December 8, 2023

Vampirlar Mavjudmi? Qon haqida qiziqarli faktlar.

Biz hammamiz "Vampirlar"ni turli asarlar hamda filmlar orqali taniymiz. Bu albatta to'qib chiqarilgan personajlar bo'lsada lekn ular mavjud ekaniga ishonadigonlar hamon mavjud.

Ho'sh nega Vampirlar hamda qonni bir mavzuga to'pladim? sababi bu mavzuda ikkala mavzuning bog'liqligi bor.

Ho'sh Vampirlarni biz umurboqiy yoki ko'p yillar yashuvchi sifatida taniymiz, ular qon bilan oziqlanishadi, va o'zining yosh holatini saqlab qolishadi. Bu narsalar borasida ilmiy tushunchalar berib boraman.

Qon odamni yoshartiradimi?

Ilmiy tadqiqotlar natijasida qon odamni yoshartirishi ma'lum bo'ldi. Odamda qon qancha qon ko'p bo'lsa va holati me'yorida bo'lsa odam ko'rinishi boshqalarga qaraganda ancha yosh bo'lishi aniqlandi. Va qariganda ham boshqa qarilarga nisbatan yosh ko'rinishi ma'lum. Shuning uchun temir moddasiga boy bo'lgan mevalarni ko'proq istemol qilish kerak, va ovqatlanish tartibiga amal qilish kerak. Bunday tartiblar qonning ortiqcha suyulib, yoki qo'yiqlashib ketishini oldini oladi.

Qonni ko'paytiruvchi mahsulotlar:

  • baliq.
  • tuxum.
  • jigar.
  • sutli mahsulotlar.
  • yashil bargli sabzavotlar.
  • to'q sariq va sariq sabzavotlar.
  • pomidor
  • Anor va boshqa qizil maxsulotlar.

Qoning qizil rangda ekani unda ko'p miqdorda temir oksidi bor ekanini anglatadi. Ya'ni ko'p temir buyumlar zanglab qolishiga sabab kislorod bilan oksidlanish natijasida zang (qizil yoki qizg'ish rang) hosil bo'lishiga olib keladi va odamda ham temir oksidi mavjud va u qonga qizil tus beradi. Jamiyki qizil maxsulotlarda temir oksidi mavjud.

Qarilar endi yosharishi mumkin. Huddi vampirlardek

Bu g'alati eshtiladi, lekn bu rost. Kosmetik olimlar qariganda hosil bo'ladigon ajinlar yo'lagiga qon quyosh yo'li bilan ajinlarni yo'qotishga erishishdi.

PRP kosmetik yo'li bilan (Богатая тромбоцитами плазма) ajinlarni yo'qotmoqchi bo'lgan odamdan qon olinadi va uni ajinlar tomon quyuladi, o'sish omillari va hujayra darajasini oshirishga yordam beradigan boshqa oqsillarni o'z ichiga oladi. Teri ichiga yuborilganda, ajinlarni kamaytiradi va yangi kollagen o'sishini rag'batlantiradi

"Kollagen glikoprotein, fibrillyar oqsil bo'lib, u tananing biriktiruvchi to'qimalarining asosini tashkil qiladi va uning mustahkamligi va elastikligini ta'minlaydi"

Odamlar hayoti uchun qon juda muhum!

Vampirlar odam qoni ichganida yanada uzoq umir ko'rishini bilarmidingiz? Va haqiqiy odamlarda ham bu holat bo'ladi. Agarda odamda kamqonlik kuzatilinsa u saratonga, infarkga va boshqa ko'plab kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qonni me'yorida saqlash lozim. Lekn favqulotda qoni kam odamar esa bunday meyoriga solishni oziq ovqatdan emas balki odamlardan oladi!

Ya'ni men Donorni aytyabman, Odamda favqulotda kamqonlik kuzatilinsa va qon yo'qotsa albatta unga boshqa odamdan qon quyuladi va o'zini tiklab olishga yordam beradi.

Hamma qon ham hammasiga tushavermaydi!

Bilamizki 4 ta qon guruhlari mavjud.

1- Qon guruhi 1-2-3-4 qon guruhlariga tushadi.

2- Qon guruhi 2-3-4 qon guruhlariga tushadi.

3- Qon guruhi 3-4 qon guruhlarga tushadi.

4- Qon guruhi esa faqatgina o'ziga ya'ni 4-qon guruhiga tushadi .

Bu bilan 1-qon guruhdagilarni supermen deb o'ylamanglar albatta qon 1 bo'lsa ham hech biri hatto o'ziga ham tushmasligi ham mumkin!. Masalan Musbat (+) va Manfiy (-) qonlar ham mavjud. Agarda -1 qon guruhda bo'lsangiz afsuski sizning qoningiz hech biriga tushmaydi. Agarda + bo'lsa demak siz hammasiga tushasiz.

Agarda sizda sog'lom qon va +1 qon guruhida bo'lsangiz Donor topshirishga borishingizni maslahat beraman. Bunday qon bilan ko'plab bemorlarni hayotini saqlab qolgan bo'lasiz. Qon topshirishdan avval Shifokor ko'rigidan o'tib qoningiz donor uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanni tekshirish yodingizdan chiqmasin!

Biz Barchamiz Vampirlarmiz!

Endi bunisini oshirvordiz deyishingiz mumkin, lekn biz hammamiz vampirlarmiz! Bunga misol qilib go'sht istemol qilishimizni olaman. Aytaylik tovuq go'shti: uning oyog'i juda mazali ammo file tarafi mazasi yo'q va taxir (quruq). bunga sabab o'sha file tarafida qon tomir o'tmagani va qonga boy emasligidadur! Go'sht qon bilan mazali agarda qon kam joyi bo'lsa bemaza tuyuladi. Shunday ekan biz qonli go'shtni yoqtiramiz.

Albatta bu bilan qon iching demoqchi emasman shunchaki qon ko'paytiruvchi maxsulot yesangiz va kun tartibingizda sog'lom ovqatlar bo'lsagina siz doimo yosh va chaqqon bo'lasiz. Huddi vampirlardek.

©️Fanilo_Tv 2023

Maqola mualifi: Oyatillo Erkinov

Telegram kanal: https://t.me/Fanilo_Tv

Fanilo tv bilan borliq sirlarini oching)