Ogʻu
Bora o‘zining New Yorkdagi xonadonida yolg‘iz o‘tirardi. Derazadan shaharning yomg‘irli ko‘chalari ko‘rinib xonani xira yorug‘lik bilan to‘ldirardi. U noutbukda Janob Khanning fondiga oid eski xabarlarni o‘qiyotgan edi. Sohyun va Minhyukning o‘limi haqidagi yangiliklar uning e’tiborini tortdi. Bu o‘limlar tasodif emas, lekin Boraning fikri hozir boshqa narsada.
Khanning merosi. Ikki yil oldin Bora Khan bilan mojaro tufayli Koreyadan ketishga majbur boʻlgandi. U yosh prokuror sifatida fondning noqonuniy faoliyatini tergov qilgan, lekin Khan uni “sotqin” deb atab Amerikaga yuborgan.
Lekin Bora bu hodisani hech qachon qabul qilmadi.
-Men uning eng yaqin nabirasiman, men albatta unga kerakman deb o‘ylardi u.
Khanning ishonchini qaytarib olish va fondning boshqaruvini qo‘lga kiritish uning asosiy maqsadiga aylandi. Bora kelayotgan may oyida Khanning 80 yosh yubileyi haqida esladi."Bu mening imkoniyatim" u oʻziga shunday dedi
Bora fondning moliyaviy hisobotlarini tekshirishni boshladi, chunki meros faqat pul emas, balki undanda chuqurroq sirli hodisalar bilan bog‘liq ekanini bilardi.U Khanning yonida bo‘lsa, bu sirlarning kalitini topa oladi. Bora Jimin va otasini o‘yladi. U ularni yillar davomida chetlab o‘tdi, chunki Khan unga doim "sen ulardan ustunsan” deb o‘rgatgan. Shu tariqa uni ongida Jimin zaif, otasi esa foydasiz odam boʻlib qolgan.
Khan unga oilasidan voz kechishni buyurgan, va Bora otasining familiyasini tashlab, Khanning vasiyligiga o‘tgan.Lekin shunga qaramay ichida bir narsa uni bezovta qilardi. “Bu safar xato qilmayman” Bora shunday dedi va bobosini yubileyida hech kimga aytmay kutilmagan holatda borishni reja qildi.
Seoul.
Cherkovda sukunat hukm surardi. Sohyunning dafn marosimi endigina tugagan faqat bir nechta odam qolgan edi. Janob Khan aravachada, yonida esa Taehyung turardi. Ularning past ovozli suhbati xonada g‘alati aks sado qoldirardi. Khan “Fondni himoya qilish uchun hamma narsa qilinadi,” dedi. Taehyung bosh irg‘adi, lekin ko‘zlari xonani kezib, boshqa narsani qidirardi. Jimin cherkovning chetida turardi qora kostyum kiygan lekin ichida g‘azab shundoq sezilib turardi.
Khanning dafn marosimida fond haqida gaplashishi uni hayratda qoldirdi. “Sohyun o‘ldi, lekin uni faqat biznes qiziqtiryapti,” deb o‘yladi u. Taehyungning sovuq nigohlari esa uni yanada bezovta qilardi. Jimin boshqa chiday olmadi va tashqariga chiqdi. Salqin shabada yuziga urildi, u chuqur nafas oldi. Minhyuk va Sohyunning o‘limi haqida o‘yladi.
Shunda toʻsatdan .Jiminning telefoni jiringladi. Ekranda Bora ismi chiqdi. U hayrat bilan avob berdi.
—Bora? Jiminning ovozi xotirjam lekin hayratli.
—Jimin salom Boraning ovozi qat’iy edi.
—Sen... nima uchun qo‘ng‘iroq qilyapsan? Jimin shubha bilan so‘radi
—Kasalxonada nima bo‘lyapti Jimin? Sohyun va Minhyukning o‘limi bu tasodif emas to‘g‘rimi?
—Men ham shunday o‘ylayapman lekin hali dalilim yo‘q.
—Men Koreyaga qaytyapman Hech bolmasa Bobomning yubileyida allaqachon Koreyada boʻlishim kerak.
—Uni yoniga qaytding ham deylik, lekin u endi senga ishonadimk?
—U meni bobom.Men unga sadoqatimni isbotlashim kerak.
—Sadoqat? Lekin u seni aybdor qilib keyin shunchaki joʻnatib yubordi.
—Sen bularni tushunmaysan Jimin sen bilan keyin gaplashaman.
Toʻsatdan telefon uzildi. Jimin telefoniga bir muddat tikilib turdi keyin ogʻir xoʻrsindi. Demak u hali ham Khanning tarafida ekan.
Bora qora chamadoni ogʻzini mahkam yopdi va shoshilinch qadamlar bilan aeroport ichkarisiga kirdi. Chamadonini sudrab ketar edi. Samolyot Seoulga uchish arafasida turibdi.
14 soatlik parvozdan so‘ng u vanihoyatt Seoulga yetib kelgandi. Qaytishi haqida hech kimni ogohlantirmay, kutilmagan boʻron misoli qaytdi.
U yuziga niqob va koʻzoynak taqib olgano damlar orasida iloji boricha sezilmaslikka urinardi. Yonidan o‘tgan yo‘lovchilar uchun u shunchaki bir mehmondek ko‘rinsada, aslida bu yerga uning qaytishi shovqinsiz portlash kabi edi.
Chamadonini taksiga joylab u noma'lum manzilni aytdi.Taksi sekin harakatlana boshladi.30 daqiqadan so‘ng u hozirda Seouldagi enga mashxur shifoxonaga yetib keldi. Soat tunggi 1 va bu yerda u faqat bir inson unga qotilliklar haqida maʼlumot beraman degani uchun kelgandi.
Taksi to‘xtadi. Bora sekin mashinadan tushdik. U atrofni sinchiklab tekshirdi va eshikni taqillatdi. Oradan bir necha soniya o‘tgach eshik sekin ochildi.
Eshik ortida shifokorlar halatini kiygan bir yigit turardi.Yuzining yarmi soyada, ko‘zlari esa qorong‘ulik ichida ham yaltirab turardi.
—Sen anchadan beri kelmaganding
—Umuman olganda yoʻq lekin Khanning prokuror nabirasi ekaningni bilardim.
—Men so‘nggi hisobotlar varogʻini ochmoqchiman. Bilaman bu xatarli. Lekin fond va bobom haqida haqiqatni bilishim kerak.
Yigit orqaga qadam tashlab eshikni keng qilib ochdi.
—Ichkariga kir. Bizda ko‘p vaqt yo‘q. Hamma yer kuzatuv ostida. Ular bu haqida bilishsa, ikkalamizga ham yaxshi boʻlmaydi
Bora chuqur nafas olib, ichkariga qadam qo‘ydi.Ichkarida qorong‘u xona, stol ustida inson organlarining sunʼiy shakllari turardi
—Bu o‘limlar tasodif emas. Bu fond ichidagi tozalash siyosatining bir qismi boʻlishi mumkin va janob Khan seni bu ishga aralashmasligingni istagan boʻlardi.
—Shu oʻyin ichida qolgan ammo hali oʻz tarafini tanlay olmayotgan insonman
Ertasi kuni
Janob Khanning yubileyi.
Khanning uyi hashamatli ziyofatga aylangan edi.Katta zal qandillar,oq atirgullar va shampan stakanlari bilan bezatilgandi.
Mehmonlar Koreyaning ziyoli vakillar, siyosatchilar, biznesmenlar tashkil topgan. Khan aravachada oq sochlari va o‘tkir nigohlari bilan zalni boshqarardi.Jimin uning yonida turar lekin ichidan noqulay edi.
Taehyung zalning burchagida qoʻlida shampan bilan mehmonlarni kuzatardi. Uning otasi fondning a’zosi bo‘lib, bir oy oldin sirli ravishda vafot etgan.Taehyung bu o‘limda Khanni aybdor deb bilar lekin bunga qarshi dalilsiz qolgan edi.U Khanning zaif nuqtasini qidirdi lekin bu chol anoyilardan emas.Uni zaif tarafini qidirish bu igna bilan quduq qazishdek gap edi.
Zalning muhtasham chiroqlari ostida mehmonlarning shovqini ohista akssado berardi. To‘satdan eshiklar ochildi va ichkariga bir qiz kirib keldi.
Uzun qora libosida, beligacha tushib turadigan toʻlqinsimon sochlari shamolda biroz hilpirar. Xuddi sahna markaziga chiqqan yulduzlar kabi ishonch bilan qadam tashlab kirib keldi. Uning har bir qadamida o‘ziga xos ishonch bor ammo ogohlantiruvchi kuch bilan harakatlanardi.Tun qorongʻusidek qop-qora koʻzlari olov misoli chaqnab turar nigohlarida esa qatʼiylik sezilardi.
Mehmonlar orasida pichir-pichir boshlandi “Bu Khanning nabirasi Bora” Taehyung zalning bir chekkasida qo‘lida sharob qadahi bilan jim turardi.
Uning ko‘zlari darhol Bora tomonga intildi.Nigohida qiziqish hamda xavfli bir nima miltillab oʻtdi.“Demak bu o‘sha Bora” deb qoʻydi faqat oʻzi eshitadigan ovozda.
Khanning erka nabirasi haqidagi mishmishlar uning qulog‘iga chalingan. U Boraning oiladagi o‘rni tasiri va eng muhimi, Khanning merosidagi ulushi haqida eshitgan edi.Taehyungning lablarida xavfli tabassum paydo bo‘ldi.
Jimin esa bu kutilmagan tashrifdan hayrat hissi bilan Boraga qarardi.Uning bunday to‘satdan hech kimga ogohlantirmasdan kelishi Jimin uchun kutilmagan holat boʻldi.U Bora men bobomning yubileyida qaytaman deganlari shunchaki gap hali unutib yuboradi deb oʻylagandi.
Jimin bobosi tomonga qaradi. Keksa odam aravachasida jim, ammo o‘ziga xos bir sovuqqonlik bilan o‘tirardi. Uning yuzi o‘zgarmadi faqat ko‘zlari Borani bir lahza sinchkovlik bilan kuzatdi.Khan ohista bosh irg‘ab, ovozida yillar davomida sezilmagan o‘ziga xos ogʻirlik bilan
Bora tabassum qildi soʻngra ovozida nozik bir iliq ohang bilan javob berdi
—Bobojon shunday ulugʻ yoshga yetganingiz bilan tabriklayman. Oilamni sog‘indim.Shuning uchun ogohlantirmay kelayapman aybga buyurmaysiz
Zalda olqishlar yangradi, sharob qadahlari bir-biriga ohista urildi. Jimin esa Boraning nigohidagi yashirin niyatni aniq ko‘rgandi.U bu yerda nafaqat oilaviy muhabbat uchun balki meros masaladi uchun kelgan edi.
~
O‘sha paytda hamma mehmonlar koʻngilxushlik qilishar ekan. Bir inson bu vaziyatdan foydalanib qolishni istadi. Ehtiyotkorlik bilan mehmonlar orasidan oʻtib, ikkinchi qavatga qarab koʻtarila boshladi.U yerga chiqib Khanning shaxsiy kabinentiga yashirincha kirdi. U bu yerga otasiga tegishli boʻlgan binoning hujjatlarni izlab kelgan ziyofatning shovqini tufayli hozir buning ayni vaqti deb oʻyladi.
U stol ustidagi hujjatlarni varaqlab tekshirib chiqar ekan , toʻsatdan eshitgan qadam tovushlarini va eshik oldida paydo boʻlgan soyani ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Miran bir zum dovdirab nima qilishni bilmadi turgan joyida toshdek qotib turar ekan, eshik sekin ochilib kelayotgan inson ichkariga qarab qadam qoʻydi.-Opa
Miran darhol sergak tortdi va eshik tomonga qaradi. U yerda uni singlisi Mirai katta koʻzlari bilan opasiga tikilib turardi
~
Khan Boraga shaxsiy xonasiga borishini ishora qildi. Bora esa uni ortidan bilan yurar ekan uning qadamlari zalda yangraganda xuddi shaxmat taxtasida yuradigan figuraning ovozi eshitilgandek edi. Kutilmaganda uni yo‘lida Jimin chiqdi va uni tpxtatdi.
—Jimin hozir emas keyinroq gaplashamiz Bora shunday deb bobosini ortidan uni kabinetiga yoʻl oldi. Jimin u ketgan tomonga qarab turarkan uni yuragida noaniq bir xavotir tuyg‘usi paydo bo‘lgandi
Miran pichirlab qo‘rquv bilan gapird
—Mirai bu yerda nima qilyapsan?
—Opa sizni qidirayotgandim Mirai ayiqchasini quchoqlab qo‘rqib pichirladi
Miran koridordagi ovozlarni eshitishi bilanoq singlisinibqoʻlidan ushlab ushlab stol tagiga tortdi
—Jim bo‘l Mirai. Hech qanday tovush chiqarma
Mirai bosh irg‘adi lekin qo‘llari titrardi.Miran uni tinchlantirishga urinarkan lekin eshik ochilib ichkariga aravachasida harakatlanib Janob Khan kirib keldi.U xona markaziga borganida to‘xtadi.Ammo ortiga oʻgirilmadi.
Bora uni oldida bir muddat suhbatni boshlolmay indamay turdi. Nihoyat janob Khan ortiga oʻgirilib nabirasiga yuzlandi, va unga boshdan oyoq nazar tashladi. Shu on uni ongida oʻtmish xotiralari chaqnadi
U nabirasida uning onasi yaʼni oʻz qizini siymosini koʻrar edi.Bora atigi 10 yoshida onasini yoʻqotdi. Butun dunyoning kushandasi boʻlgan, minglab yuraklarni sogʻinchga mahkum etib parcha parcha qilgan saraton atalmish xavfli kasallik mitti Boraning ham ichidagi umid chirogʻini oʻshanda oʻchirib kethan edi.
Bu daxshatli xabarni eshitganda u hali bola boʻlgan. Ammo aynan shu xabar undan bolalik muddatini vaqtidan avval tortib oldi.
Boraning otasi tajribali shifokor va jarroh boʻlishiga qaramay, ayoli kasallik bilan kurashayotgan paytida qoʻlidan hech narsa kelmay shunchaki jim turdi. U ayolini kundan-kunga ahvoli yomonlashib borayotganini, koʻzlaridagi nur soʻnib, ketish vaqti yaqin ekanligini bilib turardi. Lekin u bu holatda ojiz bir inson edi xolos. Uni saqlab qolishni chin dildan istasada bunday qilolmasdi.
Bir kun hammamiz oʻlamiz, kimlar uchundir bu najot yana kimlar uchundir esa falokat boʻladi.
Bu voqea Boraning ongida barcha shifokorlarni shu jumladan otasini ham oʻta keraksiz odam deb hisoblashga mahkum etgan.Shundan soʻng u bu insonni hech qachon ota demadi. Hech bir vaqt u uchun qaygʻurmadi. U oʻzining davom etayotgan hayot kitobi varaqlaridan otasini ismini butunlayga oʻchirdi.
Bubesa janob Khanga qoʻl kelgan edi. Borani oʻzi asrab oldi. Janob Khan Doyun Koreya nufuzli biznesmenlaridan biri katta imperiya asoschilaridan edi.Toʻgʻri u Boraning bobosi lekin hech qachon oddiy boboning nabirasiga beradigan mehrga ega boʻlmagan. Bora uchun u bolaligidan beri xaloskor, lekin ayni vaqtda unga eng koʻp zarar yetkazgan odam ham edi.
Khan nigohlarini Boradan uzmay gap boshladi
Bora sukut saqladi
—Hali ham oʻzingni aybdor his qilyapsanmi Khan ovozida masxara ohangida gapirdi
—Ha oʻtgan safar xato qildim. Sizning ishonchingizni qaytarmoqchiman
—Seni kechiraman lekin bir shart bilan
—Qanday shart? Bora uning ko‘zlariga tik qarab soʻradi
Bazm davom etar ekan, Janob Minseok tinmay mehmonlar orasidan kimnidir izlardi. Oxiri topa olmagach Jiminni yoniga chaqirib soʻradi
—U qizingiz bilan gaplashiyapti oʻylashimcha men u yerda ortiqcha boʻlsam kerak
—Lekin hozir bobong bu yerda kerak. Bu juda muhim fond masalasiga aloqador narsa uni olib kel.
Jimin bobosini xonasi oldiga borib uni taqillatmoqchi edi hamki ichkaridan kelayotgan ovozlar uni harakatlarini cheklab qoʻydi
Ichkarida erkak oʻsha sovuq ohangda gapini davom ettirardi
—Sendan nimaiki talab qilmay bajarasanmi ?
Bora hech ikkilanmay qaʼtiylik bilan javob berdi
—Men siz uchun familiyam hatto otamdan ham vos kechganman nimaiki soʻramang albatta bajaraman
Erkak nabirasiga boshdan oyoq qaradi, bu qiz unga qizidan qolgan yodgorlik, lekin ayni damda oʻz maqsadlariga yetishi uchun kerakli vosita ham edi
-Men Janob Kangga turmushga chiqishingni istayman
Shu payt, birdan eshik qattiq ochildi va u yerda turgan Jimin boshqa chidolmay ichkariga otilib kirdi. U hozirgina eshitgan gaplaridan gʻazabga toʻlgan, ko‘zlarida isyon tuyg‘usi alangalanib yonardi.
—Bu nima deganingiz, bobo?!
Axir u otamiz tengi odam-ku! Singlimga buni qanday ravo ko‘ryapsiz?!
Yigit gʻazab bilan kaftlarini mushtlagancha aravachadagi bobosiga yuqoridan turib oʻshqirar ekan erkak unga eʼtibor bermay xotirjamligini yo'qotmagan holda qizga qaradi. Bora esa joyidan qimirlamadi kiprik qoqmasdan bobosiga yuzlandi
-Men roziman unga turmushga chiqaman
U singlisiga yaqinlashdi, lekin Bora nigohini undan olib qochdi.
—Sen buni xohlamaysan toʻgʻrimi?!
Khan Jiminga qaradi ovozida nafrat
— Jimin sen bu masalaga aralashadigan darajadagi emassan.Bora mening so‘zimni tushunadi.
Boraning ko‘zlari qat’iy u Khanning ishonchini qozonish uchun bu qadamni qo‘yishi kerak edi. Lekin Jiminning g‘azabi uni bir lahza o‘ylantirdi.
Shu payt xonada toʻsatdan bir ovoz eshitildi hammalari birdaniga ovoz kelgan tomonga qarashdi. Lekin Jimin u yerda nima borligini aniq koʻrgandi.
Oʻyinchoq ayiqchasi stol tagida polda yotardi.Jimin unga tikilib bu oʻyinchoq kimga tegishli ekanini eslaganida hushyor tortdi va ortiga oʻgirildi.
U stolni atrofini aylanib oʻtib yerga egildi, va u yerda oʻtirgan Miran va Miraiga koʻzi tushdi. Mirai qoʻrqib ketgan Miran esa uni ogʻzini qoʻli bilan berkitib titrab oʻtirardi.
Bora ham oʻsha tomonga yaqinlashdi. Lekin Jimin keskin oʻrnidan turib uni yoʻlini toʻsdi.
—Ruchka u yerga tushib ketipti
Janob Khan tanqidiy koʻz bilan unga qaraganida Jimin vaziyatni oʻnglash uchun bahona qidira boshladi.
—Bobo aytgancha men bu yerga sizni chaqirish uchun kelgandim. Janob Kang fond masalasida siz bilan gaplashmoqchi ekan. Sizni izlayotgandi.
—Nega shuni ertaroq aytmading? Yur Bora seni ham u bilan tanishtiraman
Ular zalga qaytishdi Khan tashqariga chiqishi bilan uni bir dunyo mehmonlar oʻrab oldi va u Boraga ketaver deb ishora qildi.
Ziyofat davom etardi.Bora zalning chetida turib odamlarni kuzatar, Khanning unga qoʻygan sharti uni biroz oʻylantirdi.
Janob Kang 45 yoshlardagi erkak lekin Bora meros uchun bu o‘yinga kirishi kerak.
Kutilmaganda Taehyung uning oldida paydo bo‘ldi. U qora kostyum kiygan qoʻlida shampan qadahi bor ushlagan. U Borani birinchi marta ko‘rishi lekin uning Khanning nabirasi ekanini bilgan edi
Taehyung otasining o‘limi uchun Khandan qasos olmoqchi va Bora bu rejaning kaliti bo‘lishi mumkin..
—Siz Borasiz to‘g‘rimi? Taehyung engil tabassum bilan dedi
—Siz kimsiz? u sovuq va mensimagan ohangda soʻradi
—Kim Taehyung.Men fondning a’zosiman.
— Sizni ko‘rganimdan xursandman.
Bora qo‘lini uzatmay faqat unga qaradi.
—Shunchaki tanishmoqchi edim.Lekin nailoj Khanning erka nabirasi bilan tanishish har kimga ham nasib qilavermas ekan
— Agar fond haqida gaplashmoqchi bo‘lsangiz bu mening ishim emas.
Taehyung unga yanada yaqinlashdi, deyarli qulogʻi oldiga kelib shivirladi ovozi past edi.
—Men fond haqida emas Khan haqida gaplashmoqchiman. U sizni qanday boshqaradi bu menga juda qiziq.
Bora qotib qoldi, lekin javob berdi
—Meni hech kim boshqarmaydi.Khan esa u shunchaki meni bobom.
Taehyung tabassum qildi.
—Ko‘ramiz Bora. Bu ziyofat... juda qiziq bo‘ladiganga oʻxshayapti...