May 28, 2025

𝐎𝐆'𝐔

𝐾𝑂'𝑃𝐼𝑁𝐶𝐻𝐴 𝐸𝑁𝐺 𝑌𝐴𝑄𝐼𝑁 𝑂𝐷𝐴𝑀𝐿𝐴𝑅𝐼𝑀𝐼𝑍, 𝐸𝑁𝐺 𝑋𝐴𝑉𝐹𝐿𝐼 𝑋𝐼𝑌𝑂𝑁𝐴𝑇𝑁𝐼 𝑄𝐼𝐿𝐼𝑆𝐻𝐴𝐷𝐼. 𝐸𝑁𝐺 𝑆𝑂𝑉𝑈𝑄 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 𝐸𝐺𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼 𝐸𝑆𝐴 𝑄𝐴𝑆𝑂𝑆𝑁𝐼 𝑈𝑆𝑇𝐴𝐿𝐼𝐾 𝐵𝐼𝐿𝐴𝑁 𝐴𝑀𝐴𝐿𝐺𝐴 𝑂𝑆𝐻𝐼𝑅𝐴𝐷𝐼𝐿𝐴𝑅.

𝑺𝑬𝑵 𝒀𝑶𝑽𝑼𝒁 𝑶𝑫𝑨𝑴𝑺𝑨𝑵 𝑫𝑬𝑴𝑨𝑵𝑮 𝑴𝑬𝑵 𝑺𝑯𝑼𝑵𝑪𝑯𝑨𝑲𝑰 𝑩𝑶𝑺𝑯𝑸𝑨𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵 𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑼𝒀𝑮'𝑶𝑵𝑮𝑨𝑵𝑴𝑨𝑵

Ep-6
—Sen?!

Minseok bir muddat nima deyishini bilmay kalovlanib qoldi. Qarshisida turgan oʻgʻlini koʻrib nima uchun bu yerda ekanligini taxmin qildi. Kecha ularga Miranga uylanaman deganda Jiminni nigohidagi qarshilikni sezgandi lekin bu darajaga kelishini yetti uxlab hayoliga ham keltirmagan edi.

Jimin hech narsa demadi shunchaki yoʻlni boʻshatib otasi ichkariga kirishi uchun joy berdi. Minseok tuman kabi tarqagan hayollarini tezda yigʻib mehmonxona tomonga shoshildi. U yerda Miran divanda parishon holatda oʻtirar edi. Minseok kelayotganini koʻrib darhol oʻrnidan turdi.

—Janob..

—U bu yerda nima qilyapti? Miran seni ahvoling yaxshimi? U senga hech narsa demadimi?

U Miranga yaqin kelib ikki qoʻli bilan uni yelkalaridan ushlab oʻziga qaratdi.

—Yoʻq.. yoʻq hech narsa boʻlmadi men yaxshiman

Minseok oʻtkir nigohlari bilan Jiminga yuzlandi ayni damda Jimin ham otasiga xuddi shunday munosabat bildirayotgan edi.

Minseok oʻtkir nigohlari bilan Jiminga yuzlandi ayni damda Jimin ham otasiga xuddi shunday munosabat bildirayotgan edi. Minseok ortiq gap soʻz qilib oʻtirmay nikoh hujjatlarni stol ustiga tashladi...

—Bu nima?

Minseok oʻgʻlini savolini eʼtiborsiz qoldirib kostyumining yon choʻntagidan sharikli ruchka chiqardi va uni Miranga tutqazdi.

—Hammasi tayyor Miran unga imzo qoʻysang biz sen bilan qonunan er xotin boʻlamiz.

—Ota?!

Miran bir Minseokning qoʻlidagi ruchkasiga yana bir Jiminning yuziga qarab nima qilarini bilmay ikki oʻt orasida qolgandi. Soʻng sekin qoʻlini Minseokning ruchka ushlagan holatda unga yoʻnaltirgan qoʻli tarafga uzatdi. Barmoqlaridagi yengil titroqni sezmasdan iloj yoʻq edi. Ruchkani qoʻliga olib hujjatlarni imzolamoqchi boʻldi.

Jimin ularga savol nazari bilan qaradi.

—Nima qilyapsan ahmoq qiz?

Jiminning qoshlari chimirildi. Qoʻllari mushtga aylandi. Peshonasidan koʻm koʻk rangda tomirlar boʻrtib chiqa boshladi. Tezda otasini kesib oʻtib Miranga yaqinlashmoqchi edi ammo Minseok abjirlik qilib uni yoʻlini toʻsdi.

—Yoʻlimdan qoching...

Jimin otasini aylanib oʻtmoqchi boʻlgan ham ediki Minseok Jiminni yoqasidan mahkam ushlab oldi.

—Oʻzingni bos!

Jimin otasini qoʻlidan ushlab siltab oʻzini uni changalidan ozod qildi.

—Menga teginmang! Miran sen ham darhol bu maynavoschilikni yigʻishtir

—Bu maynavoschilik emas, nega endi shunchalar bezovta boʻlayapsan. Senga nima aloqasi bor ishni

—Aloqasi bor!...

Jiminni oʻzi ham jahl bilan bor ovozida baqirib yuborganini sezmay qoldi. Boʻlayotgan shovqin surondan narigi xonada uxlayotgan Mirai ham uygʻonib ketdi. Miran ham qoʻlidagi ruchkani hujjatga yoʻnaltirgancha oʻsha yerda tosh qotib Jiminga qaradi.

—Miran.. Meni eshit iltimos.. Bunday qilolmaysan... Menga buni ravo koʻrolmayman..

Jimin biroz oʻzini bosib oldi. Iloji boricha yumshoqroq ohangda sekin gapirishga harakat qildi. Birinchi martta zaifligini koʻrsatayotgan oshiqdek harakat qila boshladi.

—Bu ishing xato..
U.. u meni otam.. Sen turmush qurmoqchi boʻlgan erkak meni otam boʻladi.

U toʻxtab qoʻllarini asabiy tarzda sochlaridan oʻtqazdi.

—Menga buni ravo koʻrolmaysan.. Men seni sevaman axir...

Miran Jiminning gaplaridan bir zum hayratda qoldi. Jimin esa soʻzlarini davom ettirdi.

—Toʻgʻri balki avvalroq senga bu haqida aytmagandurman. Buning uchun sendan uzr soʻrayman. Otangni vafotidan soʻng hali bunday narsaga tayyor emassan deb oʻylagandim. Lekin seni birinchi koʻrgan kunimoq, bu yerimda,( qoʻlini yuragiga qoʻyib) senga nisbatan iliq tuygʻularni his qilgandim. Lekin sen bularni yoʻq qilolmaysan boshqa erkak bilan yana oʻz otam bilan birga boʻlolmaysan.

Jimin jon kuydirib gapirar ekan Miran uni ovozidagi ichki ogʻriqni sezib turardi. Jimin mutlaqo rost gapirayapti. U yolgʻon gapirolmaydi ayniqsa bunday tuygʻular haqida gap ketganida. Miran ham nima qilishini bilmay bir zum qotib qoldi. Jimindan umuman bunday tuygʻular izhorini kutmagandi. Bir muddat Jiminning mungli nigohlariga qaradi keyin eʼtiborini Minseokga qarab yoʻnaltirdi.

Ogʻir yutinib qoʻydi qoʻlidagi ruchkasi sezilarli darajada titray boshladi. Jimin unga hayrat bilan boqib turgan otasiga eʼtibor bermay Miranga yaqinlashdi va qoʻlini uni qoʻlidagi ruchkaga choʻzdi. Avvaliga Miran ham hech qanday qarshilik qilmadi. Soʻng mehmo

nxonaga uyqusirab kirgan singlisiga koʻzi tushdiyu birdan elektrdan kuygan odamdek qoʻlini Jimindan uzoqqa tortib oldi.

Jimin hech narsaga tushunmay atrofga qaraganida Mirai Minseokning oldiga borib olgandi Minseok qizchani sochlaridan silab keyin sekin bagʻriga oldi. Miran esa ohirgi kuchini toʻplab turib qoʻlidagi hujjatga darhol imzo qoʻydi.

Miran qo‘lidagi ruchka bilan hujjatga imzo qo‘yganida xonada birdan chuqur sukunat cho‘kdi. Ruchkaning qog‘ozga tegib chiqargan ovozi xonadagi yagona va bezovta qiluvchi tovush edi. Miran boshini ko‘tarmay qo‘llari titrab ruchkani sekin stol ustiga qo‘ydi. Uning ko‘zlari hali ham hujjatda edi go‘yo u o‘z qaroridagi qiyinchilikni endigina anglab yetayotgandek.

Jimin bir lahza tosh qotib qoldi. Uning ko‘zlari katta katta ochilib Miranga hayrat va og‘riq aralash nigoh bilan qaradi. Peshonasidagi tomirlar yanada bo‘rtib yuzidagi g‘azab va nochorlik tuyg‘ulari bir-biri bilan aralashib ketdi.

U bir qadam oldinga tashladi lekin otasining o‘tkir nigohi uni joyida to‘xtatdi.

— Miran...

Jiminning ovozi bo‘g‘iq chiqdi go‘yo uning ichidagi hamma narsa parchalanib ketayotgandek edi.

— Buni qanday qilding?

Miran sekin boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari namlanib lekin yig‘lay olmasdan turgandi. U Jiminga qarashga jur’at eta olmadi, chunki uning nigohidagi og‘riqni ko‘rishga chidolmasdi. O‘rniga u singlisi Mirai tomon burildi. Mirai Minseokning bag‘rida turar, uning kichkina qo‘llari Minseokning ko‘ylagini mahkam ushlab olgandi.

— Men... Men buni qilishim kerak edi Jimin

Jiminning qoshlari chimirildi. U Miranning so‘zlarini eshitib bir zum uni holatini tushunishga harakat qildi lekin ichidagi g‘azab tuygʻusi uni harakatlariga xiyonat qilayotgandi. U otasiga o‘girildi nigohlarida yillar davomida yig‘ilib kelgan nafrat va norozilik alangaladi.

— Siz...

Jimin otasiga qarab, tishlari orasidan shivirlab gapirdi.

— Siz uni majburladingiz shundaymi? Unga boshqa yo‘l qoldirmadingiz!

Minseok sovuq tabassum bilan javob qaytardi. Uning ovozida hech qanday iztirob yoki pushaymonlik yo‘q edi.

— Jimin o‘zingni yosh boladek tutma. Miran o‘z xohishi bilan imzo qo‘ydi. U oʻzini kelajagini tanladi. Sen esa... Sen shunchaki o‘tmishda qolib ketding.

Jiminning mushtlari yana siqildi. U Miranga qaytadan qaradi go‘yo undan bir so‘z hech boʻlmaganda bir ishora kutayotgandek. Ammo Miran sukut saqladi. Uning ko‘zlari pastga qadalgan boʻlsa ham yelkasidagi titroq uning ichki kurashini yashira olmadi.

— Miran aytchi bu rostmi?

Jiminning ovozi endi iltijoga o‘xshardi.

— Sen haqiqatan ham shunday qaror qildingmi? Meni... bizni shunchaki yo‘q qildingmi?

Miran nihoyat boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari yoshga to‘lib, lekin ovozida qat’iyat sezildi.

— Jimin kechir meni. Men seni tanlay olmayman... Sen yaxshi odamsan lekin bu men va Mirai uchun yetarlicha harakat qila olishingni anglatmaydi. Unga barqaror hayot kerak. Men singlimni ota-ona mehridan mahrum qila olmayman.

Jiminning yuzi oqarib ketdi. U bir qadam orqaga chekindi go‘yo Miranning so‘zlari uni yuragiga pichoq sanchgandek. U otasiga bir nigoh tashladi so‘ng Mirai tomon qaradi. Kichkina qizchaning begunoh ko‘zlari uni yuragida chuqur iz qoldirdi.

— Demakshundaymi? Sen uni tanlading. Otamni tanlading.

Jimin so‘nggi marta Miranga qaradi go‘yo uning yuzini xotirasiga muhrlab olmoqchi boʻlgandek. So‘ng hech narsa demay eshik tomon yurdi. Uning qadamlarida g‘azab ham og‘riq ham sezilib turardi. Eshik ochilib u xonadan chiqib ketdi. Xona yana sukunatga burkandi.Minseok Miranga yaqinlashdi va uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

— To‘g‘ri qaror qilding Miran. Endi hammasi yaxshi bo‘ladi.

Ammo Miran javob bermadi. Uning ko‘zlari hali ham eshik tomon qadalgan edi go‘yoki Jiminni ketishi bilan uni yuragining bir bo‘lagi ham yoʻqolgandek edi. Mirai sekin opasining yoniga kelib kichkina qo‘lini uning qo‘liga qo‘ydi. Miran singlisining qo‘lini mahkam ushladi va koʻzyoshlarini yashirdi

~

Operatsiya xonasining eshiklari yopilganida Hari koridorning sovuq devorlariga suyanib yerga oʻtirib qoldi.

Uning ko‘zlari yoshga to‘lib qo‘llari hali ham opasining qoniga bulgʻangandi. U o‘zini aybdor his qilardi opasini himoya qila olmagani bu fojiali lahzaga yo‘l qo‘yganini o‘ylardi.

Koridorda Suganing qat’iyatli ovozi eshitilib turardi u hamshiralarga ko‘rsatmalar berar operatsiya xonasini tayyorlashga shoshardi. Ichkaridagi bemor bir muddat oldin aybdor mahbus undan oldin hamshira hisoblangan qiz Harfining opasi Soojin operatsiya stolida yotardi.

Skalpel arteriyaga chuqur kirib qon oqimini to‘xtatish deyarli imkonsiz holga keltirgandi. Suga jarroh sifatida o‘zini yig‘ib olib pichoqni joyidan chiqarmasdan qon oqimini toʻxtatishga muvaffaq boʻldi, soʻng skalpelni ehtiyotkorlik bilan olib tomirini tikib qoʻydi. Uning qo‘llari tez ishlar, ehtiyotkorlik bilan harakat qilar lekin yuzidagi taranglik uning ham bu vaziyatdan xavotirda ekanligini yashira olmasdi.

Koridorda esa hamshiraga hujum qilgan ayol zobitlar qo‘lida hali ham tipirchilardi. Uning ko‘zlari g‘azab va muvaffaqiyat tuyg‘usi bilan porlardi ammo ichida noaniq bir bo‘shliq sezish qiyin emasdi. U zobitlardan birining qo‘lidan ozod bo‘lishga urinarkan birdan bor ovozda qichqirdi

— U mening farzandimni o‘ldirdi! U o‘lmasa men ham tinchlanmayman!

Zobitlar uni tinchlantirishga urinib qattiqroq ushlashdi.Shu on ayolning ko‘zlari Hariga tushdi u hali ham koridorda o‘tirardi. Birdan ayolning yuzida g‘alati bir ifoda paydo bo‘ldi go‘yo u qizning og‘riq chekayotganini ko‘rib o‘z harakatlaridan bir zum mamnun boʻldi.

— Sen... seni opang qotil edi, ayol Hariga qarab ovozi biroz pasayib gapirdi.

Hari javob bermadi. Uning ko‘zlari faqat operatsiya xonasining eshigi tomonga qaratilgan edi. U hozir faqatgina opasining omon qolishini bu dahshatli tushning tezroq tugashini istardi.

Operatsiya xonasida Suga nihoyat arteriyani oxirigacha tikishga muvaffaq bo‘ldi shunga qaramay hamshiraning ahvoli og‘ir edi. U nafas olishi zaiflashib pulsatsiyasi sekinlashayotgan edi.

— Reanimatsiya xonasi va kerakli jihozlarini tayyorlang.

Koridorda Hari sekin o‘rnidan turdi. U ayolga yaqinlashdi ko‘zlari yoshga to‘la boʻlsada ovozida g‘alati bir sovuqqonlik sezildi

— Agar opam aybdor bo‘lsa u jazosini oladi. Ammo agar u begunoh bo‘lsa... seni qo‘lingdagi qon hech qachon yuvilmaydi. Qilgan ishingdan pushaymon boʻlishingni oʻzim kafolatlayman. Zero qonga qon jonga jon demakdur

Ayolning ko‘zlari Harining nigohlarida bir nima izladi lekin javob topa olmadi. U sekin boshini pastga tushirdi va jim qoldi.

Operatsiya nihoyasiga yetib Suga tashqariga chiqar ekan Hari ham darhol uni yoniga shoshdi

—Opam.. uni ahvoli..

—U tirik lakin hali bir nima deyishim qiyin u.. u.. koma holatiga tushib qoldi.

Hari eshitgan gaplaridan dahshatga tushdi

—Koma??

—Afsuski shunday xonim.

Sugani Harini chetlab oʻtar ekan Hari butunlay turgan joyida muzlab qoldi. Opasini reanimatsiyaga olib ketishlarini eshitdi lekin uni oldiga oʻzi bora olmadi. Boʻlib oʻtgan voqealarning baridan bexabar edi u.

Boyagi ayol farzandini oʻlimida Soojinni ayblagani Harining hayolidan ketmasdi. Keyin toʻsatdan zobitning seni opang 10 bemorni oʻldirgan degan gaplari yodiga tushdi. Agar u haqiqatni bilmasa tinchlana olmasligini his qildi va oʻrnidan turib Sugani xonasiga yoʻl oldi. Eshik tagiga yetganida ichkarida davom etayotgan suhbat uni oʻsha yerda jim tinglashga majbur qildi.

—Hamma hujjatlarga Minho imzo qoʻygan hamshira Soojin esa bularni har kunlik dorilar deb bemorlarga bergan

Ichkarida Suga va Hari uchun notanish boʻlgan bir insonning ovozi kelardi. Ular aynan Harining opasini taqdiri haqida soʻzlashishyapti.

—Lekin nima qila olamiz?Agar bu ishda Khanning qoʻli boʻlsa Minseok ham hech narsa qilolmaydi.

—Lekin u aytdiki Minhoni izini izlab toparkan bu ish bilan oʻzim shugʻullanaman dedi.

—Biz ham jim qarab turolmaymizku

—Sen Borani kondira oldingmi? Qizda ham yetarlicha aloqalar bor faqat oʻzimiz tomonga ogʻdirishimiz kerak.

—Koʻnmayapti nima qilay? Aftidan qiz uchun otasi hech kim faqat bobosini tan oladi yoki uni faqatgina meros qiziqtiradi.

—Taehyung bir narsani bilishing kerak.

Khanga qarshi turmoqchi ekansan uni zaif nuqtasini topishing kerak lekin avvalambor unga qarshilik qilish uchun yetarlicha qudrat ham kerak

Ayni damda Bora bobosining uyida edi. Khan ham kasalxonadagi yangilikdan xabardor va aynan fondning egasi sifatida shu ishni bartaraf qilish uchun yugurib yurgandi. Bora bu yerga kelganiga 2 soatdan oshdi ammo hali ham bobosidan darak yoʻq. Qiz bu yerda Kang bilan nikoh toʻylarini tezlashtirish gʻoyasi bilan kelgandi. Agar xuddi bugungidek koʻngilsizliklar sodir boʻlaversa bu Boraning merosdan ulushiga ham taʼsir oʻtkazmay qolmasdi.

Qiz mehmonxonada asabiy tarzda uyoqdan buyoqqa yurar ekan birdan old eshikning ochilishi qizni joyida toʻxtashga majbur qildi. Eshikka koʻz tashlab sinchkovlik bilan kuzatar ekan u yerda bobosi paydo boʻlishini kutardi. Lekin uning bobosi yolgʻiz kelmadi. Uni yonida janob Kang ham bor edi.

Janob Kang eshikdan ichkariga kirar ekan doimgidek qadamlarida oʻziga boʻlgan ishonchi sezilib turardi.Khan ichkariga kirib nabirasig akʼzi tushganida yuziga sezilar sezilmas tabassum yugurdi.

—Buni qaraya biz ham aynan sizlar haqingizda gaplashgani kelgandik.

—Buni eshitganimdan xursandman bobojon, men ham shu masala boʻyicha bu yerga keldim.

Bora gaplarini yakunlar ekan yoniga bobosining aravasini ortidan boshqarib janob Kang ham keldi. Qiz ularning ikkisiga ham taʼzim qilib hurmat bajo keltirdi.

—Unda bugun hammasini gaplashib olamiz.

Khanning buyrugʻi bilan ularning uchalasi ham mehmonxonadagi divanda joy olishdi

Davomi bor...
Muallif : Eunji
Kanal : @bangtan_ff_shop_menu

Diamond reak bosib fikr yozilar. Fanficni oʻqiyotgan boʻlsangiz 2 ogʻiz fikr yozib keting.