Turlarning paydo bo'lishi yohud Irqlar
Nega tabiatda jonzotlar har hil?
Turlarni paydo bo'lishi o'z navbatida atrof muhitga, tabiatga bog'liq. Masalan qadimda Jirafalar pakana bo'lgan desam ishonasizlarmi? Ular suvsiz va ovqat topib bo'lmas saxro ichida och qolib o'lib qolmaslik uchun, baland bo'yli daraxtlarga yuzlanishgan, va Lamarkizm deb nomlanmish jarayon orqali uning bo'yi o'sgan. Albatta Bir zumda o'smagan, bunga ko'p yillar vaqt ketgan.
" Lamarkizm - holat va muhitga qarab jismoniy tana o'zgarishi, masalan pakana jirafalar och qolib o'lmaslik uchun u o'zini zo'rlab tepa tomondagi barklarga cho'zgan vaholanki u yillar davomida cho'zilib borgan va bizni kundagi uzun bo'yli jirafalar paydo bo'lgan"
Bunday holatda faqat jirafa emas balki baqa, turli hil suvda suzar jonzotlar masalan o'rdaklarda ham bo'ladi. Ularni yemishi ko'proq suvda bo'lgani uchun oyoqlarida suvda suzishga mo'jallangan parda hosil bo'ladi. bunga ham yillar davomida rivojlanish ketadi. balki Xorozni ham shunga moslab yillar davomida uni ham suvda suzdirish imkoni ham bo'lar)
Yoki Sutemizuvchilarni dengizga qaytishi, masalan ko'k kitlar, delfinlar, Skatkalar, Morjlar, Tyulenlar va ho kazo dengiz sutemizuvchilari avval quruqlikda yashagan. Lekn ularni yemishi suvda ko'proq bo'lgani uchun ular doimiy ravishda suvda suzish natijasida panjalar suzgichga aylanib ketgan. Yoki aksi qadimda ko'p jonzotlar suvda yashagan lekn suv jonga tekganidan quriqlikga chiqishib, u yerda doimiy yurishga harakat qilishgani uchun qo'l va oyoq paydo bo'lgan. Har birida turlicha oyoqlar va qo'llar mavjud.
Buni hayotimizda ham ko'rishimiz mumkin, juda ko'p ta'sir etadigon joylarimizqiyshayishini kuzatamiz. Avlodlaringiz ham shu ishni takrorlaversa o'sha joy rivojlanib boraveradi va ohiri o'sha joy qaysidir ishga moslashib qolishi mumkin.
Endi turlarni rangiga qarasak, Misol ta'riqasida ayiqlarni olamiz. Ularni sakkiz turi mavjud bo'lib har biri shakli, kuchi va rang har hil. Ammo Ayiq.
Ayiqlarning eng kenjasi bu Oq ayiq desam ishonasizlarmi? Ular eng kuchli, Katta, Chaqqon ayiqlar hisoblanadi. Ular Shimoliy amerikadan Qo'ng'ir ayiqlar yemish izlab Qutb tarafga yurgani, va u yerdagi yemishlar ularga manzur bo'lgani uchun u yerga ko'proq borishni hohlab qolishadi. Ko'p yilar o'tib ularda irsiy o'zgarish Qo'ng'ir ayiqlarni Qutbga moslashishiga majbur qiladi. Va Super Ayiqlar hosil bo'ladi.
Ayiqlar oilasining eng kenja botiri Oq ayiq hisoblanadi.
"Mimikriya - Mimikriya bu jonzotlarni himoyalanishi, hujum qilishi uchun atrof muhitga moslashish yoki uyg'unlashishi uchun tabiiy sharoitlar ta'siridir. Ya'ni agarda berkinmasa jonzot o'ladi, Pistirmada poylamasa yirtqich och qoladi. Bunga niqoblanish juda ayni mudo."
Mimikriyaga turli tuman jonzotlarni misol qilish mumkin. Mimikriya bo'yicha eng birinchi jonzot bu karakatitsalardir (Cuttlefish).
Karakatitsalar, sakkizoyoqlar va kalmarlarharakatlanishning reaktiv uslubidan mohirlik bilan foydalanadi. Ular mantiyabo‘shlig‘iga suv to‘plab olib, keyin kuchbilan sifondan chiqarib tashlaydi. Natijadareaktiv kuch hosil bo‘lib molluskani qarama-qarshi tomonga itarib yuboradi. Karakatitsalar terisida milionlab Xromatoforlar mavjud bo'lib, u hujayralar Karakatitsani terisini o'zgarishiga yoki rangini o'zgarishiga yordam beradi. Bu holat terining cho'zilishi , siqilishi natijasida hosil bo'ladi. Xromatoforlar faqatgina Karakatitsalarda emas balki Sakkiz oyoqlarda, Kalmarlarda va asosiy va mashxur jonzot hisoblangan Buqalamunlarda ham mavjud.
Bunday niqoblanishlar jonzotlarga niqoblanish ya'ni Mimikriyaning eng yuqori cho'qqisini anglatadi. Sakkiz oyoqlar shu qadar mohir niqoblanadiki uni Dengiz marjon qoyalari bilan adashtirib yuborish ham mumkin. Bunday niqoblanish turi faqatgina pistirma yoki himoyalanish uchun emas balki muloqot uchun ham foydalanishadi. Yoki o'zini saxarli qilib ko'rsatish uchun daxshadli rang va holatga kiritishadi va holanki yirtqichlar uni zaxarli deb yeyishmaydi.
Mimikriyani juftlashish uchun ham qo'llashadi, masalan qanchalar rangbador va chiroyli buqalamun bo'lsa urg'ochi buqalamun uni tanlaydi, erkak buqalamunlar esa o'zini rangbador qilib urg'ochi buqalamunlarni jalb qiladi.
Ho'sh turlarni paydo bo'lishi yashash muhitiga bog'liqligini ko'rib chiqdik, Va ularni rangi ham yashash uchun kurashda turli o'zgarishini ham ko'rib chiqdik. Bu milionlab jonzotlar turini kengaytirdi.
Irqlarning paydo bo'lishi
"Irqlar bu - Odamlar ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq oʻziga xos irsiy belgilar, masalan, koʻz, soch va teri rangi, yuz va boshi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirda odamlar 4 ta: negroid, avstraloid, yevropeoid, mongoloid yirik irqlarga boʻlinadi"
Olimlarning aniqlashi bo'yicha odamlarda avval 1 ta irq bo'lgan va bu ham bo'lsa Qora tanli bo'lishgan ekan.
Bir kuni bir kishi menga savol berdi. Agarda Odamlar hammasi Odam atodan tarqagan bo'lsa unda avstraloid, yevropeoid, mongoloidlar qayerdan keldi? deb boshimni qotirdi. va men u ishonishi uchun ilmiy dalillarga asoslangan holatda javob berdim.
Ho'sh Odam atodan hamma tarqagan bo'lsa albatta bir joyda turishmaydi, ular har tomonga tarqab turli yerlarga borishadi. Masalan siz qisman shokolad rang bo'lsangiz rossiyaga ishlagani ketsangiz ko'p yillardan so'ng sizda rang bo'yicha o'zgarish bo'ladi. Avvalari shokolad rang bo'lgan odam keyinchalik oqarishi mumkin. Bu holat pupulatsiya deyiladi.
"Pupulatsiya bu - bir joyda uzoq mutad qolishi o'sha organizmga ta'siriga aytiladi"
Masalan Mongoloid irqlarida ko'zi qisiqlik mavjud, hammaga ma'lumki bu juda ko'zga tashlanarli holatdir. Va bunday bo'lishiga sabab ajdodlari o'sha yashash muhitiga moslashishdan, so'ngra irsiy yo'l orqali avlodma avlod o'tishidan hosil bo'ladi. Masalan Mangoliya hududida juda kuchli chang bo'ronlar sodir bo'ladi, doimiy bo'ron odamni ko'zini qisiq yurishiga majburlaydi (Qishda bo'ron paytda ko'zingizni qissangiz ko'zga ziyon yetmaydi) bu holat juda ko'p takrorlangani uchun doimiy bo'lgani uchun ularda ko'zi qisiqlik shundaylikcha qolgan va keyingi avlodlariga irsiy tarzda o'tgan. Negroid va yevropeoid irqlar haqida aytmasam ham bo'ladi, Ularning holat ko'rinishi o'sha muhit iqlimiga moslashganligi uchun shunday.
Bekorga irqlar mavzusini Geografiya fanida o'rganilmaydi. Chunki irqlarning paydo bo'lishi nafaqat Biologik balki Geografik holatdir. Chunki muhit va iqlim o'sha joyda yashovchi odamlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Va bunday iqlim mintaqalarini geografiya fani o'rganadi.
Maqola mualifi: Oyatillo Erkinov
Telegram kanal: https://t.me/Fanilo_Tv