March 21

𝗘𝗫 𝗠𝗔𝗥𝗥𝗜𝗔𝗚𝗘

𝘾𝙊𝙎𝙈𝙄𝘾𝘾𝙊𝙍𝙀

𝑨𝒖𝒕𝒉𝒐𝒓: 𝑵𝑰𝑴𝑰

𝑃𝑎𝑟𝑡 12

Shunday so'ng hammasi o'z o'rnida bo'ldi. Suga va Y/n qayta turmush qurish uchun ariza berishdi. Suga ham Y/n ham o'tmishda bo'lgan voqealarni eslamaslikka va bir-birini boshqa qiynamaslikka so'z berishdi.

Hozir soat kechki 4 edi, to'y marosimi bo'lishidan yarim soat avval. Ular kichik nikoh o'tkazishyotgan edi eski tanishlarini chaqirib.

Kiyinish xonasida Y/n va uning dugonalari gaplashib o'tirishardi. Suratga olish ishlari xozirgina o'z nihoyasiga yetgani haqida

Deyzi [ Y/nning ish joyidagi guruh azosi]
Gress [ u ham guruh azosi yani yordamchi advakatlar]

Deyzi-aytgancha Jorj ham kelgan Y/n

Gress-ha hammadan ko'p u sen uchun qayg'urardi bazan ishlayotib eski kunlarimizni esga oladi

Y/n-men ham u kunlarni sog'inaman lekin hozir oilam bilanman

Deyzi-sen baxtdan porkayotganing bizni ham hursand qilyapti

Gress-ha aytgancha eringni yani Minni sud ishi qanday yopildi? Bizga ish yopilganligini aytishdi

Deyzi-ha hayron qoldik bu qanday sodir bo'ldi o'zi

Y/n-u oddiy odam emas...buni tushuntirishga ko'p vaqt ketadi

Gress-mafia mother fucking—uning gapidan deyzi ham y/n ham kulib yuboradi

Y/n-shuni qanday aytsam ekan deb turgandim

Deyzi-puli ko'p va hamma narsa qolidan keladigan er..men senga hasad qilyapman—deyzi hazilashin

Gress-eringni ukasi yo'qmi Deyzi uchun—Grees hazilni davom etiradi 3 lalari mazza qilib kulishib gaplashib o'tirishadi.

Y/n-ehh men sizlarsiz zerikib qolaman

Deyzi-urushga ketyotgandek gapirmasangchi uchrashib turamiz

Gress-yoki bizni fucking mafiamiz ruxsat bermaydimi?

Y/n-menimcha beradi avalllari u bilan turmush qurgan vaqtimiz u siz kochaga 1 qadam ham tashlashga ruxsat bermasdi..endi unday bo'lmaydi deb o'ylayapman

Deyzi- ana masala hal ko'rishib turamiz

Suga- men ham qarshi emasman—qizlar qo'rqib ketishadi suga ularning ortida turganini bilib

Y/n-Suga bizni gapimizni eshitib turdingmi?

Suga-hozirgina keldim go'zal xotinjonim—y/nmi qolidan ushlab o'padi va turgizadi

Suga- nikoh marosimi boshlanyapti yur

Deyzi-ketdik ketdik

Deyzi Gress bilan shoshilib y/nga qarashadi va uni sahnaga Suga bilan birga kuzatib qo'yishadi

Shamlar yorug‘i bilan to‘lgan zal asta-sekin sukunatga cho‘mdi. Tepada osilib turgan ulkan billur qandil minglab mayda yulduzlardek yaltirab, butun sahnani iliq nurga belardi. Shu yorug‘lik ostida kelin va kuyov sekin qadam tashlab oldinga yurishardi.

Kelinning oppoq libosi go‘yo qor ustiga tushgan tong nuri kabi jilvalanardi. Uzun va nafis shleyfi yer bo‘ylab suzib borayotgandek, har bir qadamda mayin yaltirab ketardi. Boshidagi uzun fota esa yelkalari ortidan oqayotgan sokin daryo kabi pastga tushib, uning qiyofasiga yanada latofat bag‘ishlardi. Kuyov esa yonida sokin va ishonchli qadam tashlab borar, qora kostyumi oppoq libos bilan chiroyli uyg‘unlik hosil qilardi.

Tomoshabinlar esa bu manzaraga mahliyo bo‘lib qolishgandi. Kimdir telefonini ko‘tarib, bu unutilmas lahzani suratga olayotgan edi, kimdir esa jilmayib, ko‘zlarini kelin-kuyovdan uzolmay turardi. Ba’zilarning yuzida quvonch, ba’zilarining ko‘zida esa hayajon uchqunlari bor edi.

Zal ichida mayin shivir-shivir, baxtli tabassumlar va kameralar chirog‘i aralashib ketgan edi. O‘sha paytda vaqt ham sekinlashgandek tuyulardi. Yuzdagi quvonch chiroqlardan yorqinroq porlardi

Marosim boshlanishi bilan zalga jimlik cho'kdi faqat rohibning ovozi eshitilib turardi. Uning so'zlari tugagandan so'ng Suganing ovozi zal bo'ylab yangradi

*ha qilaman*

Undan so'ng navbat kelinga yani Y/nga keldi u ham mayin tabbasum bilan

*roziman*

Rohib-sizlarni qonuniy ravishda oila deb elon qilaman. Kelinni o'pishingiz mumkin

Zal jimib qoldi, barcha mehmonlarning nigohi Suga va Y/n ga qadalgan edi. Shamlar yorug‘i ularning atrofini mayin yoritib turardi.

Suga sekin Y/n ga yaqinlashdi. Bir lahza ular bir-biriga qarab turishdi, go‘yo o‘sha soniya abadiy cho‘zilgandek. So‘ng Suga ehtiyotkorlik bilan Y/n ning lablaridan mayin o‘pdi.

Shu zahoti mehmonlar qarsak chalib yuborishdi, ba’zilar esa bu lahzani telefonlariga yozib olishdi. Zal quvonch va hayajon bilan to‘lib ketdi.

So'ngida rohib ularga nikoh shartnomasini imzolashlari uchun uzatdi

Rohib-bu eng so'ngisi—deb mayin jilmaydi ularga

Stol ustida turgan nikoh guvohnomasi hammaning nigohini o‘ziga tortardi.

Avval Suga ruchkani qo‘liga oldi va ismini ehtiyotkorlik bilan yozib, hujjatga imzo chekdi. So‘ng u ruchkani Y/n ga uzatdi. Y/n ham mayin jilmayib, yangi hayotining ilk hujjatiga o‘z imzosini qo‘ydi.
Shu zahoti mehmonlar qarsak chalib yuborishdi. O‘sha kichik imzolar esa ikki qalbning rasman yana bir bor birlashganini bildirardi.

Suga keliniga qaradi va uning peshonasidan o'ldi va faqat ular eshitishi mumkin bo'lgan ovozda

Suga-yana menikisan..bu safar abadiyga

Y/n-sen meniki men esa seniki erjonim

Suga-bu uzun tilga ko'nika olmayapman

Y/n-u aval ham uzun edi

Suga-bunchalik emasdi.. mayl tunda u qanchalik kuchli ekanini sinab ko'raman babe—dedi va uning qulog'iga oxirgi marta pichirlab so'ng o'pib qo'ydi

Bazim boshlanib mehmonlar ularga sovgalarni berishdi tabriklab turli xil raqs va tabriklar bilan kelin kuyovni hursand qilishdi.

Koreys nikoh bazmining o'z urf odatlari bor edi. Faqat kelin oq libos kiyadi bu bazimda. U bu bazimda yagona malika ekanini bildirib turishi uchun.

Suga va Y/n Suratga tushayotgan payt mehmonlar orasidan bir ayol yurib kela boshlaydi. U kiyib olgan oppoq libos hammani e'tiborini tortadi. Bazilar og'zini qoli bilan to'sib g'iybatlashishni boshlashadi

X-tabriklayman kundosh bo'libmizda!—dedi ayol Y/nga qolini uzatib unga sovuq tirjaydi

Y/n/pov
Men qotib qoldim u aytgan gaplarni eshitib, yuragim qatiq og'rib nafasin bog'zimga tiqildi...nahotki u Suganing rafiqasi bo'lsa u uylandimi boshqa ayolgami?

X-eshityapsanmi meni?

Suga-Nabi....—dedi g'azab bilan

Nabi-ha azizim bilaman kelma degandingiz lekin haqim borku qornimda sizni bolangiz bor otasini va ikkinchi onasini to'yini ko'rishni hohladi—dedi qornini ushlab

Y/n chuqur nafas oldi va teskari qaradi. Qoshlarini burishtirib ko'zini tez-tez ochib yumdi yig'lab yubormaslik uchun harakat qilib

Suga-bu yerdan ket! Hoziroq!—suga unga jahl qilib mehmonlar oldida sharmanda bo'lgisi kelmadi

Nabi-yoq ketmayman! Nega ketarkanman sen boshqasiga uyalyapsan mendan rozilik ham soramading

Suga-bas qil—suga uni qolidan ushlab tashqariga tortadi, ayol esa sugani qolidan chiqishga urinib baqir chaqir qila boshlaydi.

Y/n boynini ushlagancha nafas olishga urinardi.. qancha chuqur nafas olaa shuncha qiyinlashardi nafas olishi

Rohib-axvolingiz yaxshimi?— Y/n uning oldidan o'tib ketadi. Orqa chiqishdan hovliga chiqadi..ko'zlaridan yosh oqa boshlaydi

Zalda bo'layotgan janjal ovozi hali ham unga eshitilib turardi.

Y/n/pov
U nimalar qildi biz ajrashgan vaqtimiz...anavi qiz bilan 6 oy yashaganiga ko'z yumdim aval qilgan hatosi deb lekin u boshqasiga uylanib uni homlador qilishgacha bordimi? Unda nega meni qaytardi...nega meni yana oziniki qildi..mening hayotim o'yinchoqmi u uchun..his-tuyg'ularimchi..men bilan uning ortamizda bola bor...qanday u mendan yana bola ko'rmoqchi bo'lib boshqasi bilan ham yashadi..4 oylik...uning qorni chiqib qolgan edi 4 oy aval buni bilgan bo'lsa nega meni hayotimga yana kirib kelding Suga...nega meni yana shu baxtsiz botqoqga tortding...

Y/n u yerda qancha o'tirganini bilmaydi lekin Suga uni oldiga kelguncha ko'p vaqt otgani va mehmonlar ham ketib bo'lgani malum edi

Suga-haligi Y/n..

Y/n-gapirma..men ajrashishni hohlayman, hali nikohimizga 1 kun ham bo'lmadi bekor qilish uchun ariza topshirsak sudsiz hal qilamiz

Suga-men hohlamayman

Y/n-Nabiying bilan yasha u senga farzand tug'ib beradi

Suga-men uni emas seni hohlayman sendan farzandim bo'lishini hohlayman

Y/n-sen aqildan ozganmisan? Tushunyapsanmi men 2 chi rafiqangman! IKKINCHI!—Y/N Sugaga baqiradi va turtadi

Y/n-KECHAGINA BOLANI DEB TORTISHDIK MEN BOSHQA FARZNASLI BOLISHNI HOHLAMAYMAN DEGANIMGA QANCHA JANJAL QILDING! NEGA TUG'ILADIGAN BOLANG BO'LSA MENDAN BOLA HOHLAYSAN LANATI—Y/n yig'i aralash baqiradi

Suga-bu shunchaki xato..men mastligimda bo'lgan ish..keyin uylanasan bo'lmasa bolani oldraman deb turib oldi qasam ichaman u bilan yotmadim

Y/n-qiziq emas...uni qornida seni bolang bor va u seni birinchi xotining...

Suga-meni xotinim faqat sensan! Birinchisi sen bo'lgansan so'ngisi ham sen bo'lasan—u y/nga tegmoqchi bo'ladi

Y/n-menga tegma—qolini itarib

Suga-sevgilim...men hato qildim bilaman..buni to'g'irlay olmayman lekin unga tegmayman bolasi tug'ilgan uni yo'q qilaman chaqaloqni jinwo va kelajakdagi bolalarimiz bn birga katta qilamiz

Y/n-nima? Bola? Kelajak? —u achiq kuladi

Y/n-hech qachon men ajrashaman sen bilan bu safar Jinwo men bilan qoladi

Suga-sabrimni sinama sen menikisan!

Y/n-meniki bo'lmasang men nega seniki bo'lishim kerak

Suga-men mutlaqo senikiman Sevgilim bo'ldi qil

Y/n-meniki emassan..hech qachon bo'lmagansan..—oxiri yig'lab yuboradi.

Suga buni ko'rib darov Y/nni qolidan ushlab o'ziga tortadi va bag'riga bosadi.

Y/n-tegma menga..—uni uzoqlashtirishga harakat qilib yig'laydi

Suga-yoq hech qachon..endi ayrilish yo'q

*Flashback*
Y/n yelkasiga oxirgi muolajani olib yotoqda otirardi. Shifokor ketgach xonaga Suga kiradi

Suga-axvoling yaxgshimi?

Y/n-ha ancha yaxshi

Suga-endi qanday qopol harakat ham senga uzor yetkazmaydimi?

Y/n-nega? Meni urmoqchimisan?

Suga-yoq shunchaki yotoqda ozimha javob berolmasligim mumkin

Y/n-uyatsz bo'lma

Suga-men tezroq yana farzandli bo'lishni kutolmayman kel hoziroq harakatni boshlaymiz

Y/n-ha bu masala suga jiddiy gapim bor

Suga-qanaqa?

Y/n-menga Jinwoning o'zi yetadi kel boshqa farzand ko'rmaymiz maylimi?—dedi jilmayib qarab

Y/N

Suga stol yonida turar, Y/n esa deraza oldida qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab turardi.Suga chuqur nafas oldi.

Suga-Jahlimni chiqarma, xotinjon.—Y/n boshini chayqadi.

Y/n-Rostan, Suga. Men boshqa farzandli bo‘lishni hohlamayman.—Suganing qoshlari chimirildi.

Suga—Menga qiz kerak. Jinwonning singlisi bo‘lishini hohlayman.— dedi va Y/n darhol javob qaytardi.

Y/n-Men esa yo‘q dedim. Mavzuni yop.—Suga sabrini zo‘rg‘a ushlab turardi.

Suga-Y/n!—Y/n keskin unga qaradi.

Y/n-Nima? Hohlamayman dedim. Nima qilasan? Kerak emas—Suganing nigohi qattiqlashdi.

Suga-meni yomon ish qilishga majburlama.—uning gapiga Y/n istehzoli kulimsiradi.

Y/n-Unda qayta turmush qurmay qo‘ya qolaylik.—dedi biroz uni ham jahli chiqib

Bu so‘zlar havoni yanada og‘irlashtirdi.Suga bir necha soniya jim turdi. So‘ng sovuq ohangda javob berdi.

Suga-Yaxshi. Bilganingni qil, ajar ayol—u uy ichiga kirib ketib ancha Y/nni oldiga kelmadi

*Flashback end*

Suga Y/nni bag‘riga mahkam bosib turardi. Y/n esa undan chiqib ketishga urinardi, ammo harakatlari zaif edi. Qo‘llari Sugani itarishga harakat qilsa ham, kuchi yetmasdi.
Suga uning boshidan sekin o‘pdi.

Suga-Bo‘ldi endi… bo‘lgan ishlar haqida o‘ylama— dedi u past ovozda.

Suga-Uyga boramiz. Sen uxlab, dam olasan. Keyin birga vaqt o‘tkazamiz — sen, men va o‘g‘limiz Jinwo. Axir bugun qayta turmush qurganimizning birinchi kuni. Uni barbod qilishni hohlamayman.—Y/n boshini ko‘tardi. Ko‘zlari yoshga to‘la edi.

Y/n-Bu kun allaqachon rasvo bo‘ldi— dedi u titroq ovozda.

Y/n-Buni men emas… sening boshqa xotining borligi qildi. Hammasiga sen aybdorsan aslida… Suga.—U bir lahza to‘xtadi, so‘ng og‘riq bilan pichirladi:

Y/n-Seni yomon ko‘raman.—Suga ko‘zlarini yumdi. Bu so‘zlar yuragiga og‘ir urilgandek bo‘ldi.

Suga-Buni eshitish yuragimni og‘ritadi,—dedi u sekin.

Suga-Chunki men seni… jahannam kabi sevaman.—Shunday deb, u Y/nni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi.

Y/nning oppoq to‘y libosi ko‘z yoshlaridan namlangan edi. U Suganning yelkasiga boshini qo‘ygancha jim qoldi.

Ular zal tomonga chiqib ketisharkan, qolgan mehmonlarni e'tibori ularga qaratildi. Ba’zi odamlar ularga boshqacha nigoh bilan qarashardi.Axir nikoh marosimini biroz oldin Suganing birinchi xotini buzib kirgan edi.

Aslida esa Y/n birinchi edi.....

Ular bir vaqtlar ajrashishgan. Shundan keyin Suga boshqa ayolga uylangan edi. Endi esa Y/n bilan yana qayta turmush qurgan.
Shu sabab bugun Y/n rasman uning ikkinchi rafiqasiga aylangan edi.

.
.
.
Vipga yetvoldila pacti shunchu keyngi qsm vipda final chiqgandan keyn chiqadi. Finalga esa anca bor😭 sorry