"SAN’AT- QUDRATLI KUCH" onlayn tanlov
📣 DIQQAT TANLOV
✅ Siz ijodkormisiz? Siz san’atni ashaddiy yoki havaskor muhlisimisiz? Unda siz uchun ajoyib yangiligimiz bor‼️
🏛O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti "Madaniyat va san’at masalalari" qo‘mitasi "SAN’AT- QUDRATLI KUCH" onlayn tanlovini e’lon qiladi.
🎯 Tayyormisiz??? Unda ketdik 🏁
📌 Tanlovda ishtirok etish uchun o‘zingiz sevgan san’atni quyidagi yo'nalishlari orqali 3 daqiqalik videorolikni bizga jo‘natishingiz lozim bo‘ladi. Ular quyidagilar:
🕺🪕 An’anaviy, akademik, estrada xonandalik va sozandalik;
🎭 Aktiyorlik mahorati;
💃 Raqs san’ati;
🎨 Tasviriy va amaliy san’at;
🤹♂️ Original janr (Sirk).
📆 Tanlov 1 NOYABRdan 14 NOYABR kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi (bunda 1-7 noyabr kunlari arizalar qabul qilinsa, 8-14 kunlari esa saralash bosqichlari o‘tkaziladi).
💻 Ijod namunalar tashkiliy qo‘mita a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar soni va yoshi chegaralanmagan.
🎗G‘oliblar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti "Madaniyat va san’at masalalari" qo‘mitasi tomonidan aniqlanib, Diplom va Sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. 🥇🥈🥉
📬 Ariza topshirish uchun o‘z ma’lumotlaringizni👇👇👇
@Muz_histor telegram profiliga yuboring va ro‘yxatdan o‘ting!
🔥"...Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim. Ha, men ijodkorman!" 💫💫💫
✅ Бизни кузатиб боринг.
👇👇👇
@Culture_Art_Committee