𝗘𝗫 𝗠𝗔𝗥𝗥𝗜𝗔𝗚𝗘
Suga ham Y/n ham o'z o'y-hayollari ichida qoldi ammo ularning munosabatlari yomonlashmadi aksincha baxtli oila bo'lib 2 haftani o'tkazishdi. Suga bu vaqt davomida Nabi bilan nima qilishni hal qildi. 2 hafta ishlari bilan shug'ullanmaganligi uchun ancha yig'ilib qolgan ishlari sabab bugun ertalab nonushtadan so'ng Suga ishga ketadigan bo'ldi.
Suga-sog'inib qolasanmi agar kech kelsam?—deydi Y/n bugun Suga ishlari bilan shug'ullanishini aytganda hayron ifoda bilan bergan savoliga.
Jinwo-menchi Dada? Bog'chaga bormaymanmi endi?
Y/n-sen deyarli maktab yoshidasan maktabga tayyorganlik uchun borishing kerak
Suga-men ham shuni o'ylagandim. Maxsus joy gaplashilgan alifboni va sonlarni o'rgatadi
Jinwo-rostanmi?—uning ko'zlari yonib ketadi quvonchdan
Y/n-mening og'lim o'qishni yaxshi koradiganga o'xshaydi
Suga-ha u bunga juda qiziqadi. Hozir ham sanashni biladi faqat 10 gacha
Y/n-meni yoqimtoy og'lim—deydi va jinwoni yuzidan o'padi.
Suga-men bugun Jinwoni ham olib ketaman. Uyda biroz yolg'iz qola olasanmi? Taxminan 1 oycha vaqt va men tayyorlatyotgan yangi uyimiz bitadi. Hohlasang xizmatchi yollayman
Y/n-kichkinagina uyga xizmatchi nega kerak? Uyda yolg'iz qolib dam olaman. Mazza qilib kuni bilan uhlayman
Suga-tunga tayyorgarlik ko'rasanmi—deydi labini tishlab yalaydi.
Y/n-suga bolani oldida nima deyapsiz jim bo'ling—Sugani urshib beradi va Jinwoni qolog'ini yopadi.
Suga-jim boldim—deydi kulib. Y/n jinwo ovqatlanib bo'lgani uchun uni bog'chaga tayyorlantirish uchun xonasiga olib chiqib kiyintiradi.
Suga/pov
Nabi Nabi seni topaman va huddi itdek bir joyga qamab qo'yaman. So'ng qizim tug'ilishi bilan seni o'zim o'ldiraman....y/n bu haqida bilmaydi agar xotirasi qaytmasa..qizimni yashirincha katta qilaman. Shunda y/nim boshqa ozor chekmaydi.
Suga Jinwoni olib ketadi. Y/n uyda yolg'iz qoladi. U ertalabki nonushta stolini yig'ib uyni tartibga keltishni boshlaydi.
Suga esa Jinwo maktabga tayyorlov uchun gaplashgan o'quv markaziga olib boradi. Uni sinfgacha kuzatib qo'yadi keyin o'zi qaytib chiqadi. Zinadan tushyotganda cho'ntagidan telefonini olib odamlaridan biriga qong'iroq qiladi
Suga-Harly menga yo'q bo'lganimdan beri yig'ilib qolgan hisobotlar kerak har bir kazino har bir chegaradagi va qora bozordagi odamlarimiz men yo'qligimda nimalar qilgani qancha zarar va foyda haqida hisobot topshirasan
Harly-hop janob hisobotlarni onborga jo'nataymi yoki kanpaniyangizgami?
Suga-onborga jonat hozir kampaniyaga ketyapman kechroq onborga boraman. Osha vaqt hisobotlarni tekshirib olaman.
Harly-hop janob boshqa buyruq bo'lmasa men ishga qaytaman
Suga-shoshma yana bir gap—deydi zina oxirida to'xtab sigarasini yoqadi. Uni yoqib uzoq tortadi va tutunini osmonga uflab tutun osmonga singib ketishini kuzatadi.
Suga-menga Min Nabini top. Tiriklayin!
Suga kampaniyaga boradi va ishlari bilan mashg'ul bo'ladi.
Nabi-demak Suga meni qidira boshlabdimi? Y/nni boshiga urganimdan keyin ancha vaqt o'tdi. Nega aynan hozir izlab qoldi? Yoki qizimiz tug'ilishini sezyaptimikan?
Jeon-bundan habarim yo'q lekin butun seuldan seni qidiryapti—deydi Jungkook kresloga suyanib qolidagi viskydan ho'plab.
Nabi-sababini aniqlashing kerak!
Jeon-seni undan yashiryotganimda rahmat deyishing kerak emasmi? Senga yordam bermaganimda hozir suyaklaringni itlar g'ajiyotgan bo'lardi
Nabi-minnat qilsang qilma edi! Senga qandaydir foyda keltiraman. Shuning uchun sen meni bu yerda yashiryapsan. Tog'rimi?
Jeon indamaydi shunchaki o'rnidan turib Nabiga yaqinlashadi. Nabi o'tirgan stolni ikki tomonidagi tutqichdan ushlab egiladi. Shunda ularning orasidagi masofa juda yaqin bo'ladi.
Jeon-sen hatto Sugadan homlador emassan nimaga katta ketyapsan? Bu yerda qumirsqa ekaningni bilasanmi?
Nabi-nimalar deyapsan axmoq? Qizimning otasi Suga! Meni qizim Minlar sulolasi vakili! Men ham Suganing qonuniy xotiniman
Jeon kuladi va kreslodan qo'lini olib Nabidan uzoqlashadi.
Jeon-ex ayollar o'zlarini aqili deb o'ylashadi—borib o'zining kreslosiga o'tiradi
Nabi-1 ta club ochdim deb o'zingdan ketibsan. Meni erim seni 1 deganda qumrsqadek ezib tashlaydi
Jeon-eziladigan qumrsqa menmi yoki sen? Erim deb aytyotgan odaming unga aldab tegib olganingni biladimi? Hayronman Suga nega o'zi DNK qildirmagan.
Nabi-haqiyqatni bilarkansan yaxshirib nima qildim
Jeon-Suga shunday oson aldandimi?
Nabi-unga umuman qizig'i yo'q. Bolasi bo'lishi eshitganda yuragi erib ketdi. Keyin menikiga ishonmay o'zi DNK qilmoqchi bo'lganda Y/n uni hayotiga qaytib keldi. Men bilan o'ralashishni hohlamadi va shunchaki turmush qurdik. Men hohlaganimga erishdim
Jeon-Suga xotinini sevadi deb o'ylardim..
Nabi-sevadi hatto mast bo'lib qo'limga tushib qolganda menga teginmadi. Men esa uni yechintirib huddi aloqa qilgandek sharoit yaratdim. Ertasi kuni u sex qilganimizga ishondi
Nabi-yoq qizlarga tolashga puli yoq odamlarni tekinga 1 hafta qabul qildim bu esa jackpot boldi—deydi qornini silab jungkook kuladi
Jeon-demak tashlandiqning bolasini ko'tarib yuribsanmi? Qanchalik jirkanch
Nabi-bilaman ammo u Min sulolasi familyasini ko'taradi.
Jeon-Suga seni topsa tirik qoldiradi deb o'ylaysanmi?
Nabi-bola qornimda ekan yashayman
Jeon-Y/n seni deb xotirasini yoqotibdi. Seni izlab qolganini sababi Y/nni axvoli yomonlashgan bo'lmasin tag'in
Nabi-menga desa o'lib ketgani yaxshi edi, joni qattiq ekan iloni
Jeon uning gaplaridan mushtini qisadi ammo hozircha Nabini ichidagilarni bilib olish uchun sabr qiladi. Jeon Jungkook doim Y/n taraf hatto u uchun o'lsa ham.
Jeon-hop bor keyin gaplashamiz—nabi xonadan chiqib ketadi Jungkook xonada yolg'iz qolgach kreslodiga suyanadi.
Jeon Jungkook ota-onasi bergan jazodan so'ng. Ulardan merosni undirib oldi. Yani ota-ona bolasiga berishi kerak bo'lgan boylik. Hammasini ololmagan bo'lsa ham koreadagi club uchun yetarli pul edi.
O'zini oyoqga qoyib tiklanib olgandan keyin, y/n haqida malumot izladi. Nabi bilan bo'lgan to'ydagi voqeadan so'ng 3 oy otib Jeon Nabining hamma sirlari tegiga yetdi. Aralashish uchun Y/n o'ziga kelishi kutdi va tuzalishni boshlashi bilan unga gul yuborin y/n u bilan bog'lanishini kutdi ammo hech qanday sado kelmadi. Jeon hozir Y/n uniki bo'lishini emas baxtli bo'lishini hohlardi. Jeon vanihoyat tushunib yetdi sevgining asl manosini.
Y/n uyda hamma ishlarni qilib bo'lgach mehmonxonada televizor ko'radi. Bir nechta kanalni 2 3 marta o'zgartiradi o'ziga yoqgan narsa topa olmagach. Turib yolg'iz tushlik qiladi.
Y/n-sohil bo'yida aylansamikan? Uyimiz oldida bog' ham bor balki osha yerga borarman—deydi o'ziga o'zi va ko'chaga chiqish uchun kiyinadi.
Quyosh nuri tik yuqoriga ko'tarilgan sohil bo'yiga urilmoqchi bo'lib kelgan to'lqinlarni mehmondo'stlik bilan quchoqlayotgan qum betakror ko'rinardi. Y/n dengizning shamolini quchoqlagandek qollarini yoyadi keyin suv va yer tutashgan yerdan yura boshlaydi. Yalang oyoqlari yumshoq va issiq qumni his qiladi keyin muzdek suv qumni yuvib uni sovutadi. Uyg'unlik odamga moydek yoqardi. "Sohil bu ilk sevgini uchratish uchun ideal joy emasmi?" Deb o'ylardi doim Y/n.
Qumdan yurishda davom etar ekan. Uzoqdan unga tikilib turgan yig'itni ko'rdi. Uning yuzini yaxshi ko'rolmasada gavdasidan tanish ekanini sezdi. Uni oldiga oyoqlari o'zi yura boshladi. Balki uning oldiga balki osha yigitning orqasida muzqaymoq sotayotgan amakining oldiga. Nima farqi bor? Baribr ikkisi ham bir joyda
Y/n uning yuziga qaraydi tanish tuyiladi ammo eslay olmaydi. Gapirmoqchi bo'ladiyu kuch topolmagach shunchaki uni oldida o'tib musqaymoqchi amakining oldiga boradi.
Y/n-menga musqaymoq bering—deya chontagidan hamjoyini qidiradi.
Y/n-aralash, shokoladli va oddiysi aralashgani ustiga hech nima sepmang yoqtirmayman.
Amaki-yaxshi 2 ta aralash—y/n amakiga hayron bo'lib qaraydi. Va so'raydi:
Y/n-2 ta deysizmi? Men yolg'izman
Jungkook-ular meni ham nazarda tutdilar. Advakat xonim—deydi y/nning yelkasiga iyagini qoyib
Y/n-kechirasiz??—y/n jungkookdan uzoqlashadi
Jungkook hech nima bo'lmagandek musqaymoq pulini amakining chontagiga soladi va uni qolidan ikkala musqaymoqni olib birini Y/nga uzatadi
Jungkook-qo'rqitib yuborganim uchun kechirm so'rayman advakat xonim—deydi beg'ubor ko'zlari bilan tabassumini y/nga qaratib.
Y/n-rahmat shart emasdi. Biz tanishmizmi? Nega meni advakat xonim deb atayabsiz..men advakat bo'lganmanmi? Suga bu haqida hecu nima demagandi
Jungkook-demak xotirangiz yoqolganligi haqidagi mish-mishlar tog'ri ekan.—deydi y/n haqida malumot izlaganini bildirmaslik uchun buni mish-mish deb atab
Y/n-ha men eslay olmayman yaqin 5 deyarli 6 yilni
Jungkook-meni ham—qoshini burishtirib dengizga uzoqqa qaraydi.
Y/n-sizni unutganim uchun uzur so'rayman men buni hohlab qilmadim.
Jungkook-kechirim so'rashni keragi yo'q. Balki meni eslay olmasligingiz yaxshiroqdir
Jungkook-yoshligimda shoh bo'lganman—deydi kulib uni samiymiy kulishi va sodda hazilidan Y/n ham kuladi
Jungkook-siz advakat bo'lgansiz men esa sizni mijozingiz. Meni himoya qilgansiz aybdor bo'lsam ham yosh qamalmasligim uchun tekinga meni jazodan qutqargansiz. Osha payt men sizni farishta deb o'ylagandim..
Y/n-voo o'tmishda supermendek ajoyib odam bo'lganligimni eshitish ajoyib. Hozirchi?
Jungkook-nima?—deydi muzqaymoqni yeb katta ko'zlari bilan y/nga qaraydi
Y/n-hozir farishtaga o'xshamaymanmi?
Jungkook-nega buni sorayapsiz—deydi bir nimadan hayajonlanib. Yuragi tez urib ketadi y/nga qarab shunday gaplarni aytganidan
Y/n-osha payt sizni farishtaga o'xshatganman dedingizku. Hozir o'xshamaymanmi?
Jungkook-bundan savol berib meni uyaltirmang—deydi va sohil bo'ylab y/n bilan muzqaymoq yey yurishda davom etadi.
Y/n-mayli men ketdim yana korisharmiz—deydi va sohildan yugirib ketadi.
Y/n/pov
Nega tushlikda ko'p suv ichdim a, hojatxonaga bormasam bo'lmaydi!!!
Jungkook y/nni yugurib ketishi kuzatadi va jilmayadi
Jungkook-sen hali ham farishtaga o'xshaysan..juda chiroyli va pok farishtam—chontagigi qolini tiqib chuqur nafas oladi. Y/n uniki bo'lmasligi o'ylagandi boyagina urib ketgan yuragi og'riydi