𝗘𝗫 𝗠𝗔𝗥𝗥𝗜𝗔𝗚𝗘
Erta tongda suga y/nni yuzidan bo'ynidan o'pib uyg'otadi.
Suga-sevgilim tur. Yuvinib chiqishimiz kerak keyin kecha Jinwoga taom tayorlab beraman deb vada bergansan esingdami?
Y/n uyqu aralash g'inshiydi. Suga tabasum qilib uni peshonasidan o'ladi.
Suga-mayli dam ol men o'zim og'limizga qarab turaman—deydi va o'rnidan turib yolg'iz yuvinadi. So'ngra Jinwoni xonasiga kirib uni uyg'otmoqchi bo'ladi lekin u yotoqda yo'q edi
Jinwo oyna oldida o'tirib dengizni tomosha qilardi. Suga uni ko'rib tabasum qiladi. Jinwoni oldiga borb uni quchoqlaydi
Jinwo-boya quyosh meni uyg'otib yubordi.
Suga-chiroyli—deydi dengizga tikilib. Jinwo uni yelkasiga suyanadi.
Suga-ovqatlanamizmi—Jinwoni sochlaridan silab, jinwo ha degandek boshi silkiydi suga uni yelkasiga tashlab xonasidan olib chiqadi
Jinwo suganing harakatidan kuladi va tipirchilab tushishga urinadi.
Suga-seni otib yuboraman—deb divonga qo'yadi Jinwoni
Suga-televizorni yoq va multfilm ko'rib tur men nonushta tayorlayman
Jinwo-hop dada, oyim qayerdalar?
Suga-oying charchabdi uhlayapti. Keyinroq turadi
Jinwo-unda men ham keyin nonushta qilaman oyim bilan
Suga unga oshxonadan qaraydi. Va keyin kulib uni oldiga keladi
Suga-unda oying uyg'onguncha birga multfilm koramiz
Jinwo-siz hammi? Ura—deb hursand bo'ladi . Jinwo nihoyat ota-onasi borligi his qilayotgandim suga ham unga haqiyqiy mehr ko'rsatardi va albatta ota-onasini birga baxtli ko'rib u ham baxtli edi. Bolaning baxti ota-onasini sevgisi korish emasmi aslida ularni bag'rida mehr ila katta bo'lishi ham
Ular 15 daqiqacha birga televizor tomosh qilishgandan keyin jinwo sugaga qarab:
Jinwo-dada oyim hali uygonmadimi?—suga unga birincbi hayron bo'lib qaraydi keyin tabasum qiladi chunki jinwoni qorni ochganini sezgandi.
Suga-o'ylashimcha yo'q. Kel oyingsiz ham nimadirlar yeymiz.
Jinwo-lekin—deb ikkilanadi qorni och bo'lsa ham oyisini kutgisi keladi
Suga-sneklar yeymiz keyin oying bilan restaranga borib ovqatlanamiz
Jinwo-mayli—deydi suganing oshxonaga borib sneklar olib kelishi kuzatib.
Suga kichik stolchaga sneklarni olib kelin divanga qo'yadi. Ular multfilm ko'rishda davom etishadi
Y/n uyg'onib qarasa oldida Suga yo'q. U turib yuvinib chiqadi. Sochlarini quritib deyarli 1 soatda pastga tushadi.
Y/n-mensiz nima qilyapsizlar?—xonaga kirib keladi. Jinwo multfilm ko'ryotgan joyidan turib yugurib kelib Y/nning oyog'idan quchoqlab oladi
Jinwo-oyiim uyg'ondi—deydi hursand bo'lib, Y/n o'tirib jinwoni quchoqlaydi hayrli tong tilab ikki yuzidan o'pib qo'yadi.
Suga-biz multfilm ko'ryotgandik—Suga ham o'rnidan turib Y/nga hayrli tong tilab uni labidan qisga o'padi, ularni pastda Jinwo boshini tepaga qilgancha kuzatib turardi.
Jinwo-meni ham shunday o'ping oyi! Nega faqat dadamni labidan o'pasiz
Suga-chunki oying meni xotinim
Jinwo-ha hohlayman—deb labini Suganikidek qilib chiqaradi, y/n kulib uni ko'taradi va jinwoning ham labidan o'pib qo'yadi.
Suga-hey oldimda hiyonat qilyapsanmi?—deydi va Jinwoni Y/nning qolidan oladi
Suga-Xotining bo'lsa o'pasan menikiga labingni tekizma
Jinwo-yoq tekizaman! Oyim meni ko'proq yaxshi ko'radi
Suga-yosh bola deb indamasam sen....
Y/n-ota-bola ham urshadimi? Bas qiling ikkingiz ham. Nonushta tayormi qornim ochdi
Suga-o'zi boshladi. O'pmasin xotinimni
Jinwo-sizni xotiningiz bo'lsa meni oyim
Y/n ularning ikkisini kichik janjalidan kulgisi keladi.
Suga-senga men tarbiya berganman endi menga qarshi chiqyapsanmi?
Jinwo-oyiii qarang dadam meni urushmoqchi
Y/n-bas qiling Suga meni qornim och. Suga siz men bilan yuring nonushta tayorlaymiz. Jinwo sen bu yerni yig'ishtirib tur
Jinwo-hop bo'ladi oyi siz nima desangiz shu—deb Sugaga qaraydi keyin divandagi narsalarni olish uchun divanga boradi
Suga-buni qara qilyotganini otasi ekanimni unutdimi? Kichkinagina 6 yashar bola bo'lsa
Y/n-oshxonaga—deydi Suganing qo'lidan ushlab oshxonaga tortib. Suga ham uning ortidan boradi.
Suga va Y/n nonushta tayyorlashadi. Jinwo divanni yig'ishtirib y/nga stolni bezatishga yordam beradi.
Jinwo-bugun qayerga boramiz?—u likobchadagi mevalarni og'ziga solishdan aval
Y/n-bilmadim qayerga boramiz?—deb u ham likobchadagi vaflini meva bilan og'ziga soladi
Suga-balki parkka borarmiz. Katta bog'i bor va Jinwo uchun atraksionlar.
Y/n-yaxshi fikr. Bog'da piknik qilib ovqatlanamiz keyin parkda aylanamiz. Atraksionlarda uchib hayvonot bog'iga ham boramiz
Suga-hayvonlar bog'i deysanmi?
Suga-agar hohlasang birinchi sen hohlagan joyga boramiz—deydi Y/nning qoliga o'zining kaftini bosib
Jinwo-men roziman—deydi o'zining vaflisini likob oldidagi shokolad idishiga solib
Y/n-yo'q tungi bog'lar bor deb eshitdim. Muzeyga oxshash hayvonlar bog'i ekan.
Suga-unda hozir ovqatlanamiz keyin sizlarni ajoyib joyga olib boraman.
Suga kiyinib mashinani tayyorlaydi. Y/n esa jinwoni kiyintirib unga qoshimcha kiyim oladi. Yosh bola bo'lganligi uchun kiyimini dog' qilishidan yoki suv to'kib yuborishidan havotir olib. Keyin o'zi ham kiyimib tayyorlanadi.
Suga-hayotim men hamma narsani tayyorladim. Piknik uchun kerakli narsalarni mashinaga joyladim. Jinwoning rug'zagi va o'yinchog'ini ham. Yana nima olishim kerak?—xonaga kirib kelib. Y/nning kiyinishini kuzatadi.
Y/n-qolgan narsa yo'q, sneklarni supermarketdan olamiz.
Suga-mayli—eshikka yelkasi bilan suyanib Y/nning tanasini kuzatadi
Suga-aysh men ketdim bo'lmasa uyda qolib ketamiz.—degancha xonadan chiqib ketadi, uning bu qilig'iga Y/n kuladi.
Butun oila mashinaga chiqishgandan so'ng. Suga mashinani ishga tushiradi. Balonlar asta harakatlanib ularni Suga vada qilgan joyga olib ketadi.
Jinwo-oyi nega kiyim oldingiz? Men yosh bola emasman bitta kiyim yetarli
Y/n-6 yoshga to'lmagan bola o'zini kattaman deydimi—kuladi va jinwoni burnidan chimchilaydi
Suga-tug'ilgan kuniga ham oz qoldi. Qanday nishonlaymiz?
Jinwo indamaydi shunchaki ota-onasi u uchun hal qilishini kutadi. Shu kungacha uni o'zi tug'ilgan kuni qanday bo'lishi hohlagan. Lekin bu safar jinwo u uchun ota-onasi tanlashinu kutadi.
Y/n-katta binoni olib butun kun ziyofat qilamizmi?
Jinwo-doim oldimda bo'lsangiz roziman. Agar odam ko'p bolib boshqa bolalarga e'tibor bersangiz kerakmas
Y/n-suga nega u sizga bunchalik o'xshaydi?
Suga-qani qayeri—deb mashina oynasidan orqa o'rindiqda o'tirgan Jinwoga qarab
Y/n-korinishi emas harakteri sizga o'xshaydi. Qaysar rashkchi
Jinwo-va yoqimtoymi?—u orqa o'rindiqdan jilmayib,
Y/n-ha yoqimtoy huddi otasidek—deb jinwoni yuzidan chimchilab o'padi.
Y/n-meni og'lim o'zimni yagonam.
Jinwo-oyi sizni yaxshi ko'raman
Suga-meni ham sevinglar—ruldan xotini va bolasi bir birini quchoqlab o'payotganini tomosha qiladi.
Suga-bo'ldi men rashk qila boshlayapman joyinga qayt—jinwo orqa o'rindiqdan oldiga Y/nning tizasiga o'tib olgandi
Jinwo-yoq—deb kulib Y/nni qattiq quchoqlab oladi. Suga uni qitiqlab yana gapiradi u kulgancha onasining bag'riga kirib ketaveradi.
Suga ham Y/n ham Jinwo ham bu lag'zalardan bahramand bo'lishardi. Nabi o'zi bilmagan holda parchalanib ketgan oilani yo'q qilish maqsadida yana birlashtirib qo'ygandi. Y/nning xotirasi qachon qaytadi va yana sugaga avalgidek munosabatda bo'ladi yo'qmi bunga kafolat yo'q edi lekin hozir suga uchun eng muxumi y/n bilan oz bo'lsa ham o'tkazadigan vaqti edi.
Suga, uning rafiqasi Y/n va kichik Jinwo o‘sha kunni birgalikda unutilmas tarzda o‘tkazishdi. Suga ularni supermarketga olib kirib, piknik uchun ko‘ngillari tusagan barcha shirinliklar va sneklarni olishdi.
Ko‘p o‘tmay ular yashil maysalar bag‘rida, sokin bog‘da piknik qilishdi. Quyosh nurlari ostida kulgu va suhbatlar yangradi. So‘ngra uchovlon attraksionlarga yo‘l olishdi Ular birma-bir uchib, qalblariga muhrlanadigan shirin xotiralarni yaratishdi. Jinwo uchun bu haqiyqiy baxt edi. Onasiz va ishi ko'p otasi bor kunlardan oilali bolaga aylangani mojizadek edi u uchun.
Kun yakunida esa Y/n aytgan muzeyli hayvonot bog‘iga borishdi. Turfa hayvonlarni tomosha qilarkan, kichik Jinwo hayrat bilan ko‘zlarini kattaroq ochib:
Jinwo-Ajoyib! — dedi u quvonchdan to‘lib.
Uning beg‘ubor hayrati Suga va Y/nning qalbini iliqlikka to‘ldirdi. O‘g‘illarining baxtdan porlagan nigohlarini ko‘rish ular uchun eng katta quvonch edi. O‘sha kun — oddiy kun emasdi, suganing orzusidagi kunlarning biri edi.
Suga-men bu kunni yana qaytarishni hohlayman—dedi Jinwo va Y/nning mashinada charchab uhlab qolishganligini ko'rib o'ziga o'zi
Suga/pov
Xotirang qaytguncha hammasini sen uchun hal qilaman..men bizni baxtimiz uchun Nabining qizini va o'zini o'ldirishim kerak....
Suga umri davomida qizli bo'lishni hohlagan. Ammo hozir Y/n va Jinwo uchun osha orzusiga erishish uchun oz qolganda yana uni avalgidek Y/nning tuglmay vafot etgan qizidek Nabining qizini ham yo'q qilmoqchi...oilasi uchun..kelajaldagi baxtli kunlari uchun..
Suga sohil bo'yidagi uyga yetib kelgach mashinani uy oldida to'xtatadi. Birinchi Jinwoni ko'tarib xonasiga olib chiqadi. Jinwini kichik yotoqga yotqizib oyoq kiyimini yechib qo'yadi. Jinwoni ustiga yopib peshonasidan o'padi va tashqariga qaytib chiqadi. Y/nni ham mashinadan ko'tarib oladi. Uni zinalardan ehtyotkorlik bilan yotoqxonaga olib chiqib yotoqga yotqizadi. Y/n ko'zlarini yarim ochib unga qaraydi
Y/n-mmm—deb g'inshiydi va suganing belidan quchoqlab oladi, suga yotoqning chekasida y/nga qarab o'tirgandi.
Suga-mashinadan narsalarni olib qulflashib kerak mashina va uyni
Suga-men hozir qaytaman—deydi va belidan rafiqasini qolini olib mashinadan piknik axlatlari va boshqa narsalarni olib axlatni axlatga tashlab kiyim va kichik narsalarni uyga olib kirib mashinani qulflaydi
Mashinani qulflab chuqur nafas olgancha osmonga qaraydi..qilmoqchi bo'lgan ishi tog'rimi o'ylaydi..qanday qilib farzandini o'ldira oladi? Va yana u orzu qilgan qizi bo'lganda..
Suga ikki o't ichida qolgandi..yoki sevgan ayoli va og'lini tanlashi kerak yoki Nabining qizini...
Suga-nima qilsam ekan? Y/nni jonimdan ortiq sevaman..agar Nabi qiz tug'sa y/n meni yuzinga qaytib qaraydimi hatto hozir ham boshqa ayoldan qizim bo'lishini bilsa yana menga sovuq momilada bo'ladimi?
Suga-men..umrim davomida intiqlik bilan kutgan qizimni o'ldirolamanmi?
Suga hayollar orasida qolib ketdi, y/nni yoniga kelib uni quchoqladi va iforidan to'yib nafas oldi
Suga/pov
Y/n u meni yagona sevgim men u uchun hamma narsani qilaman..
Suga hayollar orasida deyarli uhlay olmadi tongga yaqin uhlab qoldi. Y/n uygonib Suganing uhlashimi kuzatib yotdi. Uning yuziga barmoqlari bilan teginadi. Shunda eski xotiralar yana Y/nning oldida gavdalanadi.
Xotira y/nning ko'zi oldida hira noaniq o'ta boshlaydi quloqlari eshitgan so'zlarni eslaydi:
"Y/n-sen sevgi deyapsanmi? Sen-a? Menga nechi marta hiyonat qilgansan o'zi? Hato sanog'ini bilmaysan! Sen bizni sevgimizga menga Jinwoga oilamizga hiyonat qilgansan! Qanday qilib sevgi haqida gapiryapsan?
Suga-chunki meni halovatim sensan..menga kerak bo'lgan yagona inson
Y/n-shunday bo'lganda men seni hayotingdagi yagona ayol bo'lgan bo'lardim...ammo unday emas..ket seni ko'rishni hohlamayman
Suga-y/n iltmos unday dema axir eringman
Y/n-MEN SENGA YOQOL DEDIM—singan siniqlarni Sugaga otadi ammo natijada Y/nning kafti kesilib ketadi Sugaga esa hech bir siniq tegmaydi hamasi suganing oyoqlari ostiga kelib tushadi
Suga Y/nni oldiga boradi va uni ko'tarib oladi. Y/ni uni o'zidan itaradi qon suganing ustiga surkaladi
Suga-o'zingga ziyon yetkazyapsan—jahl bilan
Suga-hozir Jinwo keladi bo'ldi o'zinga kel"—y/n suganing yuzidan qo'lini tortib oladi va qoshlarini chimiradi
Y/n-bu nima edi? Biz Suga bilan nega janjalashdik o'zi—deydi o'ziga o'zi, suga y/nning ovozidan g'inshiydi va orqaga ag'darilib uhlaydi
Y/n-suga mendan nimanidir yashiryaptimi? O'tmish haqida bilmaydiganlarim ko'pga o'xshaydi.