O'zga dunyolar va kuchlarđź’Ą
Qadim zamonlarda Fermidor degan o'lka tomonlarda 8 qirollik mavjud edi
8 qirollik Fermidor o'lkasining 8 tomonida ya'ni bir birlaridan juda uzoqda joylashgan edi
Uzoqda bo'lishlariga qarmay 8 qirol va qirolichalar juda yaqin do'st edilar va ular doim Fermidor o'lkasining markazida 8 qirollik yig'iladigan joyda ko'rishishib turishar edi va u yerda 1 yilda bir martta doim qirollik kengashlari bo'lib o'tilardi
Va albatta bu 8 qirollikning g'ayra oddiy o'ziga xos kuchlari mavjud edi va bu kuchlar faqat qirolarda va ularning zurriyodlarida bor holos
1-qirollikda suv kuchi
2-qirollikda olov kuchi
3-qirollikda yer kuchi
4-qirollikda shamol kuchi
5-qirollikda soyalar kuchi
6-qirollikda tezlik kuchi
7-qirollikda shifobaxsh yorug'lik kuchi
8-qirollikda esa g'ayraoddiy kuch hayvonlar tili va qanot chiqarib ucha olish kuchi mavjud edi
Qirollar birinma ketin farzandli bo'la boshlashdi va 7 qirol o'g'il farzandli bo'ldi ammo Qirol Lee haligacha farzand ko'rgani yo'q edi
7 qirol o'g'il farzand ko'rganliklarni birgalikda Fermidor markazida katta hursanchilik bilan nishonlashdi albatta u yerda Qirol Lee ham bor edi
Qirol va qirolicha Lee juda hafa edi lekin do'stlari 7 qirol va qirollichalar ularga tasalli berishdi ularni farzandlari bo'lishiga ishontirishdi
Oradan 3 yil o'ti vanihoyat qirol Lee farzandli bo'ldi lekin kutilgandek o'g'il emas qizaloq dunyoga keldi
U kayfiyatini tushurmadi chunki o'g'ilmi qizmi uning farzandi bor va unga Yn deb ism qo'yishdi
Uning farzandli bo'lganidan 7 qirol va butun Fermidor hursand bo'ldi lekin bir kishidan tashqari u Qirol Leeni yoshliklaridan beri yaxshi ko'radigan hizmatkor ayol edi
8 qirolning farzandlari va ularning kuchlari :
Qirol Kim1: Jin-suv
Qirol Min: Yoongi-olov
Qirol Jung: Hoseok-yer
Qirol Kim2: Namjoon-shamol
Qirol Park: Jimin-soyalar
Qirol Kim3: Taehyung-tezlik
Qirol Jeon: Jungkook-shifobaxsh yorug'lik
Qirol Lee: Yn-hayvonlar tili va qanot chiqarib uchish
Ular juda axil va inoq Yn bitta qiz bo'lgani uchun juda erka injiq va ularning malikasi bo'lgani uchun hamma aytganini qilishar edi Ynni hamma yaxshi ko'rar edi
Va ular endi o'z kuchlarini o'rganayotgan bolalar edilar
Kunlardan bir kuni katta fojiya yuz berdi bu fojiyadan so'ng Yn butunlay o'zgardi va u umuman o'z saroyidan va hatto honasidan tashqariga chiqmay qo'ydi
Bu fojiya Ynning ota onasini o'limi bo'ldi
U endigina 10 yoshga kirganida butun donyosi quladi ota onasi ko'z oldida vafot etdi
Bu fojiyadan keyin 7 qirol ham juda tushkun axvolga kelib qoldi ular Ynga g'amxorlik qilishmoqchi bo'lishdi lekin Yn ular uchun ham eshikni ochmadi
Bu fojiyani hech kim qanday bo'lgan nma bo'lganligini tushunmadi va shunchaki buni hamma baxtsiz hodisa deb topdi
Lekin Yn..Yn hammasini ko'rdi u kim qilganligini ko'ra olmadi lekin bu baxtsiz hodisa emasligini bilar edi
(Bu qanday fojiya bo'lganini fanfic davomida bilib olasizlar)
Ynni oldiga ko'p martta 7 qirollik shaxzodalari keldi ammo Yn ularni ham qabul qilamadi qirolliklar o'rtasidagi bazmga ham yig'ilishga ham hech narsaga bormadi
Mana oradan deyarli 8 yil o'tdi lekin Yn haligacha saroyidan tashqariga chiqmadi u doim o'yladi va izladi o'sha ota onasini o'ldirgan kim ota onasi unga qanday yomonlik qilishganki ularni o'ldirdi
U shu 8 yil ichida shu darajada chiroyli qiz bo'lib yetishdiki uni ko'rgan hamma bir ko'rganida oshiq bo'lardi
U hech kimga bildirmay kechqurun saroyidan tashqariga chiqib markaziy hududga borib o'z sexri ustida ishladi hayvonlar bilan gaplashdi dardlarini aytb berdi va hatto qanotlarini chiqarib tungi osmonni sayr qilardi
Yn yaqinda 18 ga to'ladi va har qaysi qirollik vakili qiz bola bo'lsa 18 ga to'lganida buni nishonlashi va hamma qirollik bilan ko'rishib ulardan sehirli tumorni olishi zarur agar bunday qilmasa u tumorlarni olib taqmasa kuchidan ayrilishi va lanatlanib qolishi mumkin
Ynning tug'ulgan kuniga 6 kun qoldi va Yn butunlay hech nimani o'ylagani ham yo'q chunki u bu narsa haqida bilmaydi unga hech kim aytmagan albatta bilmaydida saroydan va hatto xonasidan chiqmaganidan keyin
Lekin bu narsa haqida unga bildirishni istamaydiganlar ham bor...
Tun. Yarim kechasi. Hamma uyquda
Yn sekin o'rnidan turdi va hech kim yo'qligiga ishonch hosil qilib tashqariga chiqdi
Doimgidek Fermidor markaziga keldi va bo'lib o'tgan yaxshi yomon xotiralarini eslab o'tirgan edi
- hoy sen kimsan bu yerda nima qilyapsan
Birdan orqasidan kelgan ovoz uni cho'chib ketishiga sababchi bo'ldi