O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.
Oilaviy nizolarni oldini olish bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.
““Oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oldini olish, mahalla raislari hamda xotin-qizlar faollarini mediatsiya asosida nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ijrosi doirasida Qorako‘l tumani mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda xotin-qizlar faollari bilan birgalikda huquqiy tushunchalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz huquqiy muhitni shakllantirishda adliya organlarining o‘rni, nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy profilaktika masalalari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.