Ilonlar qiroli oshiq boʻlgan qiz
Ilonlar juda havfli hayvonlar ammo ularga tegmasang senga tegmaydi ammo bir qizning tushlarida faqat Ilonlar uni tinch qoʻymasdi.Doim tushlariga kirar "Tezroq kel"deb qichqirardi.
Shunday tushdan qiz yana uygʻonib ketdi.
Hikoyamiz qahramoni ham aynan shu qiz Kim Eunjoo doim Ilonlarni koʻradi shuning uchun ham ilonlarga nisbatan mehr uygʻongan .
U bir kuni sayohat qilayotganda oʻrmonda yaltirab turgan bir narsani koʻrib qoladi va hamma daxshatlar aynan oʻsha kundan boshlandi u topgan uzuk Ilonlar qirolining oʻlgan rafiqasi tegishli edi.
Ammo Eunjoo bularni bilmasdi.Shuning uchun ham uzukni qoʻliga taqdi va Ilonlar qirolining xotinini ruhi Eunjooning ichiga kirdi.
Ammo Eunjoo buni sezmadi va uyiga qaytdi.Chunki u hali juda yosh edi.
Oʻsha kechasi u oq rangli ilonni koʻrdi u ilon juda chiroyli edi orqalarida esa tilla rang naqshlari bor edi.
Eunjoo erta tongdan oyisini quchoqlab oldi va nonushta tayyorlashga yordam berdi.
Eunjoo: Oyijon men oʻn besh yoshimdan beri ilonlarni koʻraman va endi oʻn sakkiz yoshdaman.
Eunjoo:Men hamma ilon turini o'rganib chiqdim afsuski men izlagan ilon yo'q ular ichida oyijon.
Beshta zahari odamni oʻldiradigan ilonlar bor ekan.
Taypan ketma ket yetti marta chaqadi va qurboni halok boʻladi.
Qora manba ikkinchi oʻrinda turadi soatiga 20km tezlikda harakatlanadi shu harakatlari davomida 21kishini oʻldiradi.
Qirol kobra uchinchi oʻrinda turadi u ham juda zaharli .
Hatto bir orol haqida eshitgandim u orolda faqatgina ilonlar yashaydi va bitta mayoq joylashgan.
U yerga borgan odam sogʻ chiqmaydi ikki soatda oʻladi.
Men ilonlarni oʻrgandim ammo juda ko'p narsalar sodir boʻldi 3yildan buyon men faqat Ilonlarni koʻrdim ammo men tushimdagi ilonlarni hech birini topa olmadim.
Endi soʻnggi manzil qoldi u ham boʻlsa ilonlar surgun qilingan joy oʻsha yerga borib Albatta hammasini aniqlashtiraman.
Eunjoo/O:Bu juda xavfli qizim ilonlar juda tajovuzkor agressiv hayvonlar ular ovqatlanish uchun hamma ishni qiladi avraydi bilasanku buni .
Eunjoo:Ha bilaman ammo baribir ketaman barcha jumboq kaliti oʻsha togʻda oyijon men narsalarimni yigʻaman va ketaman iltimos meni toʻxtatmang .
Chiptalarni allaqachon olib boʻldim endi soʻnggi kalit qoldi men albatta qaytaman oyijonim oʻzimni.
Shunday deb Eunjoo narsalarini joyladi chodir oldi va yana juda koʻp narsalar.
Oyisi bilan hayrlashib taksiga oʻtirdi va Airaportga yetib keldi.Roʻyxatdan oʻtgach kutish zaliga chiqdi va yana Ilonlar haqida oʻqiy boshladi birdan baqir chaqir boshlandi kimdir ilon deb baqirdi.
Eunjooning etiborini tushidagi ilon qaratdi Eunjoo ilonning ortidan yugurdi va qandaydir tuynukka koʻzi tushdi va oʻsha yerga kirib oldi ilonning izidan va u shunchaki hayron boʻlib qoldi chunki bu ilonlar saltanati edi ammo hammasi insonlar koʻrinishida .
Eunjoo shunday hayollar bilan yurar ekan ortidan kelgan ovoz uni qoʻrqitdi.