonasiga yetib kelishdi. Ichkarida allaqachon kechagi tergovchilar oʻtirishgan, ammo bugun ularga yana bir begona odam qoʻshilgandi. U kiyinishidan rasmiy shaxsga oʻxshardi – qora kostyum, koʻzoynak, keskin nigoh...

-Xoʻsh, u stolga tirsaklarini qoʻyib gap boshladi,
-Asmo, xonim sizni yana soʻroq qilishimizga toʻgʻri keladi.

Asmo chuqur nafas oldi.

-Meni hech qanday aybim yoʻq

-Ha, ha, buni kecha ham eshitdik, lekin bizda yangi dalillar bor, dedi bir politsiyachi Asmoga burun uchida qarab

U qalin jildni stolga qoʻydi va ichidan bir necha rasm chiqardi.

-Bularni tanimaysanmi?

Asmo hayrat bilan rasmlarga qaradi. U yerda klub ichida tushirilgan suratlar bor edi yorugʻ chiroqlar ostida ichimlik ushlagan yigitlar, mast qizlar… va ularning orasida…

-Safiya… Asmo beixtiyor shivirladi.

Rasmlarda singlisi ham bor edi. U klub ichida oʻgʻil bolalar bilan oʻtirgan, koʻzlari xira, yuzida esa kulgi... Mast ekanligi aniq koʻrinardi.

-Mana shular bilan birga boʻlganingni inkor qilolmaysan, tergovchi Asmoni e’tibor bilan kuzatib turardi.

-Bu yigitlarning ikkitasi hozir kasalxonada yotibdi. Haddan ortiq ichimlik iste’mol qilishgan.

Boshqa politsiyachi davom etdi

-Va..., singling ham yoʻqolgan.

Asmo seskanib ketdi.

-Nima?!

- Kecha u qochib ketganidan keyin hech qayerdan topilmadi. Hech kim qayerdaligini bilmaydi. Balki qolgan yigitlar bilan birga qayoqqadir ketgandir?

Asmo nafasi ichiga tushib ketdi. Endi uning yuragi faqat qoʻrquvdan urayotgandi.

Tergovchi bosh chayqadi.

-Siz ham hozircha bu yerda qolasiz. Biz esa tergovni davom ettiramiz.

Asmo dahshat bilan stulda qimir etmay oʻtirardi. U endi faqat Safiyani emas, oʻzini ham himoya qila olmasdi…


Usmon Asmoni topish niyatida mahalladagilar bilan gaplashdi, qo‘shnilardan, masjid ahli orasidan surishtirdi. Biroq aniq manzil topish oson bo‘lmadi. Kimdir uni Istanbulning qaysidir mahallasida yashaydi, desa, yana kimdir u yerga ko‘chganidan keyin aloqani uzganini aytdi.

Shu bilan bir oy o‘tib ketdi. Usmon yangi lavozimiga kirishib, masjiddagi ishlariga sho‘ng‘idi. Kunlar o‘tgan sari u bu shaharga yanada bog‘lanib borardi. Ammo yuragining bir chetida doim Asmo haqida o‘ylardi.

"Uni albatta topaman" deb o‘ziga va’da berdi.

Ammo qachon?

Usmon asta-sekin Bursa hayotiga ko‘nikayotgan edi. Ammo yuragining bir chekkasida hanuz Asmo haqida o‘ylardi. Unga bo‘lgan minnatdorchiligi va ichki tugun haligacha yechilmagandi.

Bu orada Istanbulda Asmo og‘ir sinovlarni boshdan kechirayotgan edi. U tuxmat bilan qamoqqa tushdi. Odamlar orasida unga nisbatan yomon gap-so‘zlar tarqaldi. Hijobi sabab unga nisbatan ayblovlar yanada kuchaydi, hattoki unashtiruvi ham bekor qilindi. Asmo uchun bu ham jismonan, ham ruhan og‘ir edi.

Suddan oqlanib chiqqandan soʻng ham bu Asmo uchun hech qanday dardini yengillatolmadi.Safiyani dadasi boy odam boʻlgani uchun Safiya bu ishlardan quruq chiqdi,toʻgʻri u Asmoni ham qutqarib qoldi,ammo allaqachon Asmoning sha'niga dogʻ tushib boʻlgan edi.Istanbulda qolish unga tobora qiyinlashdi. Odamlarning yomon qarashlari, orqasidan tarqalgan gap-so‘zlar uni qalbini sindirardi. Uning akasi Adnan bu holatni ko‘rib chidolmadi. Nihoyat, u Asmo va xotinini olib, Bursaga qaytishga qaror qildi. Omina xonim esa Istanbulda qoldi, u farzandlari ketamiz deganda hech qanday qarshilik koʻrsatmadi.Shusiz ham ularning orasidagi munosabatlar allaqachon yaxshi holatda emasdi.Adnan va Marianing toʻylariga 6yil vaqt oʻtgan va ularda hali ham farzand boʻlmaganligi uchun Adnaning onasi,deyarli ular bilan gaplashmay qoʻygandi.

Asmo Bursa sari yo‘l olar ekan, ichida birgina oʻy bor edi.
Bu shahar menga taskin bera olarmikan?

**

Asmo Bursaga qaytganidan beri ko‘chaga kam chiqardi. Odamlarning nigohidan, ortidan tarqalgan gap-so‘zlardan charchagan edi. Ammo yuragidagi og‘irlikdan qutulish uchun masjidga borishga qaror qildi.

Masjid hovlisiga kirar ekan, u atrofga ko‘z yugurtirdi. O‘ng tomonda bolalarga saboq berayotgan yigitga ko‘zi tushdi.

Asmo esa masjidga kirish oldida yana u tomonga nazar tashlaydi. Uning ko‘zlari bir lahza Usmonga tushadi. Bu kim? deb o‘yladi. Uning chehrasida bir tanishlik bor, lekin darhol eslay olmadi.

Usmon esa Asmoni payqamaydi, faqatgina bir ayolning unga tikilib turganini sezdi,Usmon unga ahamiyat bermaslikka qaror qildi va darsini davom ettirdi. Asmo esa yuragi g‘alati g‘ash bo‘lganini sezadi.Goʻyo u nimadir boʻlishini oldindan bilgandek.

Keyin u masjid ichiga kirib, namoz o‘qidi va duoga qo‘l ochdi. Masjid unga taskin berayotganini his qiladi. Namozdan so‘ng, chiqish oldidan bir ayol bilan to‘qnash keldi, tasodifan qo‘lidagi kitoblari tushib ketdi.

Usmon ichkaridan chiqib kelayotgan paytda shu manzaraga duch keladi va kitoblarni terib, unga uzatadi. Shu payt ularning ko‘zlari yana to‘qnashadi.

-Kechirasiz, dedi Asmo past ovozda va darhol nigohini yerga qaratdi

Usmon esa hayratdan qotib qoldi. Bu koʻzlar! Bu ovoz! U bularni aniq esladi! Yuragi shuv etib ketdi.

-Asmo?!

Asmo hayrat bilan unga qaradi. Endi u ham tanidi. Oldida turgan yigit Jin edi… Yo‘q, endi u Jin emas Usmon.
.
.
To be continued....

4-qism tugadi diamond 💎
Reaksiya va fikrlaringizni kutaman!

Muallif: Eunji
Kanal:@bangtan_ff_shop_menu