Today

Hidden Feelings Chapter-5

Mashina ichi!

- Liya bilasanmi men senga qachondan beri bir gapni aytmoqchi boʻlib yurgandim. Xullas men ikki haftadan keyin Californiaga ketaman. Va ikki haftadan keyin qaytaman. Men senga qoʻngʻiroq qilib turaman sen goʻshakni olsang bas - dedi Jimin.

- Unda men seni kutaman. Ikki haftadan kech qolsang sen bilan gaplashmayman - yuzini burdi Liya.

- Roziman.

- Liya, guruhni koʻrdingmi? Indinga oʻrmonga borar ekanmiz. Sayohat qilish uchun. Sen ham borasanmi?

- Ha men ham boraman - dedi Liya.

Ular dengizga 10-15 daqiqalardan soʻng yetib kelishdi. Dengizda odamlar deyarli kam edi. Faqat sevishganlar kelgandi.

- Yugurma Liya - baqirdi Jimin.

- Yetib ol menga.

- Qochma mendan tutib olaman - yugurdi Jimin.

- Koʻramiz kim yutar ekan - kulib yugurdi Liya.

- Tutdim seni - kulib gapirdi Jimin.

* * * Time Skip * * *

Liya uyga kulib kirdi. Otasi uni kutib oʻtirardi.

- Meni qirolicham nega kulib kelyapti - dedi Suhyon.

- Bugun Jimin bilan dengizga borgan edik. Shunga boʻlsa kerak.

- Qizi ishingni hal qildim. Ertagayoq oʻrmonga sayohat qilasizlar. Uni sevib qolish yoʻq tushundingmi? Onangni qotilini albatta yoʻq qilamiz - jiddiy ovozda gapirdi Suhyon.

- Meng ishonsangiz boʻladi, men hech qachon onamning qotilini sevib qolmayman.

- Mayli qizim, sen jamadonlaringni yigʻ. Har holda ertaga ketasan - dedi Suhyon.

- Okay! Men jamadonlarimni yigʻa qolay - dedi Liya.

Liya jamadonlarini ikki soat yigʻdi va uhlab qoldi. Ertalab Liya 06:00 da turdi. U 08:00 da avtobusga borishi kerak edi. Liya pastga tushib, yuz qoʻlini yuvdi va ertalabki nonushta qildi. Soʻng kiyinish uchun garderobiga kirdi. Va shim tanladi.

Liyaning kiyimi.

Liya 07:30 da tayyor boʻldi va pastga tushdi. Uni koʻchada Guwon kutib turardi. Guwon eshikni ochib berdi va Liya oʻtirdi. Yoʻlda ikkalasi ham gapirmas edi. Vanihoyat ular avtobusga yetib kelishdi. Avtobusdan oldin oʻqituvchilar oʻquvchilar nima olganini tekshirishdi. Alkogoli bor oʻquvchilarni haydab yuborishdi. Liya yetib keldi.

- Yoongi va Liya bir xil kiyinibdimi? Nima uchrashyapsizmi? - dedi kulib Jungkook.

- Sen rejalarningni fosh qildim Liya. Meniki boʻlging kelib ketdimi deyman - dedi kulimsirab Yoongi.

- Nimalar deb valdirayapsizlar? Oʻlgingiz keldimi deyman. Agar yana shunday gaplarni aytsangiz nafaqat avtobusdan balki maktabdan ham haydayman esi pastlar - jiddiylik bilan dedi Liya.

- Oʻquvchilar hamma avtobusga - dedi oʻqituvchi Han Seojun.

Hamma avtobusga oʻtirib olgandi. Liya ohirda chiqdi. Unga joy qolmagan edi. Faqat Yoongini oldida joy bor edi. Lekin uning yoniga shu vaqtgacha hech kim oʻtirmagan.

- Liya meni oldimga kel. Mening yonimda boʻsh joy bor - dedi Yoongi.

Liya borib Yoongining yoniga oʻtirdi. Hamma Oʻoʻoʻoʻ dedi. Ayniqsa Jungkook va Taehyung. Jiminning yonida bir qiz oʻtirgandi. Jimin "Yoʻq" desa ham suykalib oʻtirib olgandi.

- Bolalar, ugun kimning iltimosiga koʻra bu yerga kelayotganimiz hammaga qiziq toʻgʻrimi? Hamma birdaniga "Haa" dedi.

- Biz bu yerga.......

5-qism tugadi.

Xato va kamchiliklar uchun uzr(⁠◍⁠•⁠ᴗ⁠•⁠◍⁠)