April 1

𝗘𝗫 𝗠𝗔𝗥𝗥𝗜𝗔𝗚𝗘

𝘾𝙊𝙎𝙈𝙄𝘾𝘾𝙊𝙍𝙀

𝑨𝒖𝒕𝒉𝒐𝒓: 𝑵𝑰𝑴𝑰

𝑃𝑎𝑟𝑡 13

Ular nihoyat uyga yetib kelishdi. Yo‘l bo‘yi Y/n bir og‘iz ham gapirmadi. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida jim o‘tirar, ko‘zlarini deraza tomonga qaratib olgan edi. Suga esa uning yonida o‘tirgan bo‘lsa ham, nima deyishni bilmasdi.

Mashina ichidagi sukunat shu qadar og‘ir ediki, hatto haydovchi ham bu taranglikni sezib turardi.
Mashina to‘xtagach, Suga eshikni ochdi va Y/nni yana qo‘liga ko‘tardi.

Y/n-Meni tushur— dedi Y/n darhol.

Suga-yo‘q.

Y/n-Menga qo‘ling tegishini hohlamayman.—Suga qisqa kulib qo‘ydi, lekin bu kulgi sovuq edi.

Suga-Afsus… demak sen hohlamagan ishlar ham bo‘ladi.— suga gapini tugatishi bilan Y/nning ko‘zlari jahldan chaqnadi.

Y/n-Menga bunday muomala qilma! Huddi men aybdordek!—qizning gaplaridan Suga chuqur nafas oldi.

Y/n-Shunchaki jahlim chiqdi.—Y/n istehzoli kuldi.

Y/n-Chunki mening erim bormikan? Va sen endi ikkinchi erim bo‘lib qoldingmi?

U bu so‘zlarni ataylab Sugaga tekkizib aytgandi.Suga qoshlarini chimirdi.

Suga-Kasatishni bas qil. Unga faqat homiladorligi uchun uylanganman. Aytganman-ku, umuman qo‘limni tekkizmaganman—Y/n darhol javob qaytardi.

Y/n-Unda qorniga bola osmondan tushdimi?—bu gapdan Suga bir lahza jim qoldi.

Suga-O‘sha kechadan beri unga tegmaganman.—Y/nning ko‘zlarida rashk alangasi yanada kuchaydi.

Y/n-Menga ham tegmaysan! Tushur meni!—Qizning ovozida g‘azab ham, og‘riq ham bor edi. Rashk esa yuragini olov kabi kuydirardi.

Suga Y/nning tipirchilashiga e'tibor bermay uni uyga olib kiradi. Y/n asabiy Sugani yelkasiga urdi Suga uchun bu hech nima emasdi.

Y/n-to'nka!

Suga-o'zingdan ketma xotinjon

Y/n-o'zimdaman menga tegma dedim aslida sen o'zingdamassan— suga bir qoshini ko'tarib qo'lidagi Y/nga qaraydi lekin indamaydi

Y/nni yotoqxonaga olib kirib, yotoqga asta qo'yadi. Qizni yotoqga qo'yishi bilan Y/n uni o'zidan itaradi. Suga orqaga biroz tisarikib ketadi va jahli biroz chiqib Y/nni oyog'idan qattiq ammo og'riqsiz tarzda ushlaydi

Suga-bo'ldi bas qaysarliging nihoyasiga yetdi endi eringman eski qoidalar yodingda a? Hammasi yana qayta kuchga kiradi tushunarlimi?

Y/n-fuck you—u o'rta barmog'ini Suganing shundoqina yuziga tutadi

Y/n-tushuntira oldimmmi? —suga uning bu yoshbolacha harakatidan biroz kulimsiraydi keyin buni kesib tashlab yuzi yana neytral xolga qaytadi

Suga-itdek qaysarsanda

Y/n-it? Itmanmi? Demak meni it deb ko'rarkansanda

Suga-unday demadim—y/n ko'zlarini aylantiradi va yana davom etiradi

Y/n-sen it deding! Itdek bilan itsannni nima farqi bor seningcha?

Suga-katta farqi bor bu shunchaki ibora

Y/n-demak iboralar bilan meni it deb haqorat qilyapsanmi?

Suga-ay shibal yo'q bu gapni qayerdan olding?

Y/n-so'kinma!

Suga-hop kechir endi bu iborani senga ishlatmayman maylimi?

Y/n-chiqib ket yuvinib uhlayman—dedi Sugani yotoq oldida qoldirib yuvinish xonasi tomonga yurib

Suga-shu yerda bo'laman yuvinish xonasida senga yordam kerak bo'lib qolishi mumkin

Y/n-kerak bo'lmaydi 7 yoshimdan beri o'zim yuvinaman shuncha yil yordam kerak bo'lmagan hozir ham kerak bo'lmaydi

Suga-hop deyish qiyin bo'lib qolibdi

Y/n-chunki sen aybdorsan chunki men seni ikkinchi rafiqangman ikkinchilar doim shunaqa bo'ladi

Suga-huddi doim ikkinchi bo'lgandek gapirma

Y/n- fuck you again—deb yana barmog'ini ko'rsatadi va yuvinish xonasiga kirib ketadi

Suga uni bu qilig'iga yana kuladi va yotoqga o'tirib chuqur xo'rsinadi

Suga/pov
Uni bu qaysarligi asabimga tegyapti lekin chidashga majburman...aslida men bilan gaplashyotganiga xursandman bilganidan so'ng qurol olib otib tashlaydi deb o'ylagandim meni..lekin hali tirikman va meni ignor qilmayapti bu yaxshi...

Suga u yerda otirishda davom etadi. Yuvinish xonasidan suv ovozi eshitilib turardi. Oradan bir necha daqiqa o'tgach suv ovozi ochadi va y/nning yig'i ovozi aniq eshitilishni boshlaydi. Suga qattiq yutinadi va eshik oldiga yaqinlashadi. Qulog'imi eshikka bosib ichkaridagi ovozni eshitishga urinadi

Y/n-nega endi hayotim yaxshilandi deganda..nega..yuragim qatiq og'riyapti nega uni sevaman o'zi..u na yaxshi er...na sodiq...nega hali ham u bilanman..nega yana axmoqdek hiyonatkorga imkon berdim...yuragim....nega uni sevasan men qiynalib ketdim...chiday olmayapman

Suga eshikni ochish uchun tutqichga qo'lini uzatadi ammo kirishga botinolmaydi

Suga

Suga/pov
Bu shunchaki ko'zlarni aldash ekan...men uni qattiq hafa qildim...yuragini og'ritdim...meni kechir..agar hammasini orqaga qaytara olsam edi..sen uchun dunyodagi eng yaxshi erkak bo'lgan bo'lardim..meni kechir

Suga ortiga o'giriladi va 5 soniya u yerda turib keyin xonadan chiqib ketadi.

Y/n yuvinishni 1 yarim soat qiladi yig'laganidan ishgan ko'zlari bilan u yerdan chiqib sochlarini yarim quritib yotoqga yotadi ustidan choyshabni tortib ko'zlarini yumadi tezroq bu o'ylardan yuragini og'ritayotgan hislardan dam olishni hohlaydi va uhlab qoladi

Biroz vaqt o'tgach Suga yana xonaga qaytib kiradi. U yotoq chetiga o'tirib y/nga tikiladi

Suga-meni sevgim bunchalik zararli ekanini bilganimda...seni o'zimniki qilmagan bo'lardim..lekin nima qilay senga telbalarcha oshiqman..buning uchun afsuslanyapman..—deydi Y/nning boshidan silab

Suga-nam?—deydi qizni sochlariga

Suga-bunaqada kasal bo'lib qolishi mumkin—deydi qoshlarini burishtirib va turib sochiq olib keladi.

Joyiga qayta o'tirib Y/nni sochlarini sochiq orasiga oladi va ularni quritishni boshlaydi. Suga indamay y/nning sochlarini quritadi, Y/n uhlagani uchun hech nimani sezmaydi ham Uning gaplarini ham eshitmaydi.

Suga-bo'ldi yaxshi dam ol.... seni sevaman—deb Y/nning boshidan o'pib xonadan chiqib ketadi

Y/n kechga yaqin uyg'onadi. Ko'zlarini ochganda xonada hali ham yolg'izligini ko'rib yuragi cho'kadi.

Y/n-hech bo'lmasa Jinwo ham oldimda emas ekan—deydi va turib eshikdan chiqadi.

Y/n-Jinwo qayerdasan?—Y/n og'lining xonasiga boradi. Eshikni ochganda xona bo'shligini ko'rib 1 chi qavatga tushishga qaror qiladi

Y/n-ovqatlanyotganga oxshaydi kun ham kech bo'libdi.—Y/n zinadan tushishi bilan biroz oldin nikoh marosimini buzgan ayol Suga bilan uyga kirib kelyotganini ko'radi

Y/n qotib qoladi. Butun tanasi muzlab Sugadan bu ishni kutmagan edi...

Y/n/pov
Yoq yoq yoq...suga menga bunday qilolmaydi..yoki endi meni sevmaydimi? Balki...balki u meni jazolash uchun shunday qilyotgandir..Jungkook bilan uni oldida o'pishganim uchun...aniq...Suga endi meni sevmaydi..meni rashkdan o'ldirmoqchi..

Y/n-bu nima qiliq?—u keskin gapiradi ovozi qichqirishdan pastroq edi

Nabi-salom kundoshginam mensiz erimizni zeriktirmadingmi?

Suga-bas qil uni asabiga tegishni

Nabi-jonginam qo'ysangizchi tog'ri gapni aytyapman axir

Y/n-sen foxisha!—bu safar aniq baqirish edi. Y/nning g'azabi va sabri eng oxirgi pallaga yetgandi.

Nabi-foxisha? yo'q men faqat erimiz bilan bo'lganman ko'rib turganingizdek men yosh va chiroyliman. Siz meni oyimdeksiz oldimda

Suga-Nabi dedim jim bol

Y/n-meni qari demoqchimisan sen tovuq miya!!!

Nabi-aynan siz qarisz shuning uchun "Mening Sugam" meni oldimga kelgan hato bolasini ichimga qo'yishga ulgurgan

Y/nni o'zini yoqotib qo'yadi va qizga yaqinlashib uning yuziga tarsaki tushuradi. Nabi bir ko'zini yumib ikkinchisi bilan Y/nga qaraydi.

Nabi