Love me
Men uchinchi semester naqd ikkita fandan qayta o’zlashtirishga
qolganimni bilgach uyga kayfiyatsiz holatda qaytdim. Ijaradagi
uyimda atigi to’rt yigit turamiz, ikkitasi mendan katta akalarm, biri
esa men tengi yigit edi. Bir akamiz Namjoon tez orada turmush qurish
arafasida bo’lgani tufayli pochcha bilan to'y ko’ylak tanlash bilan
ovora bo’lib uyga hali beri kelmagandi. Ikkinchi akam Jin
o’qishda, Jimin qayerda ekanligini bilmayman ham! Umuman olganda Jiminning qadam bosishlari menga yoqmay qolgan, ota
onasiz uni turtikilab katta qilgan tog’asi va zahar kelinoyisining
qo’lida o’sgan yigit, hozirgi kunda pulga zoriqmay yaxshi yashashi
biroz shubhali edi. Yana u oddiy talaba! Talaba holiga kim unga
shuncha maosh berarkan degan savol bor! Hoy, Tae darding tiqilib
yotibdi nima uchun birovning g’amini o’ylab o’tiribsan-a?! Bunaqa
yomon holatda ikki oy yurdim, Namjoon akam allaqachon turmush qurib
ketgan, Jin akam o’qishidan orta olmas, men bechora bilan
dardlashadigan odamning o’zi yo’q edi! Kamiga yozda ikkita
fanimning pulini to’lab qayta o’qishim kerak! Onam mendan xabar olib telefon qilganlarida aytmoqchi bo’ldim, ammo onamning gaplari
meni to’xtatib qoldi.
- Puldan kaming yo’qmi?!, - dedi onam yaramni yangilab, - hammasi
joyidami?!
- Ha, oyi, hammasi joyida, - deya oldim yutunib
-Voy oglim sen bilan rossa faxrlanaman, - deb qoldi onaizorim, - Qiyinchiliklar haqida o’ylama, hali yaxshi kunlaring keladi, bolam… Men seni qayerda yursam maqtab yuribman, o’qishingda a’lo
baholarga o’qiyotganingni aytib!
- Oyi, - negadir tomog’imga narsa tiqildi, - Men… meni…
Darslarim ko’p demoqchi edim-u deya olmadim, - Men sizni yaxshi ko’raman, juda ham
Yo’q ayta olmas ekanman! Vijdonim shu qadar qiynalib ketdi-ki, naqd
bir semester o’qishimga yaxshi e’tibor qarata olmay ikkita imtixondan
yiqilganimni va endi yozda besh million so’m pul to’lab qayta o’qishim
kerakligini ayta olmadim. Qanday, qaysi yuz bilan aytay?! Sizlar
ishonib shaharga qoldirib ketgan qizinglar yaxshi o’qimabdi deb qay
yuz bilan gapiraman! Ular menga juda ham qattiq ishonishadi, mendan umidlanishadi, men bilan faxrlanishadi, eng yaxshi yo’li ishga
joylashish. Pulni o’zim topaman, oyma oy yig’ib beraman, Va yozda
o’sha pulni to’lab qayta o’qiyman, ota onamga ishlab yuribman
deyman! Ey, Allohim o’zingga qasam, bu men ota onamga so’nggi
yolg’onim boladi
Qarorga-ku, kelib bo’lgandim, ammo atay qilgandek ish topilmadi, topilganlari juda kam, yoki o’ta qora ishlar bo’lib chiqdi. Nihoyat
aprel oyida o’qish tugashiga oz qolgandida, mendagi yomon ahvolni
sezgan Jimin
Tae, - dedi u menga qaynoq choy uzatib, - Mundoq men bilan
dardlashmaysanmi, dostim?! Ko’rinib turibdi, sen qizning qandaydir muommoying bor!
- Sen so’rama, men aytmay Rushana, - dedim choyni qabul qilib, - Bu semester ikkita fandan yiqildim, kamiga ustozlarim o’ta ham yomon! Qayta topshirishga imkon bermadi, endi yozga qoldim, xullas men o’sha ikkita ustozni deb bir yillik kontrakt pulimga teng pul topishim kerak!
- Ota onangga ayt!, - dedi u ham choyidan xo’plab, - Ularni bir marta ko’rgan bo’lsam ham yaxshi odamlardek ko’ringandi!
- Yo’q, - dedim bosh chayqab, - O’tgan yili o’qishgga kirgan bo’lsam o’tgan yildan beri ularni tinmay qiynayman! Bundan tashqari meni bir yil repitotorda o’qitish uchun ham ikki ming dollar ketkazishgan. Hammasi alg’ov dalg’ov bo’lib yotibdi, bundan tashqari katta singlim
ham maktabni bitiryapti uni ham tayyorlov kursiga jo’natish kerak, kichigi bog’chaga boryapti, unga ham pul, uy, komunnal to’lovlar, dadamning mashinasining qarzlari, yeb ichish, kiyim kechak, bari otamning zimmasida! Onam oliy ma’lumotli emas, qo’lida hunari yo’q! Otamdan keyin hamma mendan umid qiladi, biz boy bo’lmasak!
- Senga zo’r narsa o’rgataymi, - qiqirlab kuldi u, - O’zingga boy yigit top, bosh ko’zini aylantirib erga tegib olsang, bir umr ota onangga ham yordam berasan....
Jimin!, - dedim jahlim chiqib, - Men o’laman desam sen kulaman deysan-a?! Qiynalib ketdim deyapman, senga!
- Vo-o-oy, hazllashdim, - u suzilib gapirdi, - Hoy menga qara senga ish kerakmi shunda?!
Jiminning yuzida o’zgacha qiziquvchanlik zohir bo’lganini ko’rdim. - Yaxshi bo’lardi, - ikkilandim…
- Voy sen xo’p deysan-u, men senga yo’q deymanmi, - u meni quchib oldi, - Boshlig’imiz bilan gaplashib ko’raman, ota onangni ham pul deb qiynab qo’ymaysan!
- Kompyuter ishlari! Qolganini o’zi o’rgatib olishadi, - u o’rnidan turdi, - Aytgancha bugun meni uchrashuvga taklif qilishgan, tog’am topgan kuyov! Bir o’zim borishni istamay turgandim, men bilan borib kel, iltimos..
- Ey, yoshlarni o’rtasida chaqirtikanak bo’lib o’tiramanmi, qo’ysangchi?, - qo’l siltab qo’ydim. - Iltimo-o-o-os! Efsir, jon, Tae! Boramiz-u qaytamiz iltimos.
U ko’zlarini pirpiratgancha qilgan iltimosiga ko’nglim bo’lmay ketdi. Balki o’sha kuni u bilan shaharning markazida joylashgan restoronga
bormaganimda hayotim keskin tus olmas edimidi?! Undan ko’ra ota onasining a’lochi qizi degan unvonidan mahrum bo’lganim yaxshi emasmi?! Bilmadim, bilmadim. Men hech nimani bilmayman