School love
Taehyung sekin Jungkookga yaqinlashdi yuzida sovuq va o‘ynoqi tabassum.
Taehyung: Sen yangisan, lekin o‘ylaganimdan jasur ekansan. Bu yerda hamma mendan qo‘rqadi. Sen esa aksincha? Shunchalar axmoqmisan? Yoki olov bilan oʻynashayotganingni bilmayabsanmi?
Jungkook: Sen bilan oʻynashishga vaqtim yoʻq. Kimliging bilan esa ishim yoʻq. Hamma kabi oʻquvchisan. Katta va boy boʻlganing hech nimani oʻzgartirmaydi. Qoch yoʻldan
Taehyung: Demak, sen o‘zingni kuchli deb o‘ylaysan?
Menga qarshi chiqa olaman deb oʻylaysanmi?
Jungkook: Men hech kimga egilmayman. Sen bo‘lsang
faqat qobig‘i chiroyli bo‘lgan bekorchi odam.
Taehyungning tabassumi yanada kengaydi.
Taehyung: Men har doim qo‘pollik qilganlarni jazolayman. Ammo... sen boshqacha ekansan. Menga qarshilik qilishing... g‘alati his qoldiryapti.
Jungkook: Meni sinashga urinma. Men o‘yinchoq emasman va Sen bilan ishim yoʻq
Taehyung: Balki sen... bu o‘yin uchun mos odamsan.
Jungkook: Nima deyapsan o‘zi?
Taehyung: Men seni sindirishni xohlardim. Lekin... sen meni qiziqtiryapsan.
Jungkook: Sen menga faqat g‘azab bag‘ishlayapsan.
U shunday deb ryukzagini olib, keskin eshikni ochib chiqib ketdi.
Taehyung uning ketayotgan qadamlariga qarab, sekin jilmaydi.
Taehyung pov: Qiziq... U boshqacha. Juda boshqacha.
Jungkook esa gʻazab bilan sinfxonadan chiqib ovozlashtirish zaliga bordi.
Jungkook pov:
Axmoq darsdan qoldirdi telba. Kelishgan boʻlsa ham aql yoʻq. U qanday oʻyinni aytdi. Jimin aytgandek u bilan oʻchakishmasam boʻlarkan jin ursin. Endi boshim balodan chiqmaydi. Tinchgina yursam boʻlmasmidi.
Jk oʻzini koyib ovozini sozlab oʻzi yozgan qoʻshiqni kuylab ovozlashtirib ancha tinchlandi.
Jimin sinfdan chiqqach yuragi tez ura boshladi. O‘sha payt qarshisidan Yoongi chiqib qoldi.
Yoongi: Yana sen? Meni koʻrib yana tilingni yutdingmi?
Jimin unga qaradi gapira olmadi.
Yoongi: Meni yoqtirasan. Bilaman.
U birdan Jiminning bilagidan ushlab uni bo‘sh turgan bir xona tomon sudradi.
Jimin: Yoongi... nima qilayapsan?
Yoongi: Menga qaragin. Sen meni yoqtirasan. Nima desam nima qilsam baribir rozisan to‘g‘rimi?
U sovuq nigoh bilan asta Jimin tomonga yurdi.
Jimin: Yo‘q... bu to‘g‘ri emas...
Yoongi: Demak, rad etasanmi? Meni sovuq yuragimni qabul qilolmaysanmi?
Jimin orqaga tisarildi. Yoongi esa sekin unga qarab kuldi ammo bu kulgi iliq emasdi.
Jimin: Qabul qilganman ammo bu yoʻl bilan emas.....
Yoongi unga ayyor tabassum bilan jim yaqinlashardi. Jimin esa orqaga tisarilib devorga qadaldi...
Yoongi Jiminni oʻziga tortib qoʻpol boʻsa ola boshladi Jiminni bundan umurtqapogʻonasi qaltiradi. Yoongini itarishga urindi ammo Yoongi Jiminni qattiq ushlab oʻziga birlashtirib turardi. Jimmin belidan qattiq siqib olgani sabab Jimin qimirlay olmasdi. Sovuq qoʻpol lablar issiq pushti mayin lablarni egallagandi. Bu boʻsa qoʻpol boʻlsada yoqimli his uygʻotardi. Jimin bu xolatdan oʻzini kamsitilayotgan his qilsada bu boʻsa unga yoqayotgandi. Chunki uning sevgan insoni undan birinchi boʻsasini olayotgandi. Jiminga bu boʻsa yoqayotganini sezgan Yoongi birdan oʻziga kelib uzoqlashdi.
Yoongi: ajoyibsan bilasanmi shuni? Sodda va axmoqsan sendan foydalanmoqchiman shunga ham rozisan.
Jimin: Sen...
Yoongi: gapirishni hojati yoʻq. Shunchalar sevasanki xatto senga teginsam ham etiroz bildirmaysan. Men pastkash emasman. Bu boʻsani esa unut.
Yoongi shunday degancha sovuqlik bilan xonadan chiqib ketdi.
Jimin: seni qanchalar sevaman xatto gʻururimdan kechaman. Bu boʻsani esa aslo unutmayman. Jimin boʻsh xonaga shunday degancha yana tabassum qilib xonadan chiqdi.
Bu yoqda Yoongi nima qilib qoʻyganini anglash uchun tomga chiqqandi u yerda Taehyung oʻtirardi. Yoongi gaplashishni xoxlamasdi u bunday xolatda jim qolishni avzal koʻrardi. Taehyungni oldiga borib oʻtirib qulogʻiga quloqchinni taqib musiqa eshitib jim oʻtirdi. Taehyung esa Yoongini bu xolatini tushunib jim qoldi. Va oʻz hissiyotlarini jilovlashga urinardi.
Namjoon ikkala doʻstini topolmagach sinfga qaytishga qaror qildi. Ammo sinfda Seokjinni masxara qilishardi.
Jin parta ortida jim o‘tirardi. Bir nechta yigitlar unga kulib qarashdi.
Bola 1: Ey kitob qurti, yana yolg‘iz o‘qiyapsanmi?
Bola 2: Uni qaranglar, onasining bolasiku!
Ular Jinning kitoblarini tortib olib polga otishdi.
Jin: Iltimos... bunday qilmanglar.
Bola 3: Yig‘lamaysanmi? Bunchlar ojizsan. Sen bu maktabda oʻqishga loyiq emassan.
Bola 2: sen yetimcha va kambagʻal chuvrindisan.
Ular kulishardi. Shunda birdan eshik ochildi.
Namjoon kirib keldi. Uning ko‘zlari g‘azabdan yonardi.
U ortiq chiday olmadi.
Namjoon: Kim senlarga huquq berdi bunday qilishga ?
Bola 1: Nima qilasan? Himoya qilmoqchimisan?
Namjoon unga yaqinlashdi va birdan zarba berdi.
Bola 1: Ahh!
Qolganlari ham unga qarshi chiqdi lekin Namjoon ularni ham qattiq urdi. Ularning og‘zi-burnidan qon keta boshladi.
Jin: Namjoon! Tinchlan, iltimos!
Jin uning qo‘llaridan ushladi, lekin Namjoon o‘zini qo‘yib yubormasdi. Juda gʻazablangan edi.
Namjoon: Ular seni masxara qilishdi! Men bunga toqat qilmayman!
U oxirgi zarbani berib, nihoyat to‘xtadi. Nafasi tez-tez kelardi.
Jin: Yetar... iltimos.
Namjoon Jin tomon qaradi. Uning ko‘zlarida nafrat emas, balki og‘riq va himoya qilish istagi bor edi.
Namjoon: Men seni hech kimga haqorat qildirmayman. Hech qachon.
Jin unga qaradi. Yuragi tez ura boshladi.
Jin (pov): U meni shunchalik himoya qilayaptiki... Men nima qilishimni bilmayapman.
Namjoon chuqur nafas olib
Nm: yana kimdir Seokjinni kamsitganini koʻrsam tirik qolmaydi. Lanatilar
Namjoon oʻrnidan turib. Jinni qoʻlidan ushlab tibbiy boʻlimga keta boshladi. Ammo yoʻlidan sinf raxbar chiqdi. Namjoon muzladi. Seokjin ham.
Sinf raxbar Yoongining onasi edi Min xonim u hammasini bilardi shu sabab Jin ham Namjoon ham muzlagan edi.
Min xonim: Sen yaramaslar yana nimalarni boshlayabsizlar aa? Xoziroq meni xonamga borlaring. Namjoon ikkala goʻrsoʻxtalarni ham olib kel. Sizlar sabab boshim balodan chiqmaydi.
Jin: xonim Namjoon tinbiyot xonasiga borishi kerak u yarador mumkinmi birozdan borsak?
Min xonim: bu koʻrinib turibdi hamma joyi qon 30 daqiqa vaqt. 11: 30 da xonamda boʻling hammang.
Jin: raxmat honim biz vaqtida xonangizda boʻlamiz.
Min xonim Namjoonga bir qarab sinf tomon ketdi.
Jin esa Namjooni qoʻlidan ushlab tibbiyxonaga olib bordi. Va jim xolda Namjoonni qoʻlini tozalab maz qoʻyardi. Namjoon bu jimlikdan charchab yolĝondan qoʻli ogʻrigandek gapirdi.
Nm: axx sekinroq
Jin: kechir kechir qattiq ogʻriyabdimi men sabab boʻldi hammasi kechir urushmasliging kerak edi. Ular har doim shunday axr.
Jinni koʻzlari biroz yoshardi. Namjoon buni koʻrgach hazili nooʻrin ekanini bilib Jinni yuzidan ushlab oʻziga qaratdi.
Nm: kechirim soʻrama Jin seni himoya qilaman senga hech kim bunday munosabatda boʻla olmaydi oʻzingni kam koʻrishni toʻxtat. Sen menikisan seni sevaman. Bu oddiy yara seni koʻzyoshlaringni koʻrish ogʻrigʻidan yomon emas. Yigʻlama seni endi aslo hafa qildirib qoʻymayman.
Jin bor kuchini yigʻib sevgisini tan olishga qaror qilib endi gapirmoqchi edi. Xonaga Taehyung bilan Yoongi kirib keldi.
Tae: Nm nma bo'ldi yaxshimisan?
Nm: Ha Ha juda zoʻr vaqtda kelasizlar shunday zoʻr doʻstszlar.
Tae: ouv bu yerda yolgʻz emasmidik
Nm: Tae!
Yoongi: Bas qiling oyim chaqiryabdi seni bu yerdaligingni ham oyim aytdi.
Nm: oʻzi nega bunday qilyabdi.
Yoongi: blmayman yuringlar boraylik oyimni bilasizlar.
Jin biroz xijolat bo'ldi ammo jim sekin oʻrnidan turdi Nm esa uni qoʻlini ushlab oldi.
Jin: hoy
Nm: jim sen menikisan endi ketdik.
Yoongi sovuq nigohla bn ularga qarab jim oyisi oldiga yoʻl oldi.