"Yangilangan Konstitutsiya va yangi Mehnat kodeksi – imkoniyat, mas’uliyat va huquqiy himoya kafolati" mavzusida seminar o'tkazildi.
Andijon shahar Adliya bo'limi.
Andijon shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan Andijon shaharda joylashgan 31-son umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari va bo'limga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida yangi Konstitutsiya va yangi Mehnat kodeksining o'ziga xos jihatlari bo'yicha seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida, Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishi yuzasidan Adliya bo'limi xodimlari so'zga chiqqan holda, mehnat munosabatlarida, xodimlarning huquqlarini himoyalash barobarida ish beruvchilarning huquq va erkinliklarini cheklanisi natijasida jamiyatdagi xuquqiy ongning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’siri yuzasidan tushuntirish berildi.
Seminar jarayonida, mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligini, bunda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xodimlar hamda ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda davlat bosh islohotchi sifatida huquqiy mexanizmlarni yangilanganligi, mehnat munosabatlari keng qamrovli ekanligini inobatga olib, avvalo sohalararo islohotlar amalga oshirilganligiga ham alohida to'xtalib o'tildi.
Dastlab ma'ruza shaklida o'tgan targ'ibot keyinchalik savol-javob va muzokara tarzida davom etib, ishtirokchilar o'zlarining "ish beruvchi" sifatidagi mehnat faoliyatida davomida duch kelgan muammolar va kamchiliklar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.